ESHITILDI:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. U o’z so’zida: Mana sentabr oyida maktab miqyosida 1-bosqich umumta’lim fanlar bo’yicha olimpiada sinovlarini o’tkazdik. Umumta’lim fan olimpiadasini talab darajasida va xaqiqiy bilimli o’quvchilarni tanlab olindi.1-tur olimpiadasi fanlar kesimida kimyo, biologiya, fizikadan 3-bosqichda yozma ish, laboratoriya ishi, test shaklida o’tkazildi. Yuqori ballni qo’lga kiritgan o’quvchilar 2-bosqich shahar bosqichiga yo’llanma oldilar. 2-bosqich fan olimpiadasi oktabr oyining 11-oktabrdan 17-oktabrga qadar o’tkazildi. 2-bosqich fan olimpiadasi yoqori saviyada o’tkazildi.
Bunda biologiya fanidan
9-sinfdan: Xushnuduva Nafisa 18.3 ball
10-sinfdan: Qabulova Dilnura 26.9 ball 4-o’rin
11-sinfdan: Qadirberganova Gulibonu 19.5 ball
Kimyo fanidan
9-sinfdan: Yo’ldasheva Zulayho 15.2 ball 2-o’rin
10-sinfdan: Sultanmahmudova Nodira 7.2 ball
11-sinfdan: Rejabboyeva Sulurjon 8.4 ball
Fizika fanida
9-sinfdan: Do’schanova Zebo 12.3 ball
10-sinfdan: Jumanazarov Yodgor 9.8 ball
11-sinfdan: Xayitova Zuhra 13.8 ball
Gegrafiya fanidan
9-sinfdan: Izimbeton Beybit 18.3 ball
10-sinfdan: Ro’zmetov Maqsad 16.9 ball
11-sinfdan: Sultonmahmudov Masharifboy 17.5 ball
O’quvchilarimiz olgan ballar biz yanada o’quvchilar ustida ishlashimizni anglatadi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. Tabiiy fanlardan o‘quvchilarning DTS talablarini o‘zlashtirish monitoringi natijasida o‘quvchilar bilimida mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha uslubbirlashmamiz o’qituvchilari tomonidan PISA testlari, fan diktantlari, to’garaklar, iqtidorli o’quvchilar bilan shug’ullanish, o’zlashtirishi kam o’quvchilar bilan ishlash kabi amaliy ishlar yo’lga qo’yilgan. Xususan kimyo fanidan M.Matyakubova, fizika fanidan N.Atajanova va geografiya fanidan F.Xusainova o’quvchilar bilan amaliy mashg’ulotlar, ekskursiyalar, ko’rik tanlovlar tashkil qilib kelmoqdalar.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. Ta’lim tarbiya jarayonida xususan nazariy darslarda yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning mavzuni yanada chuqur o’rganishga, mavzuni mazmun mohiyatini kengroq anglash imkonini beradi. Bugun sizga tavsiya etmoqchi bo’lgan yangi pedogogik texnologiya mantiqiy metodlar texnologiyasi.
Dostları ilə paylaş: |