Xii bob. Rostlanuvchi obyektlar 12. 1- §. Rostlanuvchi obyektlarning xossalari



Yüklə 85,41 Kb.
səhifə4/5
tarix22.12.2022
ölçüsü85,41 Kb.
#77270
1   2   3   4   5
Xii bob. Rostlanuvchi obyektlar 12. 1- §. Rostlanuvchi obyektlar

12.3. BIR VA KO’P SIG’IMLI OBYEKTLAR
Berilgan vaqtda obyekt ichidagi modda yoki energiyaning qiymati sig‘im deyiladi. Demak, sig‘im obyektning yoki energiyaning yig‘ish qobiliyati va uning inersionligini ifodalaydi. Sig‘imlari qancha katta bo‘lsa, obyektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi shuncha past bo‘ladi. Sig‘imlari katta bo‘lgan obyektlar sig‘imlari kichik bo‘lgan obyektlarga nisbatan turg‘unroqdir.
Rostlanuvchi kattalikning qiymati o‘zgarishi bilan obyekt sig‘imi o‘zgaradi. Obyekt sig‘imining rostlanuvchi kattalikka ko‘rsatgan ta’sirini baholash uchun sig‘im koeffitsiyenti tushunchasi ishlatiladi.
Sig‘im koeffitsiyenti rostlanuvchi kattalikni bir o‘lchov birligiga o‘zgartirishuchun obyektga qancha modda yoki energiya kiritish yoki undan uzoqlashtirish kerakligini ko‘rsatadi. Umuman, rostlash jarayoni modda yoki energiyani obyekt yaqinlashishi va undan uzoqlashishiga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan rostlanuvchi kattalikni ma’lum bir qiymatda ushlab turishdan iborat. Rostlanuvchi obyektga kelgan modda yoki energiya qiymati ΔQ ni obyekt tashqi rejimining sonli parametri deb ataymiz. Uning qiymati modda yoki energiyaning yaqinlashish va uzoqlashish qiymatlari ayirmasiga teng:
ΔQ = -

Rostlanuvchi obyektning ichki rejimi sifatini ta’riflovchi parameter odatda rostlanuvchi kattalik


Qya = Qu bo‘lib,
(Qya * Qu)■ parametr rostlanuvchi obyekt xususiyatlariga muvofiq, vaqt bo‘yicha o‘zgaradi. Obyektning sig‘imi obyektning muvozanatda bo‘lmagan holatidagi (Qya * Qu) ' rostlanuvchi kattaligining vaqt bo‘yicha o ‘zgarish tezligini
ta’riflaydi. Bu bog‘lanishning umumiy ko‘rinishi quyidagi funksiya orqali ifodalanadi:

Qisqa vaqt oraliqlari uchun amalda bu funksiyani chiziqli deb hisolash mumkin:

bu yerda: с — sig‘im koeffitsiyenti.
Sig‘im koeffitsiyentiga teskari kattalik obyektning g‘alayonlanuvchi ta’sirlariga bo‘lgan sezgirligini ifodalaydi. Obyektning rostlanuvchi parametri bo‘yicha sig‘imi rostlanuvchi kattalik qiymati va sig‘imi koeffitsiyentlarining ko’paytmasiga teng bo’ladi:

Shunday qilib, sig‘im o ‘lchovi modda yoki energiyaning obyektga kirish
va obyekt chiqishining o‘zgarishiga sarflangan qiymatidan iborat.
Obyektga biror qiymatda modda yoki energiya kirishda obyektga ma’lum
qarshiliklardan o‘tish kerak (qizitishda obyektga berilgan issiqlik oqimi
termik qarshilikka uchraydi; apparatga suyuqlik berilganda oqim gidravlik
qarshilikka uchraydi). Qarshilik o ‘lchovi potensiallar farqining bir o‘lchov
birligiga teng bo‘lgandagi modda yoki energiyaning obyektga berilgan
qiymatidan iborat. Obyektning inersionligi uning sig‘imi va qarshiligiga
bog‘Iiq. Sig‘im va qarshilik qancha katta bo‘lsa, obyektning inersionligi
shuncha katta bo‘ladi.
Inersionlik o ‘lchovi chiqish kattaligining doimiy tezlik bilan o‘zgarib,
o ‘zining turg‘unlashgan holatiga yetguncha ketgan vaqtini ko‘rsatuvchi vaqt
doimiysidir.
Bir va ko‘p sig‘imli rostlanuvchi obyektlar mavjud. Bir sig‘imli obyekt
bitta sig‘im va bitta qarshilikdan iborat. Bunday obyektlarda modda yoki
energiya balansining buzilishi bir vaqtda rostlanuvchi obyektning har bir
nuqtasidagi rostlanuvchi kattalikning birlamchi o‘zgarishiga olib keladi.
K o‘p sig‘imli obyektlarda o‘tish qarshiliklari bilan bo‘lingan ikki yoki
undan ko‘proq sig‘im mavjud.
Bir sig‘imli obyektlar — sathni rostlovchi apparatlar, ya’ni bosim
yoki sarfni saqlab turadigan quvur. Sanoatda ko‘p sig‘imli obyektlar bir
sig‘imli obyektlardan ancha ko‘p ishlatiladi. Ko‘p sig‘imli obyektlarning
muvozanat holatida rostlanuvchi kattalikning qiymati turli nuqtalarda
turlicha bo‘ladi, muvozanat holati buzilganda esa ularda qonunlar bo‘yicha
turli vaqtlarda o‘zgaradi. Oqib kirish (uzatish) tomonidagi sig‘im va sarf
(iste’mol) tomonidagi sig‘imlar mavjud. Yaqinlashish tomonidagi sig‘im
rostlanuvchi kattalikka ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi orqali
ta ’sir ko‘rsatuvchi modda yoki energiyaning xarakteristikalari bo‘yicha
aniqlanadi. Sarf tomonidagi sig‘im rostlanuvchi muhit tavsiflari orqali
aniqlanadi. Ba’zan sig‘imsiz obyekt tushunchasi uchraydi. Bunda juda
kichik sig‘imli obyektlar nazarda tutiladi (ular uncha katta bo‘lmagan
quvurlardir).

12.4- §. YUKLAMA


Yuklama — obyektga ko'rsatiladigan tashqi ta’sir. Bu ta’sirning qiymati
apparat ish rejimi orqali aniqlanadi va texnologik ehtiyojlar uchun
obyektdan olinadigan modda yoki energiya qiymatini ifodalaydi. Rostlanuvchi obyektdan modda yoki energiya o ‘tishida apparat yuklamasining
(ishlab chiqarishi) o‘zgarishi rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishiga olib
keladi.
Rostlanuvchi obyekt yuklamasining o‘zgarishi g‘alayon manbalaridan
biridir. Modda yoki energiya sarfmi ularning obyektga kelishidan awal
stabillashtirish mumkin bo‘lsa, berilayotgan xomashyo tarkibini stabillash
birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun, obyektga keladigan
modda qiymatining tebranishi g‘alayonining yana bir manbalaridan biridir.
Nostatsionar obyektlarda g‘alayonlar obyekt tavsiflarining o ‘zgarishi sababli
ham kelib chiqishi mumkin.
Yuklama — modda yoki energiyaning obyektdan oqib chiqishiga
ko‘rsatiladigan obyekt qarshiligini ifodalaydi. Obyekt yuklamasining o‘zgarishi rostlanuvchi kattalik o‘zgarishinining tezligini oshiradi. Yuklamaning
o‘zgarish chastotasi haqida ham xuddi shuni aytish mumkin. Yuklama
tebranishlarining amplitudasi ham, chastotasi ham rostlash sifatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Rostlanuvchi obyektning yuklamasini o‘zgartirish, ya’ni obyektning
bir ish rejimidan ikkinchisiga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘lsa, bu amalni
sekinlik bilan bajarish kerak, bunda rostlash tizimi obyektni yangi ish
rejimiga ravon, keskin tebranishlarsiz o ‘tkazadi. Yuklamaning katta
o‘zgarishlarida avtomat rostlagichlarni qaytadan rostlash ehtiyoji paydo
bo‘lishi mumkin. Bu hoi yuklamaning o‘zgarishi rostlanuvchi obyektning
statik va dinamik tavsiflarining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan,
yuklama kamayishi bilan sof kechikish ko‘payadi, o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish,
sig‘im koeffitsiyentlari va boshqariluvchi obyektning har xil yuklamalariga
avtomat rostlagichlarning turlicha optimal rostlanishlari to ‘g‘ri keladi.
12.5- §. OBYEKTLARDA KECHIKISH
Agar rostlanuvchi obyektga g'alayonlanuvchi yoki boshqariluvchi ta’sir
ko‘rsatilsa, obyekt chiqishidagi rostlanuvchi kattalik shu zahoti emas,
balki birmuncha vaqt o‘tgandan so‘ng o‘zgaradi, ya’ni obyektda jarayonning
kechikishi hosil bo‘ladi. Modda (energiya) ning yaqinlashish yoki sarf
o‘zgarishi bo‘yicha oniy (pog‘onali) g‘alayoni obyekt uchun eng yomon
holdir. Shuning uchun, rostlash tizimlari pog‘onali g‘alayon uchun mos
hisoblanadi.
Obyektdagi kechikish qarshiliklar mavjudligi va tizimning inersionligi
bilan izohlanadi. Sof (transport) va oraliq (sig‘imli) kechikishlar mavjud.
G ‘alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatilgan paytdan boshlab
rostlanuvchi kattalik obyekt chiqishida o‘zgara boshlagan paytgacha o‘tgan
vaqt sof kechikish deyiladi. Bu vaqt ta ’sir ko‘rsatilgan nuqta bilan
rostlanuvchi kattalikning modda yoki energiya oqimining harakat tezligi va
g‘alayonlovchi hozirgi qiymati o‘lchanadigan nuqta orasidagi masofada
aniqlanadi. Sof kechikish tashqi ta’sirning shakl va qiymatiga ta’sir qilmay,
faqat obyekt chiqishidagi reaksiyani vaqt mobaynida siljitadi. Agar kirish
ta’siri sinusoidal xarakterga ega boisa, obyekt sof kechikishi mavjudligi
chiqish signalining faza bo‘yicha kechikishiga olib keladi:

Agar obyektdagi modda yoki energiya harakatining tezligini cheksiz
kattalikkacha yetkazish mumkin bo‘lsa, sof kechikishni nolga tenglashtirish
mumkin bo‘lar edi. Sof kechikishni minimumga yetkazish uchun datchik
sezgir elementini va ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini birbiriga hamda rostlovchi obyektga mumkin qadar yaqin joylashtirish lozim.

Yüklə 85,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin