Xii bob. Rostlanuvchi obyektlar 12. 1- §. Rostlanuvchi obyektlarning xossalari



Yüklə 85,41 Kb.
səhifə5/5
tarix22.12.2022
ölçüsü85,41 Kb.
#77270
1   2   3   4   5
Xii bob. Rostlanuvchi obyektlar 12. 1- §. Rostlanuvchi obyektlar

Oraliq kechikish rostlanuvchi obyektda gidravlik va issiqlik qarshiliklari
bilan ajratilgan bir yoki bir necha o ‘zaro bog‘langan sig‘imlarning
mavjudligi bilan izohlanadi. Bu qarshiliklar obyektda modda yoki energiya
harakatiga to‘sqinlik qilib, tarqalish egri chizig‘ining transformatsiyasiga
sabab bo‘ladi. Oraliq kechikishni obyektning tarqalish egri chizig‘ida grafik
ravishda rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi boshlangan paytdan tarqalish
egri chizig‘iga o‘tkazilgan urinmaning abssissa o‘qi bilan kesishgan nuqtasigacha o‘tgan vaqt davri bilan aniqlash mumkin. Oraliq kechikish o‘tish
jarayonining, ayniqsa, dastlabki davrida obyekt tarqalish egri chizig‘ining
transformatsiyasiga olib keladi. Oraliq kechikishning qiymati qancha katta
boisa, g‘alayonlovchi ta’sir natijasida rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi
shuncha past bo‘ladi. Shunday qilib, kichik o‘zgarishli o‘tish jarayonlarida
oraliq kechikish avtomatik rostlash vazifalarini yengillashtiradi.
Oraliq kechikish obyektdagi sig‘imlar soni va oraliq qarshiliklar qiymati bilan aniqlanadi. Oraliq qarshiliklarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi oraliq
kechikish qiymatining ortishiga olib keladi. Rostlanuvchi obyektning to‘liq
kechikish vaqti
x sof kechikish vaqti bilan oraliq kechikish vaqti t0 ning
yig‘indisidan iborat:

Kechikish rostlash jarayonining sifatiga yomon ta’sir qilib, tizimning
turg'unlik koeffitsiyentini kamaytiradi. T oiiq kechikish vaqti qancha ko‘p
boisa, obyekt ishini rostlash shuncha qiyinlashadi. Ba’zan kechikishning
haddan tashqari kattaligi obyektda rostlashni qiyinlashtiradi. Shuning
uchun, to iiq kechikish qiymatini iloji boricha kamaytirish maqsadga
muvofiqdir.
Yüklə 85,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin