Yuqoridagilardan qanday tog'ri xulosa chiqarmog'imiz va shaxsiy hayotimizda nimalarga amal qilmog'imiz, nimalarga e'tibor bermog'imiz lozim? 1.Turmush o'rtoq tanlashda shoshilmang va adashmang. Nikoh oldi omillariga va o'zga mavzulardan tegishli xulosa chiqarib ish ko'ring
2. Ajralish, Sizga ,turmush o'rtog'ingizga, ota-onalaringizga, farzandlaringizga imkoni boricha salbiy ta'sir qilmasligi choralarini ko'ring
3. Ajralib ketgan eringiz yoki xotiningiz haqida farzandlaringizga salbiy ma'lumotlar berib, u haqda salbiy tasavvur shakllanishidan saqlaning, chunki bunday tasavvurning shakllanishi shaxsiy hayotida salbiy tasir qilishi mumkin
1-topshiriq Quyidagi savollarga javob berish
1 Qanday sabablarga ko'ra oilalar buziladi?
2 Ajralish qanday oqibatlarga ega?
3 Ajralish va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari nimalardan iborat?
4 Ajralishning oldini olish va ajratish yuzasidan nimalarga e'tibor berish zarur?
2-topshiriq.
Talabalar 2 guruhga bo’linishadi va savollarga javob berib,bir-birlari bilan musobaqa tashkil qilinadi
Bugungi amaliy mashg’ulot jarayonida talabalarga oilaviy munosabatlar, oilada er va xotinning burchlari, majburiyatlari haqida bilimlar berildi.
Oiladagi nizoli vaziyatlar, kelishmovchiliklar va oilaviy munosbatlarga uchinchi shaxsning aralshuvi hamda buning oqibatlari kichik bir sahna ko’rinishi orqali yoritib berildi.
Oila atalmish muqaddas dargohning tinchligini ta’minlash, bu dargohda sog’lom muhitni qaror topishtirish er va xotinning birday vazifasi hisoblanadi. Jamiyatning muhim bo’g’ini bo’kgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo’lsa, shundagina davlat tinch va barqaror ravnaq topishi mumkin .
Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Pavlina. “Oilaviy munosabatlarning muammolarini tushunish”. (2006).
2.V. V. Kunitskaya. “Oilaviy nizolar va ularni hal etish yo’llari” Ijtimoiy O’qituvchi . (2017)
3.H. Makkubbin, S. Figli, “Stress va oila: Normativ o’tishlar bilan kurashish”.
Nyu-York: Bruner / Mazel. (1983).