Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   363
Klinikasi.  Bu  kasallikning  klinik  belgilari  muayyan  arteriyadagi 

okklyuziyaning  joylashuviga  va  xarakteriga,  izdan  chiqqan  magistral  qon 

oqimining  kompensatsiyasi  bosqichiga  bog’liq.  Kasallikning  patologik 

jarayonning  topikasini  va  xarakterini  aks  ettiradigan  klinik  formalari 

(simptomlari)  davolash  usulini  tanlashga  imkon  beradigan  diagnozning 

zamonaviy turi xisoblanadi. 

1. O’mrov osti sindromi – asosiy tarmoqlari chiqqandan keyin o’mrov osti 

arteriyasining  eng  distal  qismidagi  okklyuziya.  Takayasu  sindromida  o’mrov 

osti  arteriyasi  bo’ylab  qon  oqimi  deyarli  6%  hollarda  zarar  ko’radi  (B.V. 

Petrovskiy  muallifdoshlari  bilan).  Ko’pchilik  bemorlarda  o’mrov  osti 

sindromining  etiologik  omili  arteriit,  qolgan  hollarda  ekstravazal  omillar, 

qo’shimcha  bo’yin  qovurg’alari  va  oldingi  zina  poyasimon  mushak  sindromi 

hisoblanadi.  Bu  sindromning  mohiyati  qo’l  ishemiyasidir.  Ishemiya  darajasi 

kollateral qon aylanishi imkoniyatlari bilan belgilanadi. Dekompensatsiyalangan 

bosqich qo’l panjasi va bilakda ikkinchi – distal blok bo’lganda uchaydi, xolos. 

2.  Umurtqa  sindromi  –  umurtqa  arteriyasining  ekstravazal  bo’limida  qon 

oqimining  buzilishi  va  shu  sababli  miya  tomirlarida  etishmovchilik  paydo 

bo’lishidir.  Umurtqa  sindromi  alohida  ko’rinishda  qariyb  17%  hollarda 

uchraydi.  Umurtqa  arteriyasining  ekstrakranial  bo’limida  qon  oqimi  buzilishi 

uchta  sathda  –  og’iz  sohasida,  suyak  kanalida,  kalla  suyagiga  kirishdagi 

gorizontal qismda ro’y berishi mumkin. 



 

181 


Qon  oqimi  buzilishiga  ateroskleroz  (70%),  ekstravazal  omillar  va 

rivojlanish nuqsonlari sabab bo’lishi mumkin. 

Sindromning  klinik  belgilari  bosh  miya  yarimsharlarining  stvoli,  ensa 

bo’laklari va ichki miya ishemiyasiga bog’liq bo’ladi. 

3.  O’mrov  osti-umurtqa  sindromi.  O’mrov  osti  arteriyasi  bloki  shunday 

joylashadiki,  qon  oqimidan  o’mrov  osti  arteriyasi  ham,  umurtqa  arteriyasi  ham 

ajralib qoladi. Ana shunga o’mrov osti-umurtqa sindromi deyiladi. 

Umurtqa  arteriyasida  qon  oqimining  aynishi  sodir  bo’ladi  –  qon  oqimi 

miyadan  qo’lga  teskari  yo’nalishda  oqadi,  chunki  o’mrov  osti  arteriyasi 

sistemasidagi bosim Villiziy doirasidagiga qaraganda past bo’ladi. Bu fenomen 

adabiyotda  «subclavian  steal  syndrome»  –  o’mrov  ostida  qon  o’g’irlanish 

sindromi  degan  nom  olgan  bo’lib,  uni  1960  yilda  Contorni  birinchi  marta 

tasvirlagan.  Elka  kamari  va  ko’l  ishemiyasining  klinik  ko’rinishi  bu  soxalarda 

kollateral qon aylanishi rivojlanganligidan va still-sindrom hisobiga odatda og’ir 

bo’lmaydi.  Bemorlar  ish  vaqtida  qo’llarining  tez  toliqib  qolishidan,  ularning 

uvishishi  va  sovqotishidan,  barmoqlar  va  panjaning  muzday  bo’lishidan 

noliydilar,  qo’l  muskullari  atrofiyaga  uchraydi,  qo’lda  og’riq  bo’ladi.  Still-

sindrom rivojlanishi vertebrobazillyar sistemada qon aylanishi etishmovchiligiga 

olib  keladi,  bu  umrov  osti-umurtqa  sindromida  ustunlik  qiladigan  belgi 

hisoblanadi. 

4.  Uyqu  arteriyalari  sindromi  –  shu  tomirlar  proksimal  bo’limlarida  qon 

oqimining  buzilishidir.  Umumiy  uyqu  arteriyasi  bifurkatsiya  sohasida  undan 

pastki  qismga  nisbatan  ko’proq  zararlanadi.  Ichki  uyqu  arteriyasini  stenozga 

yoki  okklyuziyaga  olib  keladigan  asosiy  etiologik  omil  ateroskleroz  sanaladi. 

Uyqu  arteriyasi  sindromining  klinikasi  bosh  miya  katta  yarimsharlari  va  ko’z 

soqqalari  ishemiyasi  bilan  belgilanadi.  Bemorlar  bosh  og’rishi,  bosh  aylanishi, 

xotira  pasayishi,  zararlangan  tomonda  ko’z  ko’rmay  qolishi,  ba’zan  xushdan 

ketishdan shikoyat qiladilar. 

5.  Nomsiz  arteriya  sindromi  –  nomsiz  arteriyada  qon  aylanishining 

buzilishi.  Bu  o’zining  turli-tuman  klinik  manzarasiga  ko’ra  braxiotsefal 




 

182 


arteriyalar patologiyasidir. U go’yo bundan oldingi hamma sindromlarni o’ziga 

jamlab oladi va ayni vaqtda bu simptomlar ulardan mutlaqo farq qiladi. Nomsiz 

arteriya  sindromining  ko’rinishi  bosh  miyaning  karotid  tipi  bo’yicha  hamda 

vertebrobazillyar 

tip 

bo’yicha 



ishemiyasidan, 

o’ng  qo’ldagi  arterial 

etishmovchilik  va  o’ng  ko’z  ko’ruv  qobiliyati  buzilishidan  tashkil  topadi. 

Kollateral  qon  aylanishining  katta  imkoniyatlariga  qaramay,  nomsiz  stvol 

okklyuziyasi  g’oyat  xavfli  ofat  –  patologiya  sanaladi  va  tserebral  buzilishlar 

bunday bemorlarning amalda hammasida ertami-kechmi yuz beradi. 

6.  Qo’shma  formalari  –  aorta  ravog’i  tarmoqlarining  ko’p  sonli 

zararlanishlari  bir-biri  bilan  turlicha  qo’shilib  kelib,  17-18%  xollarda  uchraydi  

(I.A. Belichenko, 1970). Bu, aftidan, braxiotsefal tomirlarning dastlabki aloxida 

ko’pgina zararlanishlarining nihoyasi hisoblanadi. Bu guruxda kasallikning eng 

uzoq davomliligi 4-5 yil bo’lishi bejiz emas. 

Klinik  ko’rinishlari  har  bir  ayrim  holda  g’oyat  o’ziga  xos  va  zararlangan 

arteriyalar  soniga  hamda  okklyuziya  darajasiga  bog’liq.  Umurtqa  va  karotid 

sindromlarning  karotid  va  umrov  osti-umurtqa  sindromlarining  birga  kelishi 

kuzatiladi.  Nihoyat,  hamma  ma’lum  sindromlar  birga  uchrashi  mumkin.  A.V. 

Pokrovskiy  miyada  qon  aylanishi  buzilishining  quyidagi  guruxlarini  tafovut 

qiladi: 

1. Simptomsiz okklyuziyalar – 23,6%. 

2.  Miya  qon  aylanishining  tranzitor  ishemiya  xurujlari  bilan  o’tadigan 

ko’chma buzilishlari – 40,5%. 

3. Distsirkulyator entsefalopatiya – 11%. 

4. Ishemik insultlar va ularning qoldik hodisalari – 25%. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin