Xii bob. Ishlab chiqarish omillari bozori


Lorents egri chizigʻining siljishi



Yüklə 318,56 Kb.
səhifə11/21
tarix25.12.2023
ölçüsü318,56 Kb.
#196869
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
XII BOB Mikro

Lorents egri chizigʻining siljishi.

Daromadlarni qayta taqsimlash siyosati istiqbolda oʻzini samarasini beradi. Nima uchun deganda, kam ta’minlangan aholi oʻqish, bilim olish imkoniyatiga ega boʻladi va ular kelajakda jamiyat taraqqiyotiga oʻz hissalarini qoʻshadilar.


3.Asosiy va aylanma kapital mablagʻlar.
Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi boʻlib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi.
Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish tsiklida oʻz qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga oʻtkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar).
Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u oʻz qayta takror ishlab chiqaradi, ya’ni u ishlatilishi davomida oʻz qiymatini ma’lum qismini mahsulot qiymatiga oʻtkazadi.
Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma’naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy eskirish - bu kapitalning vaqt oʻtishi bilan ishga yaroqsiz boʻlishi boʻlsa, ma’naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya’ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha koʻrsatkichlari boʻyicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir.
Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish vaqti davomida qayta tiOrtiqi. Masalan, uskuna 1000000 soʻm boʻlib, undan foydalanish muddati 10 yil boʻlsa, uning qiymati 10 yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga oʻtkaziladi deb qaraydigan boʻlsak, har yilgi daromaddan 100000 soʻmdan amortizatsiyaga ajratish kerak boʻladi.
Aylanma kapital bir yil davomida oʻzining butun qiymatini mahsulot qiymatiga oʻtkazib qayta tiklanadi.
Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga bogʻliqdir. Kelajakda koʻproq daromad olish ishtiyoqi koʻpchilikni bugungi iste’molining bir qismidan voz kechib, uni jamgʻarishga undaydi. Jamgʻarilgan mablagʻ pul koʻrinishidagi kapital sifatida biror-bir tadbirkorga ma’lum muddatga qoʻshimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti bilan berilishi mumkin. Ushbu olingan qoʻshimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi.
Ssuda foizi - kapital egasiga uning kapitalidan ma’lum muddat oraligʻida foydalanganligi uchun toʻlanadigan narxdir.
Kapitaldan foydalanishni tahlil qilganda bugun sarflangan mablagʻni kelajakda sarflanadigan mablagʻ bilan taqqoslash yoki bugun olinadigan daromad bilan kelajakda olinadigan daromadni taqqoslash muhim ahamiyatga egadir. Bu erda vaqt omilini e’tiborga olish kerak boʻladi. Bugungi sarflangan bir soʻm bir yildan keyin sarflanadigan bir soʻmga teng emas. Bularni bir-biriga tenglashtirish uchun, avval ularni bir vaqtga keltirish zarur boʻladi. Turli xil yillardagi xarajatlarni yoki daromadlarni bir yilga keltirishda diskont koʻpaytiruvchisidan foydalaniladi.
Harajat va daromadlarni bir xil boshlangʻich vaqtga keltirish hisob-kitoblariga diskontirlash deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investitsiya loyihalarini baholashda keng qoʻllaniladi. Investitsiyalarni tahlil qilganda yillar davomida boʻladigan xarajatlar bilan loyihadan olinidigan daromadlarni solishtirishga toʻgʻri keladi. Kelajakda olinadigan daromadning nafi bugungi kunda olinadigan daromad nafidan kichik boʻladi. Nima uchun deganda, joriy daromadga (ya’ni, bugungi kundagi daromadga) kelajakda foiz boʻyicha qoʻshimcha daromad olish mumkin.
Loyihalarni tahlil qilishda loyiha qiymatini aniqlash uchun bugungi kunda qoʻyilgan kapital mablagʻlar bilan loyiha amalga oshirilgandan keyin olinadigan daromadlarni solishtirish zarur boʻladi. Buning uchun joriy xarajatni va kelajakda olinadigan daromadni hisob-kitob qilish kerak.

Yüklə 318,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin