Zayomlarning qiymatini diskontirlash. Zayomlar toʻlov majburiyati boʻlib, ularning mohiyati shundan iboratki, zayom beruvchi zayom oluvchiga (kreditorga) ma’lum muddat oʻtishi bilan ma’lum summada pul toʻlaydi. Faraz qilaylik, davlat yoki biror korxonaning zayomi yaqin 10 yil ishlab chiqarishda har yilda 100 soʻmdan daromad keltiradi, 10 yil oʻtgandan keyin pirovard dividend 1000 soʻm boʻlsin. Ushbu zayomga zayom oluvchi qancha toʻlashini koʻrib chiqamiz. Buning uchun daromadlarning diskontirlangan summasini hisoblab chiqamiz.
Bu erda ham zayom qiymati foiz stavkasiga bogʻliq. 4-rasmda zayomning har xil foiz stavkalarida diskontirlangan qiymati keltirilgan. Foiz stavkasi qancha koʻp boʻlsa, zayomning qiymati shuncha past boʻladi. Masalan, 5 foizli stavkada zayom narxi 1386 soʻmni tashkil qilsa, 15 foizda u 747 soʻmga teng boʻladi.
Zayomlar muddatsiz boʻlganda zayom olgan shaxs cheklanmagan muddatda har yili ma’lum oʻzgarmas summa olib turadi. 1000 soʻmlik dividend beradigan cheksiz muddatli zayomning narxi quyidagiga teng:
Bunday holda quyidagicha hisoblanadi:
Shunday qilib, agar foiz stavkasi 5% boʻlsa, muddatsiz zayomning qiymati soʻm boʻladi. Agar foiz stavkasi 20% boʻlsa, zayomning qiymati 5000 soʻmga teng boʻladi.
daromadlar yigʻindisi. 4.Er bozori Iqtisodiy nazariyada er deganda, uning tabiiy resurslari tushuniladi, ya’ni: erning hosildorligi, undagi foydali qazilma boyliklar va hokazolar. Bunda biz erning ustki qatlamini qaraymiz, ya’ni uning ustki qatlamidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtirishda yoki qurilishda (uy-joy, maktab, korxona va hokazo) foydalanish mumkin.
Erning oʻziga xos xususiyatlaridan biri, u har doim cheklangan va uni u joydan boshqa joyga, ya’ni kapitalni koʻchirganday koʻchirib boʻlmaydi.
Er taklifi.Er taklifiga ta’sir etuvchi asosiy omillar - bu uning hosildorligi va qulay joylashganligidir. Ma’lumki, sifatli erlar har doim va har erda cheklangan boʻladi. Sifatli, shaharlarga yaqin boʻlgan erlar yanada koʻproq cheklangan boʻladi.
Ma’lumki, erning hosildorligi erning sifatiga, ob-havo sharoitiga, suv bilan ta’minlanishi mumkinligiga, unda mehnat qiladiganlarning bilimiga, tajribasiga va foydalaniladigan texnikaga, ekiladigan urugʻ sifatiga va hokazolarga bogʻliqdir. Yuqoridagi omillarning koʻpchiligi oʻzgaruvchan boʻlib, ularning ta’siri ham oʻzgaruvchandir. Lekin, qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan kapitalning va mehnatning oʻzgarishi har doim ham bir xil sodir boʻlmaydi. Ular odatda ma’lum muddat oʻtgandan keyin oʻzgaradi.
Er taklifining cheklanganligi shuni koʻrsatadiki, uning taklif chizigʻi absolyut elastik emas. Shuning uchun erning taklif chizigʻi grafikda vertikal koʻrinishga ega boʻladi (1-rasm).
Taklif chizigʻining ayusolyut elastik emasligidan shu kelib chiqadiki, uning narxi (bir gektariga) qanchalik oshmasin, er taklifi oʻzgarmaydi. Erning real narxi qanday boʻlishini aniqlash uchun unga boʻlgan talabni tahlil qilish kerak boʻladi. Taklif oʻzgarmasa, bozor narxini oʻrnatilishida talab katta rol oʻynaydi.