Xiva shahar 18-umumta’lim maktabi tabiiy fanlar uslubiy birlashma yig’ilishi Bayonnomasi № Xiva shahar Avgust 2021 yil



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə5/18
tarix04.05.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#107279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
sevara apkani bayonnomalari

Mantiqiy metodlar- o’quv materiali mazmunining yo’nalishini belgilab, o’quvchilarning bosh g’oyani ajratish, o’rganilayotgan ob’ektni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish ko’nikmalari, aqliy faoliyat usullarini egallash, abstrakt tafakkurni rivojlantirish, sabab-oqibat bog’lanishlarni anglash imkonini yaratadi.

1.Induktiv metodda o’quvchilarning e’tibori avval xususiy faktlarni o’rganishga jalb qilinadi, so’ngra xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo’naltiriladi.
2. Deduktiv metodda o’quvchilar avval umumiy qonunlarni o’rganadi, so’ngra umumiydan xususiy xulosa chiqarishga o’rgatiladi.
3.O’quvchilar tahlil metodi yordamida axborotni anglab idrok etadi, o’rganilgan ob’ektlarning o’xshashlik va farqli tomonlarni aniqlaydi, o’rganilgan ob’ektlarni tarkibiy qismlarga ajratib, ular o’rtasidagi bog`lanishlar, sabab-oqibatlarni aniqlaydi.
4.O’quvchilar qiyoslash metodi vositasida o’quv topshiriqlarida berilgan qiyosiy ob’ektlarni aniqlash, ob’ektlarning asosiy belgilarini aniqlash, taqqoslash, o’xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash natijalarini shartli belgilar bilan rasmiylashtirishga o’rganadi.
5.Bosh g’oyani ajratish metodi muhim ahamiyat kasb etib, o’quv materialidagi asosiy g’oyani ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish, asosiy g’oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch so’zlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr haqida xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.
6.Umumlashtirish metodi muammolarni hal etish jarayonida o’quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash, qiyoslash, dastlabki xulosalar, hodisaning rivojlanish dinamikasini tasavvur qilish, umumlashtirish natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.
STEAM ta’lim yondashuvi haqida ma’lumot berishda davom qilamiz.
STEAM ta’limi Amerikada ishlab chiqilgan. Ayrim maktablar o’z bitiruvchilarini keyingi faoliyatini kuzatib, tabiiy fanlar, texnologiya. Muhandislik mahorati, matematika fanlarini integratsiyalashga qaror qilishdi, shunday qilib, STEM (Science, Technique, Engineering and Math) tizimi yuzaga keldi. Keyinchali unga san’at (Art) qo’shildi, endilikda STEAM oxirigacha shakllandi.

Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin