Xirurgik kasalliklar


PORTAL  GIPERTENZIYA  SINDROMI



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   363
PORTAL  GIPERTENZIYA  SINDROMI 

Negizida  darvoza  venasida  qon  bosimining  oshishi  bo’lgan  (normada  200 

mm  suv  ustunigacha)  portal  gipertenziya  sindromining  rivojlanishi,  arterial 

qonni qorin bo’shlig’i toq a’zolariga oqib kelishi va darvoza vena si (v. portae) 

o’zaniga oqib ketishi orasidagi nisbatning buzilishiga bog’liq. Qonning adekvat 

oqib ketishi qarshilik qiluvchi to’siqlar (bloklar) 3 turli bo’lib, bularga jigardan 

tashqaridagi,  jigarning  ichidagi  va  aralash  to’siqlar  kiradi.  O’z  navbatida 

jigardan  tashqari  to’siqlar  2  turli  bo’ladi:  jigargacha  (jigar  osti)  va  jigardan 

o’tgach (jigar usti) bloklar. 

Portal  gipertenziyaning  rivojlanish  jarayonida  jigardan  tashqari  to’siqlar 

turlariga  darvoza  venasining  rivojlanish  nuqsonlari  (vena  bo’shlig’i  atreziyasi, 

obliteratsiyasi) yoki uning qorin bo’shlig’idagi yiringli jarayoni – kindik sepsisi, 

yaqin  turgan  a’zolar  o’smasi  tomonidan  ezilishi  natijasida  paydo  bo’lishi 

mumkin. Odatda, portal gipertenziyaning jigar ichi turi ko’proq (80-90%gacha) 

uchrab,  jigar  tsirrozi  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Jigar  venalari  tromboflebiti  (Kiari 

sindromi), jigar venalarining quyilishi sathidagi pastki kovak vena okklyuziyasi 

(Badd-Kiari  sindromi)  yoki  pastki  kovak  venasining  rivojlanishi  nuqsonlari 

oqibatida  blokning  paydo  bo’lishi  jigar  usti  bloklarga  kiradi.  Aralash  blokka  – 

jigar  tsirrozi  bilan  kasallangan  bemorlarda  qo’shimcha  ravishda  darvoza 

venasining  trombozini  rivojlanishi  kiradi.  Darvoza  venasida  bosimning  ortishi 

idiopatik  deb  nom  olgan  portal  gipertenziyada,  darvoza  venasi  o’zaniga 

arteriovenoz fistula orqali jadal qon oqib kelishidan paydo bo’lishi mumkin. 

Shunday  qilib,  qorin  bo’shlig’ining  toq  a’zolaridan  darvoza  venasi 

sistemasiga qonning oqib kelib toki pastki kovak venaga quyilishigacha bo’lgan 

joyda  to’siq  paydo  bo’lishi  –  portal  gipertenziyaga,  bu  holat  esa  o’z  navbatida 

tabiiy portokoval anastomozlarning yuqori darajada rivojlanib ketishiga (varikoz 

kengayishiga),  ular  orqali  esa  qonni  kaval  vena  sistemasiga  tushishiga  olib 



 

454 


keladi.  Portal  sistemada  gipertenziyaning  yanada  ko’tarilishi,  tabiiy  portokaval 

anastomozlarda  bosimning  yanada  ortishiga,  ularning  yorilishi  oqibatida 

qizilo’ngachning  pastki  1/3  va  me’daning  kardial  qismidan,  gemorraidal 

venalardan,  ba’zida  esa  qorin  devorining  pastki  qismidagi  venalardan  katta 

miqdorda qon ketishiga sabab bo’ladi. 

Shu sababdan, portal gipertenziyaning asosiy belgilaridan: splenomegaliya, 

qizilo’ngach pastki 1/3 va me’daning kardial qismi venalari, gemoroidal venalar 

hamda  qorin  devorining  pastki  qismidagi  venalarning  varikoz  kengayishi  va 

astsit  suyuqligining  borligi  alohida  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Bemorlar  – 

holsizlik,  epigastral  sohadagi  og’riqlar,  ishtahaning  yo’qligi,  ko’ngil  aynishi, 

qorinning dam bo’lishi, qabziyatdan noliydilar. 

Bemor  ko’zdan  kechirilganda:  teri  qoplamalari  rangpar,  quruq,  tana 

mushaklari  atrofiyaga  uchrash  holatida,  vazni  kamaygan,  qorni  kattalashgan, 

baqanikiga o’xshash yonlari astsit hisobiga bo’rtib chiqqan, qorinning pastki yon 

tomonlarida  kengaygan  varikoz  venlar  (caput  medusae)  ko’rinadi.  Jigar 

xastaligining  belgilaridan:  “tomir  yulduzchalari”,  petexiyalar  hamda  bemor 

kaftlarda  xos  o’zgarishlarni  aniqlash  mumkin.  Taloqning  kattalashuvi 

(splenomegaliya)  va  gipersplenizm  bilan  o’tadi,  bu  trombotsitopeniya, 

leykopeniya,  anemiya  holatlari  bilan  yuzaga  chiqadi.  Jigar  faoliyatining 

buzilganligi  –  qon  ivish  omillarining  ishlanishi,  tombotsitlar  miqdorining 

kamayishiga  hamda  gipokoagulyatsiyaga  olib  keladi.  Buning  ta’sirida  milklar 

qonashga  moyil  bo’ladi,  burundan  qon  oqishi  yuzaga  keladi.  Jigar  ichi 

gipertenziyasida 

kasallikning 

kechishi 

tsirroz 


kasalligining 

tabiatiga 

(postnekrotik,  alkogoldan  keyin  va  b.),  jarayonning  aktivligiga,  jigardagi 

funktsional buzilishlar darajasiga bog’liq bo’ladi. 

Jigar  usti  blokining  o’tkir  turlarida  (Kiari,  Badd-Kiari  sindromlari) 

gipertenziya hisobiga epigastral sohada, o’ng qovurg’alar ostida to’satdan kuchli 

og’riqlar  paydo  bo’ladi,  gepatomegaliya  belgilari  va  astsit  miqdori  tez  orta 

boradi. 


Bemorlar 

ko’pincha, 

avj 

olib  boradigan 



jigar 

va  buyrak 

etishmovchiligidan 

halok 


bo’ladilar. 

Kasallikning 

surunkali 

turida 



 

455 


gepatomegaliya  va  splenomegaliya  kuzatiladi,  oldingi  qorin  devorida  kollateral 

venoz  tomirlar  to’ri  aniqlanadi,  astsit  orta  boradi,  oqsil  almashinuvining 

buzilishlari va og’riqlar kuchayib boradi. 

Jigardan  tashqari  blokda  jigar  faoliyati  uzoq  vaqtgacha  qoniqarli  darajada 

qolishi  mumkin,  portal  gipertenziya  tasodifan  splenomegaliya  topilganda  yoki 

qizilo’ngach  va  me’daning  varikoz  venalaridan  qon  ketganda  aniqlanishi 

mumkin. 

Kasallikning  kompensatsiya  bosqichida  portal  bosim  o’rtacha  darajada 

ko’tariladi.  Klinik  ko’rinishlarida  jigar  tsirrozi  belgilari  ustunlik  qiladi. 

Kengaygan  portosistem  kollaterallar,  qizilo’ngach  va  me’daning  varikoz 

kengaygan  venalaridan  qon  ketishi,  kasallikning  subkompensatsiya  bosqichiga 

o’tganligidan dalolat beradi. Tranzitor (o’tib ketadigan) yoki rezistent (barqaror) 

astsit  borligi,  jigar  o’lchamlarining  kichrayishi,  hatto  atrofiyagacha  qisqarishi, 

jigar 


etishmovchiligini  keltirib 

chiqaradi 

va  portal  gipertenziyaning 

dekompensatsiya bosqichidan darak beradi. 

Jigarning  funktsional  holatiga  baho  berish  uchun  xalqaro  Chayld-Pyu 

tasnifi  qo’llaniladi,  unda  jigar-xujayra  etishmovchiligining  asosiy  belgilar 

baholanadi (3-jadval).  

3-jadval 

Jigar etishmovchiligining Chayld-Pyu bo’yicha tasnifi. 

Belgilar 

Ballar soni 



Astsit 


Yo’q 

Tranzitor 

Barqaror 

Entsefalopatiya 

yo’q 

Tranzitor 



Yaqqol 

Bilirubin 

30 mkmol/l 

30-50 mkmol/l 

50 mkmol/l dan ortiq 

Albumin 


35 g/l dan ortiq 

35-28 g/l 

28 g/l dan kam 

Protrombin 

indeksi 

 

65-100% 



 

65-55% 


 

55% dan kam 

 



 

456 


Portal gipertenziyani diagnostikasining asbob-uskuna yordamida tekshirish 

usullari  qizilo’ngach  va  me’daning  varikoz  venalari  borligini,  ularning 

o’lchamlari  va  tarqalganligini  aniqlash  (ezofagogastroduodenofibroskopiya), 

bemorga  kontrast  modda  (BaSO

4

)  ichirib  rentgenologik  tekshirish,  jigarda  qon 



ta’minoti buzilishlari tabiatini, darvoza venasidan qon oqimi bo’ylab to’siqning 

sababi  va  darajasini  aniqlash  uchun  (dopplerografiya,  tseliakografiya, 

kavagrafiya,  splenoportografiya,  teri  orqali  jigar  orqali  portografiya) 

tekshiruvlarini o’tkazish zarur bo’ladi. 

Portal  gipertenziyani  davolash,  blokning  turiga,  kasallik  bosqichiga  va 

kompensatsiya  darajasiga  uzviy  bog’liq  bo’lib,  muolajaning  asosiy  yo’nalishi 

blok sabablarini bartaraf etish, jigar faoliyatini tiklash va kelib chiqishi mumkin 

bo’lgan asoratlar profilaktikasiga yo’naltirilgan. 

Sindromning  jigardan  tashqari  blok  turlarida,  ko’pincha  bemorlar  xirurgik 

usulda davolanishlari lozim bo’ladi. Portosistem-splenorenal, mezenteriko-kaval 

yoki  bevosita  portokaval  anastomozlar  qo’yish  operatsiya-lari  ko’proq 

qo’llaniladi.  Jigar  tsirrozi  keltirib  chiqargan  portal  gipertenziyali  bemorlarni 

davolashda xirurgik davolashdan, jigarda aktiv jarayon va jigar etishmovchiligi 

simptomlari  bo’lmagandagina  foydalanish  mumkin.  Bemorning  yoshi  va 

umumiy  ahvoliga,  qo’shma  kasalliklar  borligi  va  ularning  turiga,  jigarning 

buzilgan 

faoliyatlarini  tiklanish 

darajasiga,  gipersplenizmning 

yuzaga 

chiqqanligiga,  hamda  kompensatsiya  darajasiga  muolaja  uzviy  bog’liq  bo’ladi. 

Bugungi  kunda,  xirurgik  yo’l  bilan  davolashning  ikkita  asosiy  yo’nalishi 

qo’llaniladi:  darvoza  venasida  bosimni  pasaytirish  uchun  portosistem 

anastomozlar  qo’yish  yoki  qon  ketishlarning  oldini  olish  maqsadida 

gastroezofageal shuntlarni qo’yish. 

Bemorlarda  astsit suyuqligi bo’lganda,  ovqatlanish  jarayoni buzilganda  va 

nevrologik  belgilar  yuzaga  kelganda,  operatsiyaning  natijalari  qoniqarsiz, 

operatsiyadan keyingi o’lim darajasi yuqori bo’ladi.  

Portal gipertenziyali bemorlarni davolashda bugungi kunda qo’llaniladigan 

progressiv  va  kam  invaziv  usullardan  biri  endovaskulyar  usullardir.  Bu 



 

457 


usullarga:  taloq  arteriyasini  surunkali  embolizatsiya  qilish,  qizilo’ngach  va 

me’daning  varikoz  kengaygan  venalarini  o’tkir  embolizatsiyasi  kiradi.  Bu  usul 

orqali  jigar  ichiga  portosistem  shunt  qo’yish  ham  mumkin.  Bu  xildagi  kam 

jarohatlash usullari bilan davolash samaradorligi ancha yuqori bo’ladi. 

Portal  gipertenziyaning  og’ir  asoratlaridan  biri  –  qizilo’ngachning  pastki 

1/3  va  me’da  kardial  qismidagi  varikoz  kengaygan  venalardan  profuz  qon 

ketishi  hisoblanadi.  Bunda  odatda  bemorlarda  epigastral  sohada  oldindan  biror 

og’riq sezilmay, birdaniga qizil rangdagi qon va ivindilari bilan qayt qilish ro’y 

beradi. Bu holatda ko’pincha bemorlarda postgemorragik shok, uning oqibatida 

ro’y beradigan hayotiy muhim a’zolar faoliyatining buzilishi va etishmovchiligi 

belgilari paydo bo’ladi, avj oladi. Shu holat yuz bergan bemorlarning taxminan 

1/3 qismini halokatga olib keladi. 

Varikoz  kengaygan  venalardan  bu  xildagi  qon  ketishini  davolash 

konservativ  tadbirlar  (muolaja)  dan  boshlanadi.  Vaqtinchalik  gemostaz  uchun 

bemorlarga  burun  yoki  og’iz  orqali  Blekmor-Seyngsteyken  zondi  qo’yiladi  va 

ishchi holatga keltiriladi (97-rasm). 

 

 

 



97-rasm. Qon ketganda o’rnatilgan Blekmor-Seyngsteyken zondi. 

 



 

458 


Ushbu  zondning boshlanish qismida  yumaloq  (me’da  uchun) va tsilindrsi-

mon (qizilo’ngach uchun) shakldagi ikkita pufakchalari bo’lgan 3 kanalli rezina 

naychadan iborat bo’lib, ikkita kanali pufakchalarni shishirish uchun ishlatiladi. 

Uchinchi  kanali  esa,  me’da  shirasini  aspiratsiya  qilish  va  gemostatik  muolaja 

samaradorligini nazorat qilish uchun xizmat qiladi. 

Zondni  o’rnatishdan  oldin  pufakchalarga  havo  yuborish  yo’li  bilan 

shishirib,  ularning  butunligi  tekshirib  ko’riladi.  Avvalo  zond  burun  yoki  og’iz 

orqali  me’daga  kiritiladi,  so’ngra  me’daga  tegishli  pufakchaga  havo  yuborib 

shishiriladi.  Undan  so’ng  zond  retrograd  yo’nalishda  yaxshilab  tortilib, 

me’daning  kardial  qismini  mahkam  bosib  turishi  ta’minlanadi  va  qizilo’ngach 

uchun 

mo’ljallangan 



pufakcha 

shishiriladi. 

Zond 

shunday 


xolatda 

mahkamlanadi. Me’dani bir necha marta sovuq suv bilan yuviladi. Qonayotgan 

varikoz  venalarni  zond  pufakchalarining  mahkam  bosishi,  ketayotgan  qonning 

to’xtashiga  sharoit  yaratadi.  Bir  necha  soat  o’tgach  (12-24),  qon  ketish 

to’xtagach  pufakchalardagi  bosim  kamaytirilib,  zonddan  chiqayotgan  suyuqlik 

tabiati nazorat qilinadi. Qizilo’ngachda zondni ishchi holatda ushlash 2 sutkadan 

oshmasligi kerak. Albatta ushbu tadbir kompleks muolaja ostida qilinishi kerak. 

Muolaja  zamirida  shokni  bartaraf  etuvchi  tadbirlar,  gemostatik 

preparatlarni  qo’llash,  yo’qotilgan  qon  o’rnini  to’ldirish  va  hayotiy  muhim 

a’zolar  faliyatini  tiklash  yotadi.  Darvoza  venasida  bosimni  kamaytirish  uchun 

vazoaktiv preparatlar (vazopressin, terlipressin, oktropid) qo’llaniladi. 

Qon oqishini uzil-kesil to’xtatish maqsadida varikoz venalarni endoskopik 

sklerozlash,  ligatura  yordamida  varikoz  kengaygan  venalarni  bog’lash  mumkin 

bo’ladi. Buning uchun endoskop orqali vena bo’shlig’iga yoki paravenoz sohaga 

maxsus igna orqali sklerozlovchi preparatlar (varikotsid, trombovar) yuboriladi. 

Bular  vena  intimasini  jarohatlantiradi  va  uning  bo’shlig’ini  obliteratsiya 

bo’lishiga zamin yaratadi. 

Bugungi  kunda,  uzil-kesil  gemostazni  ta’minlashda  kam  travmatik  va 

samarador  usullardan  biri  –  endovaskulyar  operatsiyalar  yordamida 

qizilungachning  varikoz  kengaygan  venalarining  embolizatsiyasi  (98-rasm,  a). 




 

459 


Portal  sistemada  qon  bosimini  pasaytirishga  esa,  teri  va  jigar  orqali  shuntlash 

hisoblanadi (98-rasm, b). 

 

 

                                a                                                            b 



98-rasm.  Qonab  turgan  qizilo’ngach  venalarini  embolizatsiyasi  va  teri  va 

jigar orqali shuntlash amaliyotlari. 

 

Kizilo’ngachning 



varikoz 

kenggaygan 

venalaridan 

qon 


oqishini 

medikamentoz davolash naf bermaganda majburiy chora sifatida har xil xirurgik 

operatsiyalar  qo’llaniladi.  Bularga  Patsiora  va  Tanner  jarrohlik  amaliyotlari 

kirib, bemor ahvolining og’irliga sababli kengaygan qizilo’ngach va me’daning 

kardial qismi varikoz kengaygan venalarini bog’lash bilan cheklanadi. 

Portosistem  anastomozlar  qo’yish,  bu  tur  bemorlarda  alohida  qilinadigan 

anchayin  travmatik  operatsiyalar  turkumiga  kirib,  cheklangan  hollardagina 

qo’llaniladi.  Birmuncha  kengroq  qo’llaniladigan  operatsiyalardan  biri 

splenektomiya bo’lib, uning zamirida ham splenomegaliya yoki gipersplenizmga 

uchrab  nihoyatda  kattalashib  ketgan  taloqni  olib  tashlab,  portal  sistema 

gipertenziyasini  birmuncha  kamaytirish  yotadi.  Biroq,  bu  operatsiyani  ham, 

ahvoli  og’ir  bemorlarda  o’tkazish  anchagina  murakkab  bo’lib,  hamisha  ham 

yaxshi natijalarga olib kelavermaydi. 

Kezi  kelganda  shuni  aytish  kerak-ki,  jigarda  tsirroz  rivojlanishi  oqibatida 

yuzaga kelgan portal gipertenziyada, qizilo’ngach venalaridan qon ketishi o’lim 

darajasini  yanada  ko’tarilishiga  (70%  gacha)  olib  keladi  va  jigar  tsirrozining 




 

460 


kompensatsiyalangan  bosqichidan  dekompensatsiya  holatiga  o’tishga  olib 

keladi.  Bemor  ahvolining  og’irlashishi,  astsit  va  sariqlikning  yanada  ortishiga, 

jigar etishmovchiligining esa yanada avj olib chuqrlashishiga hamda bemorlarda 

takroriy qon ketishlar yoki jigar faoliyatining kamchiligidan o’limga olib keladi. 

Bugungi  kunda  portal  vena  sistemasidagi  gipertenziyani  (bosim) 

pasaytirishda  klinikamizda  ishlab  chiqilgan  va  anchagina  tajriba  orttirilgan 

endovaskulyar  usullaridan  biri  –  taloq  arteriyasini  surunkali  embolizatsiyasini 

qilish,  anchayin  yaxshi  natijalarga  olib  keladi  va  bemor  umrini  uzaytiradi  (99-

rasm). 

 

 



 

99-rasm. Taloq arteriyasini surunkali embolizatsiyasining bosqichlari. 

 

Bu  usul  qo’llanilganda,  bemorning  nihoyatda  kengayib  ketgan  taloq 



arteriyasiga 

(jigar 


arteriyalari 

aksariyat 

kichiklashgan 

va 


toraygan) 

endovaskulyar  usul  yordamida  Gian-Turko  spirali  o’rnatiladi  va  qonning 

bemalol oqib o’tishi yo’lida to’siq paydo qilinadi. Buning evaziga, amaliyotdan 

keyingi  davrda,  qon  oqimida  aylanma  harakatlarning  paydo  bo’lishiga,  taloqqa 

kelayotgan  qon  miqdorining  kamayishiga,  uning  to’qimasi  ishemiyasiga  va 

ichida asta-sekinlik bilan rivojlanadigan aseptik nekroz holatiga olib keladi. Bu 

esa,  o’z  navbatida  asta-sekinlik  bilan  kelayotgan  qon  miqdorining  yanada 

kamayishiga, taloqning yanada kichrayishiga va uni 1-1,5 oy mobaynida portal 

sistemadan batamom uzilishiga, ya’ni to’liq embolizatsiya bo’lishiga olib keladi. 



 

461 


Bu jarayonning asta-sekinlik bilan rivojlanishi taloqqa bemalol oqib kelayotgan 

qonni  to’g’ridan-to’g’ri  jigarga  yo’naltirilishi  oqibatida  uning  yo’qola 

borayotgan  faoliyatining  tiklanishiga  olib  keladi.  Albatta,  bu  jarayonlarning 

hammasi  vrach  nazoratida,  kasallikda  o’tkazilayotgan  kompleks  muolaja 

zamirida qilinishi kerak. 

Prognoz bu kasallikda anchayin jiddiy. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin