Xii bob. Ishlab chiqarish omillari bozori


Investitsiyani hisoblashdagi diskontirlangan qiymat



Yüklə 318,56 Kb.
səhifə15/21
tarix25.12.2023
ölçüsü318,56 Kb.
#196869
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
XII BOB Mikro

14.3. Investitsiyani hisoblashdagi diskontirlangan qiymat

Investitsiya qoʻyishdan maqsad, kelajakda olinadigan daromadlarni va qilinadigan xarajatlarni solishtirish orqali loyihaning qiymatini baholash mumkin boʻladi. Investitsiyani baholashda sof keltirilgan qiymat mezoni ishlatiladi. Bu mezonga koʻra, agar olinadigan daromad investitsiyaga sarflanadigan xarajatdan yuqori boʻlsa, investitsiya amalga oshiriladi.


Faraz qilaylik, investitsiya hajmi boshlangʻich ishlab chiqarish yili uchun ga teng; - kutiladigan -yildagi daromadlar va xarajatlar. U holda sof keltirilgan qiymat quyidagiga teng:

bu erda - diskont normasi (xarajatlarni bir vaqtga keltirish normasi). Diskont normasi foiz stavkasi yoki boshqa bir stavka boʻlishi mumkin. - loyihani faoliyat koʻrsatish muddati.
Ba’zi hollarda diskont normasini asosiy kapitalga qoʻyilgan alternativ xarajat sifatida qarash mumkin.
Agar boʻlsa, investitsiya oʻzini oqlaydi, ya’ni keltirilgan foyda qoʻyilgan investitsiya qiymatidan katta. Agar boʻlganda investitsiya oʻzini oqlamaydi.
Loyihaning ishlash muddati cheksiz boʻlganda , sof keltirilgan qiymat quyidagicha hisoblanadi:

Investitsiyaga talab. Sof keltirilgan qiymat mezoniga koʻra, investitsiya oʻzini oqlaydi, agar boʻlsa. Bu erda

Demak, investitsiyaga talab funksiyasi. Ushbu funksiyaning grafigi kamayuvchi boʻlib, investitsiya "narxi" bilan, ya’ni foiz stavkasi bilan investitsiyaga qilinadigan xarajatlar oʻrtasidagi teskari aloqani ifodalaydi (3-rasm).

3-rasm. Investitsiyaga talab funksiyasi grafigi


Investitsiyaga talab funksiyasi berilgan loyiha investorlar tomonidan kapital mablagʻ qoʻyishi mumkin boʻlgan maksimal foiz stavkasini ifodalaydi. Yuqori foiz stavkasida yuqori foyda berishi mumkin boʻlgan loyihalar amalga oshiriladi. Foiz stavkasi kamayganda kapital mablagʻ qoʻyish masshtabi kengayadi, ya’ni kam foyda beradigan loyihalar ham mablagʻ bilan ta’minlanadi.



Yüklə 318,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin