Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   363
Jigar abstsesslari 

Jigar  abstsesslari  keyingi  yillarda  ta’sir  doirasi  keng  bo’lgan 

antibiotiklarning  tibbiyotda  faol  qo’llanilishi  oqibatida  bir  muncha  kam 

uchraydigan  kasallik  bo’lib  qoldi.  Bugungi  kunda  bu  kasallikni  ko’paytiruvchi 

omillar: jadal kimyoviy muolaja, qandli diabetning asoratlanishi, o’zga a’zolarni 

ko’chirib o’tkazish va OITS sababli immunitetning pasayib ketishi xisoblanadi. 

Jigar abstsesslari yuqoriga ko’tariluvchi biliar infektsiya ta’sirida, infektsiyaning 

portal venoz sistema bo’ylab gematogen tarqalishi yoki sepsisda jigar arteriyasi 

orqali  tarqalishi,  infektsiyaning  qorin  bo’shlig’i  a’zolarining  yallig’lanish 

kasalliklarida to’g’ridan-to’g’ri tarqalishi, shuningdek jigarning jarohatlanishlari 

natijasida  paydo  bo’ladi.  Ko’pchilik  hollarda  jigar  abstsesslari  o’t  tosh 

kasalligida  yoki  jigardan  tashqaridagi  o’t  yo’llari  saratonining  parchalanishida 

aksariyat  og’ir  kechuvchi  yiringli  xolangitning  asorati  sifatida  rivojlanadi. 

Boshqa  sabablaridan:  destruktiv  appenditsit,  chambar  ichak  divertikuliti, 

nospetsifik  yarali  kolit,  amyobali  dizenteriyalar  asorati  bo’lgan  sepsis  yoki 

pileflebit hisoblanadi. 




 

448 


Jigar  abstsesslari  yolg’iz  holda  bo’lishi  mumkin,  biroq  aksariyat  hollarda 

ko’p  sonli  abstsesslar  uchraydi.  Yakka  abstsess  ko’pincha  o’ng  bo’lakda 

joylashadi.  Abstsesslarda  bakteriologik  tekshiruv  natijasida  bakterial  flora 

taxminan  50%  hollarda  topadilar.  Sepsisda  aksariyat  hollarda  tillarang 

stafilokokk,  gemolitik  streptokokk  aniqlanadi.  Biliar  abstsesslarida  aksariyat 

ichak  tayoqchasi  yoki  aralash  florani  aniqlaydilar.  So’nggi  yillarda  anaerob 

floraga  katta  ahamiyat  berilmoqda.  Uni  bakteriyalarni  maxsus  muhitga 

ekkandagina topish mumkin bo’ladi.  

Jigar  abstsessi  hamisha  ikkilamchi  kasallik  hisoblanib, kasallikning  asosiy 

klinik  belgilari  zamirida:  tana  haroratining  gektik  tabiatga  ega  bo’lishi,  et 

junjikishi,  qaltirash,  haddan  tashqari  ko’p  terlash,  ko’ngil  aynishi,  ishtaha 

pasaishi  kuzatiladi.  Og’riq  esa,  bu  xastalikda  kechikkan  simptom  bo’lib 

hisoblanadi  va  aksariyat  yirik  yolg’iz  abstsesslarda  uchraydi.  Bu  holda 

ko’pincha  jigar  kattalashadi,  paypaslanganda  jigarda  og’riq  paydo  bo’ladi  va 

ba’zan teri qoplamlari va ko’z oqlig’ining (skleralar) sarg’ayishi kuzatiladi. Qon 

tahlilida – yuqori leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga siljishi, anemiyaga 

xos  belgilar  kuzatiladi.  Qon  ekmasida  taxminan  30%  hollarda  kasallik 

qo’zg’atuvchi  bakteriyalar  topiladi.  Aksariyat  hollarda  asosiy  sababchi  septik 

holat bo’ladi. 

Qorin  bo’shlig’i  a’zolari  rentgenoskopiyasida  diafragmaning  o’ng 

gumbazini  odatdan  tashqari  yuqoriga  ko’tarilganligi  va  xarakatchanligining 

cheklanishi  aniqlanadi.  Plevral  sinusda  reaktiv  tarzda  suyuqlik  yig’ilishi 

mumkin. Gaz hosil qiladigan flora abstsessga sabab bo’lsa, jigar soyasi tasvirida 

suyuqlik  sathi  aniqlanishi  mumkin,  ba’zan  esa  jigar  chegaralarining 

deformatsiyasi aniqlanadi. 

Diagnostikasida  jigarni  ultratovush  yordamida  tekshirish,  kompyuter  va 

rentgen  tomografiyasi  o’tkazish,  zarurat  bo’lganda  esa  angiografiya,  jigarni 

radioizotop texnetsiy bilan skanerlash diagnozni aniqlashda yordam beradi. 

Antibiotiklar  bilan  davolash  mikroflorani  sezuvchanligiga  muvofiq  tarzda 

olib boriladi. Jigarda antibiotikning ko’proq kontsentratsiyasini vujudga keltirish 




 

449 


uchun jigar arteriyasiga yoki obliteratsiyalangan kindik venasiga, u ajratilib buj 

yordamida  tiklangandan  so’ng  qo’yigan  kateter  orqali  muolaja  o’tkaziladi. 

Yakka  holdagi  katta  yoki  bir  necha  yirik  abstsesslarni  operatsiya  usulida 

davolanadi, abstsess ochiladi va bo’shliq drenajlanadi. Ko’p sonli abstsesslarda, 

bo’shliqni rentgenoskopiya, komp’yuter tomografiya yoki ultratovush tekshiruvi 

nazorati  ostida  teri  orqali  drenajlash,  davolashning  kam  invazivli  va  samarali 

usullaridan  hisoblanadi.  Jigar  abstsessi  asoratlariga  sepsis,  diafragma  osti 

abstsessi,  abstsessning  qorin  bo’shlig’iga  yoki  plevra  bo’shlig’iga  yorilishi, 

plevra empiemasi, yiringli perikardit, peritonitlar kiradi. 

Prognozi  doimo  jiddiy.  Yakka  yirik  abstsesslarda  o’z  vaqtida 

drenajlanganda  90%  gacha  bemorlar  sog’ayib  ketadilar.  Ko’p  sonli  abstsesslar 

va drenajlanmagan yakka abstsesslarda davolash ko’pchilik hollarda o’lim bilan 

yakunlanishi kuzatiladi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin