yoki holat. Gipoparatireoz sabablari paraqalkonsimon bezlarning yallig’lanish
kasalliklari, shikastlanish vaqtida qon quyilishi, qalqonsimon bezning tug’ma
Klinikasi va diagnostikasi. Gipoparatireoz – talvasa xurujlari bilan o’tadi.
Talvasalar klonik xususiyatga ega bo’lib, aksariyat yuz mushaklarida paydo
bo’ladi va simmetrik mushak guruhlarini qamrab oladi. Talvasa qorin devori
mushaklari va ichdagi silliq mushaklar spazmiga bog’liq holda qorinda og’riq
bilan o’tadi. Laringospazm bilan asfiksiya paydo bo’lish ehtimoli bo’ladi. Unga
37
Xvostek va Trusso simptomlari xos. Xvostek simptomi – yuz nervi proektsiyasi
sohasida quloq yumshog’i oldida barmoq yoki perkussion bolg’a bilan urib
ko’rilganda, burun parragi va og’iz burchi sohasidagi mushaklar qisqaradi.
Trusso simptomi – qo’ltiqdagi nervqon tomirlar tutami sohasi bosilganda, qo’l
kaftining “doya qo’li” belgisi ko’rinishida tonik qotib qolishi, farq qilib
turadigan belgisi hisoblanadi. Epilepsiya xurujlari bilan tafovutlanishi lozim.
Davolash. Xurujlar vena tomiriga kaltsiy xlorid eritmalarini yuborib
to’xtatiladi. Xurujlarining oldini olish uchun bemorlar muttasil kaltsiy
preparatlari, vitamin D, paratireoidin qabul qilib turadilar. Xirurgik davo usullari
orasida gipoparatireozni davolashda, qorinning teri osti kletchatkasiga har 2
yilda «bulon suyakcha» tikib qo’yish usuli ma’lum. Bu usul hozircha keng
yoyilgani yo’q.
Dostları ilə paylaş: