Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   363
 

Tekshirish usullari 

O’t  pufagi  va  o’t  yo’llarining  diagnostikasi  avvalo  bemorlarning 

shikoyatlari,  anamnezi  va  fizik  usullar  bilan  tekshirish  natijalarini  o’rganishga 

asoslanadi. 

Bemorlar  quyidagilarga  eng  ko’p  shikoyat  qiladilar:  og’riq,  dispepsiya, 

isitma, et junjikishi, teri qichishi, sariqlik. Anamnezni aniqlashda bemorda ilgari 

sariqlik  va  jigar  hamda  o’t  pufagining  o’tkir  kasalliklari,  sanchiq  xurujlari 

bo’lgan-bo’lmaganiga  ahamiyat  berish  zarur,  ular  bu  organlarning  (surunkali 

xoletsistit, xolangit va o’t-tosh kasalligi) shu kasalligini boshlab bergan bo’lishi 

mumkin.  Fizik  tekshirish  usullaridan  bemorni  ko’zdan  kechirish,  paypaslab 

ko’rish,  perkussiya,  auskultatsiyadan  foydalaniladi.  Ular  anatomik  va 

funktsional  o’zgarishlar  to’g’risida  tushuncha  hosil  qilishga  imkon  beradi  va 

ko’pincha bemorni davolash jarayonida uning xolati dinamikasiga baho berishda 

asosiy usullardan sanaladi. 

Jigarni  funktsional  tekshirish  bu  organning  spetsifik  faoliyatini,  masalan, 

pigment,  zararsizlantiruvchi,  oqsil  hosil  qiluvchi,  farmakometabolizm  kabi 

vazifalarni aks ettiradi. 



 

464 


Biliar  kasalliklarni  diagnostika  qilishda  rentgenologik  tekshirish  ko’p 

xollarda hal qiluvchi axamiyatga ega bo’ladi. 

Bemor qornini bosib yotganida olingan su’rat jigarning o’lchamlari, shakli, 

joylashuvi va undagi yirik strukturaviy o’zgarishlar to’g’risida ma’lumot berishi 

mumkin. 

Xoleografiya. Xoleografiya usuli jigarning o’t yo’llariga tushganda organ – 

yod  saqlaydigan  moddalar  ajratish  qobiliyatiga  asoslangan  bo’lib,  ularning 

rentgen 


kontrast 

tasvirini 

olishga 

imkon 


beradi. 

Vena 


orqali 

xoletsistoxolangiografiya  o’t  pufagining  holatidan  qat’y  nazar,  uning  qisqarish 

funktsiyasi  buzilganda,  pufak  yo’li  blokida,  shuningdek  xoletsistektomiyadan 

keyin o’t yo’llarining rentgen kontrast tasvirini olishga yordam beradi. 

Teri  orqali  xoletsistografiya  qilish.  Kattalashgan  o’t  pufagi  punktsiya 

qilingandan  va  kontrast  modda  yuborilgandan  keyin  uni  rentgenologik 

tekshirishdan  iborat.  Operatsion  xolangiografiya  xirurgik  operatsiyalar  vaqtida 

o’t  yo’llarini  rentgen  kontrast  tekshirishdan  iborat.  Hozirgi  sharoitlarda  bu 

tekshiruv  o’t  yo’llaridagi  operatsiyalarda  albatta  o’tkaziladigan  bosqich 

hisoblanadi, chunki u diagnostika sifatini oshirib, asoratlar sonini kamaytirishga 

va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. 

Endoskopik  retrograd  xolangiopankreatografiya  (ERPXG)  –  Fater 

so’rg’ichiga  yoki  duodenoskopiyada  biliar  yo’l  og’ziga  kiritilgan  kateter 

yordamida kontrast modda yuborishdan iborat (101-rasm). 




 

465 


 

 

101-rasm. Retrograd xolangiografiya. 



 

Teri orqali jigar orqali xolangiografiya (ЧЧХГ) jigar ichidagi o’t yo’llarini 

punktsiya  qilish,  ularga  kontrast  modda  yuborish  va  keyin  rentgenologik 

tekshirishni  o’z  ichiga  oladi.  Odatda  teri  orqali  xolangiografiyani  mexanik 

sariqlikda  o’tkaziladi:  bu  usul  o’t  yo’llarida  obturatsiya  borligini  tasdiqlash, 

uning  joyini  aniqlash  va  sababini  bilishga  imkon  beradi.  Tekshirish  uchun 

ingichka  po’lat  ignalar  va  rentgentelevizion  moslamalardan  foydalanish  tufayli 

bu usul keyingi yillarda juda keng tarqaldi. 

O’t  yo’llarini  manometrik  tekshirish  –  xolangiomanometriya  ularga 

suyuqlik yuborilgandan keyin bosim ko’rsatkichlarini aniqlashdan iborat, bu o’t 

chiqaruvchi  yo’lning  funktsional  qobiliyati  va  o’tkazuvchanligi  to’g’risida 

xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. 

Jigar  o’t  yo’llarini  ultratovush  bilan  tekshirish.  O’t  pufagini  ultratovush 

bilan  tekshirishda  juda  qimmatli  ma’lumot  olish  mumkin,  bu  ularda 

konkrementlar  yoki  yangi  xosil  bo’lgan  tuzilmalar  borligini  aniqlash  imkonini 

beradi. 



 

466 


Jigarni  radioizotop  tekshirish  –  uning  radioaktiv  moddalarni  yutish 

xususiyatiga  asoslangan.  Shunga  asoslanib,  jigarning  radioaktiv  preparatni 

yutish  dinamikasi  bo’yicha  funktsional  xolati  aniqlanadi  va  radioaktiv 

preparatning  jigar  to’qimalariga  taqsimlanishiga  doir  morfologik  xususiyatlari 

o’rganiladi. 

O’t  yo’llarini  endoskopik  tekshirish  usullari.  Xirurgiya  amaliyotida 

laparoskopiyani  aksariyat  jigarning  o’chokli  zararlanishi,  o’t  yo’llari  saratonini 

aniqlash  maqsadlarida,  shuningdek  sariqlikni  differentsial  diagnostika  qilishda 

qo’llanishga to’g’ri keladi. 

Duodenoskopiya  –  katta  duodenal  surg’ich  xolatini  tekshirish,  o’n  ikki 

barmoqli ichak patologiyasini istisno qilish imkoniyatini beradi. 

Xoledoxoskopiya  –  operatsion  diagnostika  usullari  qatoriga  kiradi  va 

tekshirishning muhim bosqichi hisoblanadi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin