Xirurgik infeksiyalar tushishini oldini olish asepmika va antiseptika


Jarrohlik infeksiyaning rivojlanishida makro – va mikroorganizmlar



Yüklə 51 Kb.
səhifə2/4
tarix24.04.2023
ölçüsü51 Kb.
#101912
1   2   3   4
xirurgik infeksiyalar tushishini oldini olish. asepmika va antiseptika

2. Jarrohlik infeksiyaning rivojlanishida makro – va mikroorganizmlar
roli. Zamonaviy tushunchalar bo’yicha infeksion jarayonning rivojlanishida mikrob va viruslarning ahamiyati quyidagicha:
1. Mikroblar bilan ifloslanish (qontaminatsiya).
2. Mikroflora.
3. Infeksiya.
Kontaminatsiya – jarohat va boshka ochiq shikastlanishlarning tashqi muhitdan mikroblar bilan ifloslanishi. Bu mikroblar asosan yuzada joylashib ko’payadi, ferment va toksinlarni ajratmaydi va boshqa to’qimalarga tasir qilmaydi. Ularning bir qismi o’ladi, qolganlari esa sharoitga o’rganib ko’payadi, aktivlashadi va natijada jarohat mikroflorasiga aylanadi.
Mikroflora – jarrohat muhitiga o’rgangan, nisbatan uzgarmas mikroblarning assosiyatsiyasi. Jarohat mikroflorasi biologik aktiv bo’lib, mikroblar asosan yuzada va o’lgan to’kimalarda joylashadi. Ular o’zidan ferment ajratib, o’lgan to’qimalarni suyo’ltiradi (gidroliz). Mikroflora tarkibiga muhit pH i va o’lgan to’qimalar mavjudligi tasir kiladi. Masalan: birinchi fazada o’lgan to’qimalar ko’pligi va muhit achchik bo’lganligi sababli asosan streptokokklar rivojlanadi. Ikkinchi fazaga o’tish davrda esa muhit ishqoriy bo’ladi va natijada stafilokokk, ichak tayokchasi va boshka alkolafil mikroblar rivojlanadi.
Infekt – o’lgan to’qimalardan tirik to’qimalarga o’tib, u yerda rivojlanadigan, o’zidan toksin va fermentlar ajratishi natijasida tirik to’kimalarni yemiradigan patologik mikroorganizmlar. Ular jarrohlik infeksiyani chakiradi.
Jarrohlik infeksiya – infekt tasirida hosil bo’lgan morfologik va funksional buzilishlarga makroorganizmning javobi, yani murakkab potologik jarayon.
Organizmning bu reaksiyasi infektni to’liq bosish va yo’kotishga, immunitet ishlab chikarishga hamda tashki muhit bilan organizmning buzilgan birligini tiklashga qaratilgan.
3. Jarrohlik infeksiyaning tasniflanishi va uni oldini olishning asosiy tamoyillari. Qo’zg’atuvchining xususiyatlari va organizm reaksiyasiga ko’ra quyidagi turlari tafovut qilinadi:
1. Aerob mikroblar (stafilokokk, streptokokk, diplokokk, ichak tayoqchasi, ko’k yiring tayoqcha va boshk.). chaqiradigan aerob yoki yiringli jarrohlik infeksiya.
2. To’qimalarni parchalab erituvchi anaeroblar, batsillalar, (gazli gangrena, xatarli shish), toksik shishni chaqiradigan mikroblar qo’zg’atadigan anaerob jarrohlik infeksiya.
3. Anaerob yoki fakultativ anaeroblar (vulgar protey, spora hosil qiluvchi batsillalar, ichak tayoqchasi va boshk.) chirituvchi jarrohlik infeksiya.
4. Spetsifik jarrohlik infeksiya (qoqshol, brutsellyoz, sil, aktinomikoz, nekrobakterioz, botriomikoz).
Jarrohlik infeksiyaning keltirilgan turlaridan tashqari, xirurgik patologiyaga ayrim invazion kasalliklar ham kiradi – senuroz, exinokokkoz, onxotserkoz, telyazioz, filyarioz, va boshq..
Jarrohlik infeksiyaning oldini olish tamoyillari quyidagilardan tashkil topgan:

        1. Inyeksiya, operativ, akusherlik – ginekologik va boshqa davolash muolajalarni bajarishda aseptika va antiseptikaga qat’iy rioya qilib, hayvon organizmi ichki muhitiga infeksiya qo’zg’atuvchisi kirishiga yo’l qo’ymaslik.

        2. O’lgan to’qimalar mavjud bo’lganda ularni operativ yoki boshqa yo’llar orqali iloji boricha ertaroq olib tashlash va to’qimalararo kovaklar, o’yiqlar va cho’ntaklarni yo’qotish.

        3. Osmoterapiya va fermentoterapiya vositalarini qo’llab, drenajlashning optimal sharoitlarini ta’minlash.

4. Mahalliy antiseptik eritmalar, yangi yarim sintetik antibiotiklarni qo’llash va murakkab bakteriostatik kukunlar deposini yaratish.

  1. Himoyalovchi terapiya vositalari (novokain qamallari, trankvilizatorlar va boshq.) yordamida organizm sensibilizatsiyasini va asab tizimi periferik va markaziy bo’linmalarining haddan ziyod qo’zg’alishini yo’qotish.

Yuqorida keltirilgan muolajalar va chora – tadbirlar to’liq oqsilli, uglevodli, yog’ va vitamin – mineralli oziqlantirishda, hamda to’g’ri saqlash va ekspluatatsiyasida o’tkazilishi lozim.

Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin