Uzoq muddatli oraliqdagi investitsiya. Asosiy kapitalga qoʻyilgan investitsiyalar asosan uzoq muddatli boʻladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish, ya’ni undan foydalanish muddati mavjud boʻlib, u chegaralangan boʻladi. Asosiy kapital xizmat koʻrsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi.
Uzoq muddatli oraliqdagi kapital qoʻyilmadan olinadigan foydani hisoblash uchun asosiy kapitalning xizmat koʻrsatish muddatini va undan foydalanish davomida har yilda olinadigan daromadni bilish kerak boʻladi.
Faraz qilaylik, - investitsiyani chekli qiymati, -xizmat koʻrsatish yilida asosiy kapitaldan olinadigan chekli (qoʻshimcha) daromad. U holda birinchi yil uchun kapitalning chekli oqlash normasini quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:
Demak, bugungi bir soʻmlik kapitalning qiymati yilning oxiriga kelib soʻmga teng boʻladi, agar u bir yil davomida soʻmlik foyda keltirsa.
Agar chekli kapital qiymati 1000 soʻm va chekli kapitalning bir yildan keyin umumiy foydaga qoʻshadigan chekli hissasi 1300 soʻm boʻlsa, chekli olash normasi quyidagiga teng.
(1) formuladan foydalanib yozamiz:
Bugungi bir soʻmlik kapital qiymati yil oxirida soʻmga teng boʻladi.
Agar ssuda foizi stavkasi boʻlsa, sof oqlash normasi boʻladi.
Agarda soʻm va berilgan boʻlsa, ni topish mumkin boʻladi.
Ikkinchi yil uchun esa
yoki
Bir yillik investitsiyaning qiymati yilning oxiriga kelib quyidagini tashkil qiladi, (1) dan foydalanib quyidagini yozamiz:
Ikkinchi yil uchun esa
Ixtiyoriy yil uchun kapitalning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Jamgʻarma va vaqt boʻyicha chekli tanlash normasi.Insonlar joriy va kelajakdagi iste’molni bir-biri bilan solishtirib, jamarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar. Odatda shaxs kelajakda koʻproq iste’mol qilish uchun bugungi kundagi bir soʻmlik iste’molidan voz kechadi. Masalan, shaxsning bir yillik daromadi 100 ming soʻm boʻlsin. Agar u ushbu daromadini joriy yilda toʻliq iste’mol qilsa, uning jamgʻarmasi nolga teng boʻladi. Shaxs ushbu daromadidan 10 ming soʻmini jamgʻaradi (10 ming soʻmlik joriy iste’moldan voz kechadi), agar u kelajakda 10 ming soʻmdan koʻproq iste’mol qilish imkoniyatiga ega boʻlsa, masalan 15 ming soʻmlik. U holda uning vaqt boʻyicha chekli tanlash normasi quyidagicha aniqlanadi:
- vaqt boʻyicha chekli tanlash normasi, bu shaxsning umumiy tushum darajasi oʻzgarmagan sharoitda bir birlik joriy iste’moldan voz kechish hisobiga boʻladigan kelajakdagi qoʻshimcha iste’mol qiymati boʻlib, u shu voz kechilgan birlik iste’molni qoplash uchun etarlidir.
Vaqt boʻyicha tanlash investitsiya qoʻyishga jamgʻarma orqali ta’sir qiladi. Lekin, joriy iste’mol hisobidan jamgʻarmani xohlagancha oshirish mumkin emas. Nega deganda, umumiy daromad cheklangan. Jamgʻarma umumiy daromaddan iste’molni ayrilganiga teng.
bu erda - jamgʻarma; - umumiy daromad; - iste’mol.
Ma’lumki foiz stavkasi qancha yuqori boʻlsa, jamgʻarishga moyillik shuncha yuqori boʻladi va aksincha.