Xiva shahar 18-umumta’lim maktabi tabiiy fanlar uslubiy birlashma yig’ilishi Bayonnomasi № Xiva shahar Avgust 2021 yil


Xiva shahar ____ -dekabr 2020 yil



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə8/18
tarix04.05.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#107279
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
sevara apkani bayonnomalari

Xiva shahar ____ -dekabr 2020 yil

Yig’ilishda barcha uslubiy birlashma a’zolari qatnashdi.




Kun tartibida:
1. “Online metodik kun” da uslubiy birlashma a’zolarini ishtirok qilishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va seminarlarda ishtirok etish ( ma’ruzchi: S. Rahimova)
2. Tabiiy fanlardan o‘quvchilarning DTS talablarini o‘zlashtirish monitoringi natijalari asosida o‘quvchilar bilimida mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.(2-chorak mavzulari bo‘yicha) ( ma’ruzchi: S. Rahimova)
3. Turli masalalar. Metodbirlashma a’zolariga ta’lim tarbiya jarayonida foydalanish uchun yangi pedogogik texnologiya va o’quvchilarning fanni o’zlashtirishdagi bo’shliqlarni to’ldirish usullari. STEAM yondashuvini darslarda samarali tadbiq etish.
(Tavsiya: S.Rahimova)
ESHITILDI:

Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. U o’z so’zida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahar XTB tomonidan seminarlar tashkil qilindi. Uslubbirlashma o’qituvchilari ham shunday seminarlarda qatnashib PISA xalqaro baholash tadqiqotlari to’g’risida ma’lumotlara ega bo’ldilar. Ushbu olingan ma’lumotlar asosida uslubbirlashmamiz o’qituvchilari dars mashg’ulotlada PISA tadqiqotlai to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berdilar va 2022 yilda o’tkaziladigan tadqiqotlarga tayyorlanish uchun o’quvchilardan PISA testlarini olib bormoqdalar.


Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. Tabiiy fanlardan o‘quvchilarning DTS talablarini o‘zlashtirish monitoringi natijasida o‘quvchilar bilimida mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha uslubbirlashmamiz o’qituvchilari tomonidan PISA testlari, fan diktantlari, to’garaklar, iqtidorli o’quvchilar bilan shug’ullanish, o’zlashtirishi kam o’quvchilar bilan ishlash kabi amaliy ishlar yo’lga qo’yilgan.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. Ta’lim tarbiya jarayonida xususan nazariy darslarda yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning mavzuni yanada chuqur o’rganishga, mavzuni mazmun mohiyatini kengroq anglash imkonini beradi. Bugun sizga tavsiya etmoqchi bo’lgan yangi pedogogik texnologiya Tabiiy fanlarni o`qitishda didaktik o‘yin texnologiyasi va muammoli ta’lim texnologiyasini qo`llash. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning bilim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.

Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin