Xirurgik kasalliklar


JIGAR  XIRURGIK  KASALLIKLARI



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   363
JIGAR  XIRURGIK  KASALLIKLARI 

 

Anatomo-fiziologik xususiyatlari 

Jigar  inson  organizmining  eng  yirik  a’zolaridan  biri  hisoblanadi.  Uning 

og’irligi  1200-2000  g  ni  (tana  og’irligining  1/50  qismini)  tashkil  qiladi.  U  ona 

qornidagi  homila  hayotining  uchinchi  xaftasida  o’n  ikki  barmoqli  ichak  shilliq 

qavati  epiteliyidan  ajralib  chiqish  yo’li  bilan  rivojlanadi.  Jigar  qorinning  o’ng 

yuqori kvadrantida joylashgan bo’lib, qovurg’alar bilan yopilgan. Uning yuqori 

chegarasi o’ng o’rta o’mrov chizig’i bo’ylab IV qovurg’alar oralig’igacha etadi, 

pastki  cheti  chaqaloqlarda  aksariyat  hollarda  kindikkacha  boradi.  Emizik 

yoshidagi  bolalarda  u  qovurg’a  cheti  ostidan  2-3  sm  ga  chiqib  turadi  va 

taxminan  to’rt  yoshlarga  kelib  uning  orqasida  joylashadi.  Jigarning  pastki 

chegarasi  o’rta  chiziq  bo’ylab  kindik  bilan  xanjarsimon  o’simta  orasidagi 



 

439 


masofaning  o’rtasida  joylashgan.  Jigarning  oldingi  yuqori  qabariq  yuzasi 

o’roqsimon  boylam  bilan  ikki  bo’lakka:  o’lchamlari  bo’yicha  katta  o’ng  va 

kichikroq  chap  bo’laklarga  bo’linadi.  Pastki  botiq  yuzasida  ikkita  uzunasiga 

ketgan bo’ylama egatlar (o’ng va chap) va ko’ndalang egat farqlanib, buni jigar 

darvozasi  deb  ataladi.  Bu  egatlar  jigarning  o’ng,  chap,  kvadrat  va  dumsimon 

bo’laklarga bo’ladi (94-rasm). 

 

 

94-rasm. Jigar segmentlarining joylashuvi. 



 

Jigar darvozasi tarkibiga jigar arteriyasi, nervlari va darvoza (qopqa) venasi 

kiradi,  limfatik  yo’llar  va  umumiy  jigar  o’t  yo’li  esa  undan  boshlanadi.  Jigar, 

diafragmaga  tegib  turadigan  orqa  yuzasidagi  qismidan  tashqari,  hamma 

tomonlardan qorin parda bilan qoplanadi. 

Qorin  pardasi  atrofidagi  a’zolarga  o’tib,  jigarni  turg’un  holatda  tutishda 

muhim ahamiyatga ega bo’lgan boylamlar: o’ng va chap tojsimon, jigar-me’da, 

jigar-o’n  ikki  barmoqli  ichak,  jigar-buyrak  boylamlarini  xosil  qiladi.  Jigarning 

qon  ta’minoti  xususiy  jigar  arteriyasi,  shuningdek  darvoza  venasi  tomonidan 

amalga  oshiriladi.  Bunda  umumiy  qon  oqimining  taxminan  25%  arteriyaga  va 

75% i darvoza venasiga to’g’ri keladi. 



 

440 


Jigarning  o’roqsimon  boylami  bo’yicha  o’ng  va  chap  bo’laklarga  bo’lish 

uning  funktsional  anatomiyasiga  mos  kelmaydi,  bundan  vizualizatsiya  usullari 

natijalariga  baho  berishda,  hamda  xirurgik  operatsiyalar  o’tkazishda 

foydalaniladi.  Uning  negizini  darvoza  venasi,  xususiy  jigar  arteriyasi  va  o’t 

yo’llarining  tarmoqlanishi  printsipi  tashkil  qilinadi,  ular  qon  ta’minotini  va 

jigarning  bir-biriga  nisbatan  uzoqlashgan  sohalaridan  qon  oqib  kelishini 

ta’minlab turadi. Chunonchi, darvoza venasi o’ng va chap tarmoqlarga bo’linib, 

tegishli  jigarning  o’ng  va  chap  bo’lagini  oziqlantiradi.  Bo’laklar  o’rtasidagi 

chegara qiya chiziq bo’ylab pastki kovak venasidan o’t qopchasi o’rnigacha va 

keyin  jigar  darvozasigacha  boradi.  Darvoza  venasining  har  ikki  tarmog’i,  o’z 

navbatida,  yana  ikkita  tarmoqqa  bo’linib  sektorlar  nomini  olgan  sohalarni  qon 

bilan ta’minlaydi. 

O’ng  bo’lakda  –  oldingi  va  orqa,  chap  bo’lakda  –  medial  va  lateral 

sektorlar  farqlanadi.  Sektorlar  segmentlarga  bo’linadi,  ular  raqamlar  bilan 

belgilanadi.  Chap  bo’lakni  I-IV  segmentlar  xosil  qiladi.  Bunda  I  segment 

jigarning  dumsimon  bo’lagiga  mos  keladi,  II  va  III  segmentlar  chap  lateral 

sektorda,  IV  segment  esa  chap  medial  sektorda  joylashgan.  Jigarning  o’ng 

bo’lagi  tarkibiga  V-VIII  segmentlar  kiradi.  O’ng  oldingi  sektor  V  va  VIII  ga, 

o’ng orqa esa VI va VII segmentlarga bo’linadi. 

Jigarning  gistologik  tuzilishi  asosini  shakli  prizmasimon  va  o’lchamlari  1 

mm  dan  2,5  mm  gacha  bo’lgan  bo’lakchalar  tashkil  qiladi.  Har  bo’lakcha 

o’rtasida markaziy vena joylashgan bo’lib, undan radiuslar bo’yicha periferiyaga 

tomon to’sinlar joylashib, ular o’t kapillyarlarini, qo’shilgandan keyin esa – o’t 

yo’llarini xosil qiladigan ikki qator jigar hujayralaridan iborat. Jigar arteriyasini 

va  darvoza  venasining  oxirgi  tarmoqlarini  kapillyarlar  xosil  qiladi,  ular  jigar 

hujayralarini  o’rab  turadi.  Oddiy  kapillyarlardan  farqli  ravishda,  bo’lakchalar 

ichidagi  kapillyarlar  endoteliysidan  tashqari,  yuqori  fagotsitar  faoliyatga  ega 

bo’lgan  Kupfer  hujayralarini  saqlaydi.  Endotelial  hujayralar  muayyan 

o’lchamdagi  makromolekulalarni  gepatotsitlar  bilan  endotelial  hujayralar 



 

441 


o’rtasida joylashgan Disse bo’shlig’igacha o’tkazib, qonni filtrlash xususiyatiga 

ega bo’lgan fenesterlar bilan ta’minlanadi. 

Subendotelial bo’shliqda yulduzsimon hujayralar (Ito hujayralari) topiladi, 

ular  aktin  va  miozin  borligi  tufayli  muayyan  moddalar,  masalan  endotelin-1 

ta’siri ostida qisqarish qobiliyatiga ega bo’lib, shu tariqa qon oqimini sinusoidlar 

darajasida amalga oshirib turadi. Qon kapillyarlar orqali o’tib markaziy venaga 

tushadi, ular birlashib, so’ngra jigar venalarini xosil qiladi. Jigar venalari 3-5 ta 

miqdorda pastki kovak venasiga quyiladi. 

Jigar  ichi  o’t  yo’llari  darvoza  venasi  va  jigar  arteriyasini  tarmoqlarining 

yo’li bo’ylab joylashgan. O’ng va chap bo’lakchali jigar yo’llari birga qo’shilib, 

umumiy  jigar  o’t  yo’lini  (gepatikoxoledox)  xosil  qiladi.  Unga  qopcha  yo’li 

quyilgandan keyin, bu  yo’l  –  umumiy  o’t  yo’li  (xoledox) deb  ataladi va  me’da 

osti bezi yo’li bilan birga o’n ikki barmoqli ichakka quyiladi. 

Limfa Disse bo’shliqlarida xosil bo’ladi. Jigarda venoz oqim buzilganda va 

sinusoidal bosim orta borganda limfa ishlanishi keskin ko’payadi, bu astsit xosil 

bo’lishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Jigarning limfatik tomirlari 

limfaning  jigar  darvozasi  limfatik  tugunlariga  va  keyin  jigar-o’n  ikki  barmoqli 

ichak  boylami  bo’ylab  oqishini  ta’minlab  turadi.  Limfa  jigarning  yuza 

bo’limlaridagi  yo’llar  bo’yicha oqib keladi,  ular  diafragmadan oqib  o’tib, ichki 

ko’krak  arteriyasi  yo’li  bo’ylab  ko’ks  oralig’i  tugunlariga  va  ko’krak  limfatik 

yo’liga  limfa  oqishini  ta’minlaydi.  Limfatik  yo’llar  va  tugunlarning  bir  qismi, 

pastki kovak venasining ko’krak bo’limi yo’li bo’ylab tarqaladi. 

Jigar 

sunuslari 



qorin 

chigalida 

joylashadigan 

VII-X 


simpatik 

gangliylarining nerv tolalaridan innervatsiya qilinadi. Parasimpatik innervatsiya 

o’ng va chap adashgan nervlarining tolalaridan amalga oshiriladi. Innervatsiyada 

shuningdek o’ng diafragmal nerv qatnashadi. Nerv tolalari jigarga arteriyasi va 

o’t yo’llari yo’li bo’ylab kiradi va jigar parenximasigacha etib boradi. 

Jigar  turli-tuman  faoliyatlarni  bajaradi:  oqsil  sintezi,  uglevod,  yog’ 

almashinuvida  qatnashadi,  ular  bir-biri  bilan  chambarchas  bog’langan.  Jigarda 

qon  plazmasining  asosiy  oqsillari  (albuminlar,  globulinlar,  fibrinogen),  oddiy 




 

442 


uglevodlardan  glikogen  polisaxaridi  sintezi  sodir  bo’ladi  va  uning  glyukoza 

xosil qilib parchalanishi, yog’ utilizatsiyasi, yog’ kislotalarining parchalanishi va 

oksidlanib  parchalanishi,  shuningdek  fosfolipidlar  sintezi  ro’y  beradi.  Jigar 

hujayralarida  ammiakdan  mochevina  xosil  bo’lishi  kechadi,  qon  ivish  omillari 

sintezi,  bilirubin  almashinuvi  ta’minlanadi.  Jigar  endogen  va  ekzogen  toksik 

moddalarni zararsizlantirishning eng muhim a’zolaridan biri bo’lib hisoblanadi. 

Jigar  etishmovchiligining  muhim  ko’rinishlaridan  biri  –  sariqlik 

hisoblanadi,  uning  asosini  jigar  pigment  almashinuv  faoliyatining  buzilishi 

tashkil  qiladi.  Bilirubin  gem  metobolizmining  oxirgi  mahsuloti  hisoblanib,  u 

gemoglobin, mioglobin, tsitoxromlar, masalan, R

450

 tsitoxromi molekulalarining 



tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Bir  kecha-kunduzda  retikuloendotelial  sistemada 

taxminan  300  mg  bilirubin xosil bo’ladi. Bunda uning  qariyib 80%  eritrotsitlar 

gemoglobinidan  sintez  qilinadi,  qolgan  miqdori  esa  taloq,  suyak  iligi,  gem 

saqlaydigan oqsillarning etilmagan hujayralaridan sintez qilinadi. 

Gemoglobinning parchalanishi jarayonida uning oqsil qismi (globin) ajralib 

chiqadi,  gemosiderin  tarkibidagi  temirdan  sintez  uchun  foydalaniladi, 

gemotoidin 

esa 


(molekulaning 

gem 


saqlovchi 

bo’lagi) 

keyinchalik 

parchalanishga  uchraydi.  Mikrosomal  ferment  gemoksigenaza  ta’siri  ostida 

porfirinli  halqa  chiziqli  terapirrolga  (biliverdin)  aylanadi,  u  o’z  navbatidan 

biliverdin  sintetazidan  bilirubinga  aylanadi,  xosil  bo’lgan  bilirubin  tuzilishiga 

ko’ra qutblanmagan birikma, ya’ni yog’da eruvchan modda hisoblanadi. U qon 

albumini  bilan  uzviy  bog’langan.  Jigar  sinusoidlarida  bilirubin  albumindan 

ajralib  chiqadi.  Jigar  hujayrasida  bilirubinning  glyukuron  kislotasi  bilan 

kon’yugatsiya reaktsiyasi ro’y berib, natijada bilirubin mono va diglyukuronidga 

(bog’langan  bilirubin)  aylanadi.  U  suvda  eruvchan  bo’lib  qoladi  va  o’t  orqali 

ajraladi. 

Kon’yugatsiyalanmagan 

bilirubin 

sulfodiazoreatkiv 

bilan 


molekulalararo  vodorod  bog’lar  to’g’ridan-to’g’ri  (spirt  bilan  Vandenberg 

reaktsiyasi)  xosil  qilmaydi,  shuning  uchun  kon’yugatsiyalangan  (bevosita 

bilirubin)  dan  farqli  ravishda  bilvosita  bilirubin  deb  ataladi.  Albumin  bilan 



 

443 


bog’langan  va  suvda  erimaydigan  bilvosita  bilirubin  buyrak  kanalchalarida 

filtrlanmaydi va siydik bilan ajralib chiqmaydi. 

Ingichka  ichakda,  o’t  yo’llarida  (ayniqsa  bakterial  xolangitda)  bilirubin 

urobilinogenga  aylanadi,  u  qonga  oson  so’riladi.  Biroq  amalda  to’la-to’kis 

ushlab  qolinadi.  Jigar  faoliyati  buzilganda  urobilinogenning  jigardan 

ekskretsiyasi  ortadi,  keyinroq  yo’g’on  ichak  mikroflorasi  ta’siri  ostida 

bog’langan  bilirubindan  sterkobilinogen  xosil  bo’ladi,  u  sterkobilinga  aylanib 

axlatga o’ziga xos rang beradi. Normada sterkobilinogenning ozroq qismi jigarni 

chetlab  o’tib,  to’g’ri  ichak  venalari  bo’ylab,  sistem  qon  oqimiga  tushadi  va 

siydik bilan ajraladi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin