Xii bob. Ishlab chiqarish omillari bozori



Yüklə 318,56 Kb.
səhifə18/21
tarix25.12.2023
ölçüsü318,56 Kb.
#196869
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
XII BOB Mikro

Erga talab. Erga boʻlgan talab ikki xil boʻladi: qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun boʻlgan erga talab va noqishloq xoʻjaligida foydalanish uchun boʻlgan talab.
D = Dq/x +Dnoq/x ,
bu erda D - umumiy talab;
Dq/x - qishloq xoʻjaligi uchun talab;
Dq/x - noqishloq xoʻjaligi talabi.
Ushbu talablarni grafikda quyidagicha tasvirlash mumkin (2-rasm).

2-rasm. Erga talab


Bu erda qishloq xoʻjaligi uchun boʻlgan talab chizigʻi manfiy yotiqlikka ega. Nega deganda, er unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va texnologiya oʻzgarmaganda foydalaniladigan erning ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi. D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari er unumdorligining kamayish qonunini keng tarqalishida muhim rol oʻynagan.


Noqishloq xoʻjalik sohalarining erga boʻlgan talab chizigʻi ham manfiy yotiqlikka ega. Bu erda ham qurilish uchun nafaqat shahar ichidagi erlardan foydalaniladi (ular cheklangan), balki shahar atrofidagi erlardan ham foydalanishga toʻgʻri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan sohalar uchun erga boʻlgan talab oʻsish tendentsiyasiga ega. Ushbu talab oʻz ichiga uy-joy qurish uchun boʻlgan talabni, infratuzilma obyektlari uchun va sanoat obyektlari qurish uchun boʻlgan talablarni oladi. Inflyatsiya darajasi yuqori boʻlganda koʻpchilik ortiqcha pulini er sotib olishga sarflaydi (erga boʻlgan inflyatsion talab). Shuning uchun ham er boylikni saqlash va uni ortishini ta’minlash obyekti sifatida qaraladi. Noqishloq xoʻjalik erlarga talab erning hosildorligiga bogʻliq boʻlmay, koʻproq uning qulay joylashuviga (shaharga yaqin) bogʻliqdir. Odatda shahar markazlaridagi er narxi yuqori boʻladi, shahar markazidan yiroqlashgan sari esa uning narxi kamayib boradi.
Qishloq xoʻjaligi uchun kerak boʻlgan erlarga talab uning hosildorligiga va bu hosildorlikni oshirish imkoniyatlariga, erning joylashuviga (qishloq xoʻjalik mahsulotlari iste’molchilaridan uzoqlashish darajasiga) bogʻliq.
Qishloq xoʻjalik erlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga boʻladigan talab bilan belgilanadi. Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab noelastikdir. Insonlar oziq-ovqatsiz yashay olmaydilar. Shuning uchun am oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga boʻlgan talab, ularning narxi qanchalik oshmasin, kam oʻzgaradi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki, ularning taklifini kam miqdorda qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin oshib ketishiga sabab boʻlishi mumkin va aksincha, taklifning koʻpayishi (hosildor yil kelganda), oziq-ovqat mahsulotlari narxini keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 318,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin