Ximoilov ulug'bek, xikmatova zarina oila psixologiyasi fanidan



Yüklə 13,6 Kb.
səhifə1/2
tarix07.06.2023
ölçüsü13,6 Kb.
#126140
  1   2
2 5393275813242089088


Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Sa’natshunoslik fakulteti


Pedagogika va Psixologiya ta’lim yo’nalishi 3-“p” guruh talabalari
XIMOILOV ULUG'BEK , XIKMATOVA ZARINA
OILA PSIXOLOGIYASI fanidan
Ajralish muammosi bo'yicha konsultatsiya
mavzusi bo'yicha

DARS ISHLANMASI



Tekshiruvchi: Ikromov O.I.____

MAVZU:Ajralish muammosi bo'yicha konsultatsiya


Reja:
1.Ajralish muammosi kelib chiqish sabablari
2.Ajralish va uni oldini olish bo'yicha
3.Oilaviy ajrim bo'yicha beriladigan konsultatsiyalar

Tayanch tushunchalar: Oilaviy ajrim,Ajralish kelib chiqish sabablari,Oilaviy nizolar
Ajralish bo'yicha beriladigan konsultatsiyalar
Maqsad: Oilaviy ajrim va uni oldini olish bo'yicha amaliy konsultatsiya ishlarini olib borish
Vazifa: Ajralish muammosi kelib chiqishi va uni o'rganish Konsultatsiya haqida ma’lumotlar berish, dars jarayonida uni mustahkamlash;


ZARINA
Ajralish muammosi hozirgi zamon insoniyat jamiyatining eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi.Shuning uchun chet elda ham O'zbekistonda ham ajralish muammosini o'rganishdan keng jamiatchilik e'tiborini qaratib kelmoqda.Bu muammoni turli soha mutaxasislari:yuristlar,demograflar,iqtisodchilar,sotsiologlar. va boshqa fan sohalari vakillari o'rganib kelmoqdalar Ularning e'tibori bu hodisa sabablari,omillari,motivlarini o'rganish,ajrimlarni bartaraf etish,ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan.
Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu oila balki jamiyat ham ko'p zarar ko'radi.Ajralishlar ko'plar noxush hodisalar:noto'liq oilalar sonini ortishi,bolalar va o'smirlar o'rtasidagi qonunbuzarliklarning ko'payishi,pedagogik nazoratsiz bolalar sonining ortishi, yolg'izlik, sobiq er-xotin va ular qarindoshlari o'rtasida nizolarning vujudga kelishi kabi muammolar paydo bo'ladi
1.Ajralishlarning asosiy sabablari." O'z juftinigizdan sizlar uchun jufti halollar yaratib berdi, toki ular bilan halovatli turmush qurgaysizlar. O'rtalaringizda mehr- muhabbat tuyg'usini paydo qildi. Bu esa Allohning biru- borligining nishonalaridan biridir. Aqlu- idrokli fikr yurituvchilar uchun bunda ko'p ishorat va alomatlar bordir" ( Rum surasi, 21oyat). Boshqa mavzularga qaraganda bu mavzuni yoritish, ayniqsa aql o'rgatish qiyinroq tuyuldi. Sababi har kim boshidan o'tganini o'zi biladi, lekin holisanilloh qo'limizdan kelganchа yoritishga harakat qildik. Buni qarang- ki bu masalada ham ayollarga ko'proq mas'uliyat yuklanar ekan

ULUG'BEK
Ko'pincha ajrashayotganlardan ajralish sababi so'ralsa, ular qandaydur hamma uchun standar bo'lgan sabablarni ko'rsatishadi Masalan "xarakterimiz mos tushmadi",o'zga shaxsning aralashuvii, moddiy qiyinchilik, ichkilikbozlikga berilish, yashahsh joyning noqulayligi, ota onaning noo'rin aralashuvi va h.k. O'zbek oilalarida asosan Turmush o'rtog'ining befarqligi, turmush o'rtog'iga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lish, turmush o'rtog'ining ota-onasi va boshqa qarindoshlarning aralashuvi, er-xotin umumiy masalarga befara qarashligi sabab deb ko'rsatilsa, Yevropada esa asosan ichkilikbozlikga berilish, er-xotin xiyonati, farzand ko'rishni xohlamaslik, xarakterlarning mos kelmasligi kabi omillar nazarda tutiladi

Yüklə 13,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin