Klinikasi va diagnostikasi. Kasallik aksariyat 50 yoshdagi va undan
oshgan ayollarda paydo bo’ladi, asta-sekin 1-5 yilgacha rivojlanadi.
Kasallikning birdan-bir belgisi – qalqonsimon bez o’lchamining kattalashuvi
hisoblanadi. Ushlab ko’rilganda bez zich, biroq paypaslab ko’rilganda atrofdagi
to’qimalar bilan bog’lanmagan, harakatchan. Keyinchalik bemorlarda
kayfiyatning umumiy buzilishi, ruhiy holatida o’zgarishlar va gipotireoz
belgilari kuzatiladi. Limfatik tugunlar kattalashmagan.
Davolash. Xoshimoto buqog’ini davolash konservativ. Bemorlarga tireoid
va glyukokortikoid gormonlar tayinlanadi. Tireoid gormonlar dozasi individual
tayinlanadi, tireoidinning o’rtacha sutkalik dozasi 0,1-0,3 g. Prednizolonning 20-
40 mg sutkalik dozasi 1,5-2 oy mobaynida tayinlanib, u asta-sekin kamaytirib
boriladi.
32
Kasallik saratonga aylanganiga shubha bo’lganda yoki katta buqoq bo’yin
a’zolarini bosib qo’yganda operatsiya qilish shart. Bu holda, O.V. Nikolaev
usulida subtotal subkapsulyar strumektomiya amaliyoti bajariladi, shundan
keyin rivojlanishi mumkin bo’lgan gipotireozni profilaktika qilish uchun, albatta
tireoidin tayinlanadi.
Dostları ilə paylaş: |