Xiva shahar 18-umumta’lim maktabi tabiiy fanlar uslubiy birlashma yig’ilishi Bayonnomasi № Xiva shahar Avgust 2021 yil


Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’lish qaror qiladi



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə10/18
tarix04.05.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#107279
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
sevara apkani bayonnomalari

Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’lish qaror qiladi


Qaror:
1. Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimovaning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin
2. Xar bir sinflarda dars PISA xalqaro tadqiqotlari asosida tashkil qilinsin va PISA xalqaro tadqiqotlari testlariga tayyorgarlik xar bir tabiiy fan o’qituvchisi zimmasiga yuklatilsin.
3. Tabiiy fanlardan o‘quvchilarning DTS talablarini o‘zlashtirish monitoringi natijasida o‘quvchilar bilimida mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar yanada kuchaytirilsin.
4. Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova tagdim qilgan Didaktik o’yinlar texnologiyasi uslub birlashma a’zolariga nazariy va amaliy darslarda foydalanish uchun tavsiya qilinsin.
5. STEAM yondashuvi haqida o’quvchilarga amaliy darslarda ma’lumotlar berib borilsin.
Yig’ilish raisi: S. Rahimova


Kotibi: M. Matyakubova


Xiva shahar 18-umumta’lim maktabi tabiiy fanlar uslubiy birlashma yig’ilishi
Bayonnomasi №___


Xiva shahar ____ -yanvar 2021 yil

Yig’ilishda barcha uslubiy birlashma a’zolari qatnashdi.




Kun tartibida:
1. Metodbirlashmaning 2020-2021 o‘quv yilining 2-choragida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi va 3-chorakda amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash. ( ma’ruzchi: S. Rahimova)
2. Tabiiy fanlar oyligida o‘tkazilgan ochiq darslar, davra suhbati, uchrashuvlar va tadbirlar tahlili (maktabda faoliyat yuritayotgan har bir kimyo, biologiya va fizika fani o‘qituvchilarining faoliyati va darslari alohida tahlil qilinadi. ( ma’ruzchi: S. Rahimova)


ESHITILDI:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. 2020-2021 o‘quv yilining 2-choragini yakunlab, 3-chorakni ham boshlab oldik. 2-chorak davomida metodbirlashmamiz tomonidan ko’pgina ishlar amalga oshirildi. 2-chorak qisqa chorak bo’lishiga qaramay bellashuvlar, rasmlar tanlovlari, PISA testlari o’tkazildi. 2022-yilda o’tkaziladigan PISA xalqaro baholash tadqiqotlari o’tkazilishi munosabati bilan tabiiy fanlar savodxonligida yuqori natijalarga erishish uchun uslubbirlashmamiz o’qituvchilari tomonidan ham testlar, taqdimot testlari, fan diktantlari o’tkazishdi. O’quvchilar bilimini baholash va sinf sifat o’zlashtirishini aniqlash uchun choraklik test sinovlarini o’tkazishdi. Aytish joizki, tabiiy fanlr doirasida maktab o’quvchilarining sifat o’zlashtirishi namunali deb bo’lmaydi. O’qituvchilarimiz yanada o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan yanada ko’proq shug’ullanishi kerakligini ko’rsatmoqda. Qolaversa 2-bosqich shahar bosqich fan olimpiadasida ham natijalarimiz qoniqarsiz natija ko’rsatdi. Demoqchimanki olimpiadaga tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchilarni yanada kuchli tayyorlamog’imiz kerak.
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan kimyo fani o’qituvchisi Matyakubova Maxfuza ham o’z fikr muloxazalarini bildirdi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. Xorazm Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2020 yil 4 yanvardagi 02/7-13-01-sonli xatiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘iga asosan yanvar oyi ta’lim muassasalarida tabiiy fanlar ( kimyo, biologiya, fizika) fan oyligi qilib belgilangan. Shu munosabat bilan makabimizda:
11-yanvar kuni fan oyligini ochilishi munosabati bilan maktab kiraverish fayesi tabiiy fanlar ko’rgazmalari bilan bayramona bezatildi va fizika, kimyo, biologiya fanlari o’qituvchilari va bilimdon o’quvchilar tomonidan tabiiy fanlarga doir turli she’rlar, topishmoqlar va qiziqarli ma’lumotlar berildi.
11-yanvardan tabiiy fanlar oyligi munosabati bilan barcha kimyo, biologiya fanlari ochiq dars deb e’lon qilindi. O’qituvchilar tomonidan barcha sinflar kesimida kirish testlari olindi. O’qituvchilarimiz tomonidan turli tadbirlar, badiiy kechalar, bellashuvlar, ochiq darslar tashkil e’tildi.
6-sinflar o’rtasida “Tabiat bizning uyimiz” rasmlar tanlovi o’tkazildi. Bunda 6A –sinf o’quvchilari g’oliblikni qo’lga kiritdilar.
7-sinflar o’rtasida “Suv hayot manbai” mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi. 7-“A” sinf o’quvchilari tanlovda g’olib bo’lishdi.
18 yanvar kuni maktab fizika fani o’qituvchisi Atajanova Nodira 6-sinfda “Oddiy mexanizmlar, blok, qiya tekislik, vint, pona va chig’iriqning qo’llanilishi” mavzusida ochiq dars o’tdi.
20 yanvar kuni maktab biologiya fani o’qituvchisi Rahimova Sevara 8-sinfda “Vitaminlar va ularning ahamiyati” mavzusida ochiq dars o’tdi.
23 yanvar kuni maktab biologiya fani o’qituvchisi Rahimova Sevara 6-sinfda “O’simliklarning vegetativ ko’payishi” mavzusida ochiq dars o’tdi.
25-yanvar kuni maktab kimyo fani o’qituvchisi Matyaqubova Mahfuza 9-sinfda “Ishqoriy metallar. Ularning biologik ahamiyati va ishlatilishi” mavzusida ochiq dars o’tdi.
26-yanvar kuni 10 va 11-sinflar o’rtasida “Zakovat” bellashuvi o’kazildi. 10-“A” sinf o’quvchilari O’qituvchilar jamoasi g’olib bo’ldilar.
29-yanvar Tabiiy fanlar oyligi munosabati bilan Mo’jizakor tabiat mavzusidagi tadbir kechasi o’tkazildi.
Barcha sinflarda ochiq darslar va tadbirlar tashkil etildi.



Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin