Xii bob. Ishlab chiqarish omillari bozori



Yüklə 318,56 Kb.
səhifə20/21
tarix25.12.2023
ölçüsü318,56 Kb.
#196869
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
XII BOB Mikro

Differentsial renta. Absolyut rentani qaraganimizda, erning sifati, joylashuvi bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa erlar hosildorligi boʻyicha hamda joylashuviga koʻra bir-biridan farq qiladi.
Faraz qilaylik, tabiiy hosildorligi boʻyicha 3 xil er boʻlsin, ya’ni, yaxshi, oʻrtacha va yomon erlar. Bu erlarning hosildorligi har xil boʻlganligi uchun, ularning teng oʻlchamdagi uchastkalariga teng miqdorda kapital va mehnat sarflasak, turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori boʻlgan erdan, boshqa erlarga nisbatan koʻproq hosil olamiz va bu ortiqcha olingan hosil erning faqat tabiiy hosildorligi bilan bogʻliqdir. Yaxshi hosildor erga renta oʻrtacha er rentasiga koʻra yuqori, oʻrtacha er rentasi esa yomon er rentasiga koʻra koʻp boʻladi, yomon er egasi esa sof iqtisodiy (absolyut) renta oladi (4-rasm).
Eng yaxshi er egasi har bir gektar erdan har oyiga differentsial renta ni oladi, oʻrtacha er egasi - rentani. Yomon erning rentasi nolga teng. biz bu erda yaxshi, oʻrtacha va yomon erlarning oʻlchami teng deb faraz qildik. Xuddi shunga oʻxshash differentsial rentalarni erlarning joylashuviga koʻra ham aniqlash mumkin.


4-rasm. Differentsial renta


Biz yuqorida erlarni tabiiy hosildorligi boʻyicha rentalarni koʻrdik. Lekin, er hosildorligini unga qoʻshimcha kapital sarflab ham (masalan, optimal darajada oʻgʻit berish, yangi agrotexnikani qoʻllash) oshirish mumkin. Masalan, yaxshi erga qoʻshimcha kapital sarflasak, u quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: a) qoʻshimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi mumkin (bu holda er rentasi dan ga oshadi); b) sarflangan qoʻshimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini kamayishiga olib keladi (bu holda yaxshi er rentasi pasayib ni tashkil etadi). Bordi-yu, qoʻshimcha kapital sarfi samaradorlik darajasini oʻzgartirmasa, er rentasi ham oʻzgarmaydi.


Er narxi. Er narxi er rentasini kapitalizatsiya qilish yordamida aniqlanadi. Faraz qilaylik, ma’lum bir er uchastkasi oʻlchami er egasiga bir yilda renta (soʻmda) keltirsin. Er qiymatini aniqlashda er egasi uchun alternativ qiymatdan foydalaniladi. Er narxi shunday pul miqdoriga tengki, agar uni bankga qoʻysak, undan olinadigan foyda ushbu erdan olinadigan foydaga teng boʻlsa. Demak, er narxi kelajakda olinadigan er rentasining diskontirlangan (keltirilgan) qiymatiga teng:

Er narxi - bu kapitalni muddatsiz qoʻyish demakdir.
Agar boʻlsa, u holda

bu erda - - yil rentasi;
- ssudaning bozor foiz stavkasi.
Agar renta 1000 soʻm boʻlsa, ssudaning bozor foiz stavkasi 5% boʻlsa, erning narxi soʻm boʻladi.
Haqiqatdan qaraganda renta ijarachining er egasiga toʻlaydigan ijara haqining bir qismi hisoblanadi. Ijara haqi tarkibiga rentadan tashqari er ustidagi inshootlarning amortizatsiyasi hamda erga qoʻyilgan kapital foizi kiradi. Er egasi er ustiga qandaydir qurilish qilgan boʻlsa yoki inshootlar qurgan boʻlsa, ularning qiymatini qoplashi kerak, xuddi shunday, agar kapital sarflagan boʻlsa, ushbu kapitalga foiz olishi kerak. Er egasi ushbu kapitalni bankga qoʻyib foiz olishi mumkin edi.
Misol 1. Fermer xoʻjaligida bugʻdoy etishtirish funksiyasi quyidagi koʻrinishga ega:
- bugʻdoy ishlab chiarish hajmi er maydoni ga bogʻliq. Bir tsentner bugʻdoyning narxi 20 soʻm. Agar fermerning er maydoni 30 gektar boʻlsa, u er egasiga qancha miqdorda renta toʻlaydi? Agar foiz stavkasi bir yilda 10% boʻlsa, bir gektar er narxi necha soʻmga teng boʻladi?
Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni

Erning puldagi chekli mahsuloti:

Er maydoni 30 gektar boʻlgani uchun
soʻm.
Demak, fermer har bir gektar er uchun 5600 soʻm renta toʻlaydi.
Fermerning umumiy daromadi:

Er narxi=ijara toʻlovlari/Foiz stavkasi=5600/0,1=56000 soʻm bir gektari uchun.

Yüklə 318,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin