Xirurgik kasalliklar


Teri orqali jigar orqali endobiliar operatsiyalar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   363
Teri orqali jigar orqali endobiliar operatsiyalar 

Bunday  operatsiyalarga  ko’rsatmalar  klinik,  laboratoriya  va  instrumental 

tekshirish usullari bilan belgilanadi. 

Agar  mexanik  sariqlik  xavfli  kasalliklarga  bog’liq  bo’lsa,  hatto  bilirubin 

miqdori nisbatan yuqori bo’lmaganda teri orqali jigar orqali xolangiografiya va 

o’t yo’llarini teri orqali jigar orqali drenaj qilishdan foydalaniladi. 

Mexanik  sariqlikka  xavfsiz  kasalliklar  sabab  bo’lib,  yuqori  xoliemiya  va 

davolashning endoskopik metodlari naf bermaganda yoki yaxshi natijalarga olib 

kelmaganda, xirurgik operatsiyalar esa jiddiy xavf ostida bo’lganda o’t yo’llarini 

teri  orqali  jigar  orqali  drenaj  qilishga  kirishiladi.  O’t  yo’llarini  teri  orqali  jigar 

orqali drenaj qilishga monelik qiladigan xollarga jigarning ko’p sonli metastatik 

zararlanishi,  jigar-buyrak  etishmovchiligi  korrektsiya  qilinmaydigan  bemorlar 

ahvolining 

nihoyatda 

og’irligi, 

qon 


ketish 

xavfi 


bo’lgan 

o’zaro 


gipokoagulyatsiyani  kiritish  mumkin.  Klinikaga  keltirilgan  hamma  bemorlar 

suv-tuz  balansi,  kislota-ishqor  holati,  gemodinamika  va  nafas  buzilishini 

korrektsiya  qilishga  qaratilgan  endobiliar  operatsiyaga  puxta  tayyorgarlikdan 

o’tadilar.  Yoshi  o’tgan  va  keksa  bemorlar  uchun  bu  tayyorgarlik  alohida 

ahamiyatga ega bo’ladi. Teri orqali jigar orqali endobiliar operatsiyaning asosiy 

uslublari  tashqi  va  tashqi-ichki  drenajlar  hisoblanadi.  Zararlanish  xarakteriga 

ko’ra o’t yo’llarini kateterlashning u yoki bu turi bajariladi. 

O’sma  yoki  tiqilgan  tosh  sababli  to’liq  okklyuziyada  tashqi  drenajlash 

bajariladi:  kateter  obstruktsiya  sohasi  ustida  o’rnatiladi.  Gepatikoxoledoxning 

stenotik  zararlanishlarida,  xoledoxolitiazda  tashqi-ichki  drenajlash  bajariladi, 

gepatikoxolangiostomaning  distal  qismini  o’t  yo’li  segmenti  bo’shlig’iga  yoki 

o’n  ikki  barmoqli  ichakka  o’rnatilib,  birmuncha  fiziologik  drenajlash  hosil 

qilinadi.  Biliar  bosim  normaga  tushgandan  keyin  2-3  hafta  o’tgach,  xolangit 

hodisasi bartaraf etilganda yoki birmuncha kamayganda tashqi-ichki kateterning 




 

477 


tashqi uchi berkitiladi va drenajlash butunlay ichki drenajlashga o’tkaziladi. Har 

kuni  o’tni  bakteriologik  tahlili  qilinadi:  ekspress-bakterioskopiya  va  o’t 

suyuqligini  ekish  yo’li  bilan.  Klinik-biokimyoviy  ko’rsatkichlarning  musbat 

dinamikasi  va  jigar  funktsiyasining  tiklanishi  davolashning  ikkinchi  bosqichini 

o’tkazishga mezon bo’lib xizmat qiladi. 

Davolashning  bu  bosqichidan  maqsad  o’tning  ichakka  normal  oqishini 

tiklashdan  iborat.  Xoledox  terminal  bo’limi  va  katta  duodenal  surg’ich 

stenozlarida  stenozlangan  sohani  Gryuntsig  kateteri  bilan  ballonli  dilatatsiya 

qilinadi (104-rasm). 

 

 



 

104-rasm.  Xoledox  terminal  qismi  va  biliodegistiv  anastomoz  stenozlari 

dilatatsiyasi. 

 

Xoledoxolitiazda  Oddi  sfinkteri  oldindan  kengaytirilgandan  keyin 



spazmolitik muolaja zamirida toshlar tushiriladi. 

Xoledoxolitiazni  davolashning  yangi  usuli  –  teri  orqali  jigar  orqali 

drenajlab,  keyin  konkrementlarni  tarkibida  monooktanoin,  mono-  va 

diglitseridlar, xenodezoksixolat kislota kabilarni tutadigan eritmalar bilan eritish 

tobora diqqatni tortib kelmoqda. 



 

478 


Hozirgi  vaqtda  o’t-tosh  kasalligi  bilan  og’rigan  bemorlarni  davolashda 

jahon  amaliyotida  ekstrakorporal  litotripsiya  usuli  qo’llanilmoqda.  Bu  usul  o’t 

toshlarini  zarbali  to’lqinlar  bilan  mayda  fragmentlargacha  parchalashga 

asoslangan. Obturatsion sariqlikda jigardan tashqaridagi o’t yo’llarini teri orqali 

jigar orqali endoprotezlash metodi istiqbolli hisoblanadi. 

O’t yo’lining o’sma bilan stenozlangan bo’limiga rigid kateter – kateterga 

ulangan uzunligi 5-12 sm endoprotez transparietal kiritiladi. 2 sutka o’tgach bu 

kateter  chiqarib  olinadi,  endoprotez  esa  biliar  yo’lni  umr  bo’yi  palliativ 

drenajlashni ta’minlaydi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin