8. Mart oyida 3-chorak bo’yicha hisobot yig’ilishi o’tkazildi. Dars tahlillari muhokama qilindi.
9. Aprel oyida biologiya fani o’qituvchisi S. Rahimova Xorazm viloyati Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o’qishda bo’lib qaytdi. Shu munosabat bilan S. Rahimova Xalq ta’limi tizimidagi yangiliklarni metodbirlashma a’zolari va boshqa o’qituvchilar bilan muhokama etish maqsadida seminar tashkil qildi.
Aprel oyida metodbirlashma o’qituvchilari Rahimova Sevara, Atajanova Nodira, Xusainova Feruzalarninig ishlari shahar miqiyosida ommalashtirildi. (Asos: Xiva shahar xalq ta’limi bo’limi metodik kengash bayyonomasi №1, 9-aprel)
Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’lish qaror qiladi
Qaror:
1. O’TIBDO’ M. Ro’zmetov va Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimovaning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tabiiy fanlardan o‘quvchilarning DTS talablarini o‘zlashtirish monitoringi natijasida o‘quvchilar bilimida mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar yanada kuchaytirilsin. Sinf jurnallarining yuritilishi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqilsin.
3. Tabiiy fanlar doirasidagi Yakuniy attestatsiya va bosqichli nazorat imtihonlariga tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada yashkil qilinsin va o’tkazilsin.
4. Metodbirlashma a’zolarining yillik ish rejalarini bajarilishi yaxshi deb topilsin.
5. Metodbirlashma a’zolarining o‘quv yili davomidagi faoliyatlarining umumiy tahlili shu asosda yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilarni ustama va mukofotlarga tavsiya etilsin va ped kengashga tagdim qilinsin, hamda yangi o‘quv yili dars taqsimotida ularning erishgan yutuqlarini inobatga olinsin.
6. Yuqoridagilarni bajarilish nazorati Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: S. Rahimova
Kotibi: M. Matyakubova
Xiva shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 18-sonli umumta’lim maktabi
Dostları ilə paylaş: |