Xix асрнинг иккинчи ярими ва XX аср бошларида туркистон ўлкасида таълим-тарбия ва педагогик фикрлар режа


XX asr boshlariga kelib, Turkiston o‘lkasidagi yirik markaziy shaharlarda oliy ta’lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/6
tarix18.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#115855
1   2   3   4   5   6
10-mavzu Jadidchilik123

XX asr boshlariga kelib, Turkiston o‘lkasidagi yirik markaziy shaharlarda oliy ta’lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar:
Buxoroda – 80
Qo‘qonda – 40
Samarqandda – 22
Marg‘ilonda – 28
Toshkentda -17
ularda 400 dan 5000 tagacha talaba tahsil olar edi
1906 yilga kelib, birgina Samarqand viloyatining o‘zida 1510 ta musulmon maktabi bor edi, ularda 1482 o‘qituvchi 12740 talabaga saboq bergan.
Umuman olganda Turkiston o‘lkasida 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo‘lib, ularda 70955 talaba ta’lim olgan.
Bu davrga kelib mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xeva xoni Sayid Muhammad Rahimxon Bahodirxoni soniy – Feruz (1844-1910 y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884 - yili o‘z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o‘qituvchisi va Mirzo Rahmonquli qori kabi mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi bilan shug‘ullandilar.
Feruz farmoniga muvofiq 1904 yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo‘shayev degan Turkiyadan kelgan o‘qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi.
Husayn Qo‘shayev 1906-1907 o‘quv yilida xonlikdagi ilg‘or ma’rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabini ham tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, Xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag‘ ajratib berdi. Feruz homiyligidagi bu maktabda Husayn Qo‘shaevning turmush o‘rtog‘i Komila Qo‘shaeva qizlarga bilim bera boshladi.
1909 yilga kelib Feruz qo’li ostidagi madrasalar soni 130 taga etib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi.
Feruz vohada san’at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroyda “Podshohi zamon tipolitografiyasi”ni tashkil qildi. “Litografiya” - yunoncha so‘z bo‘lib “Litos” - tosh va “grafos” yozaman degan ma’noni bildiradi. Bu atama o‘zbek tilida toshbosma tarzida qo‘llanib kelingan.
Feruz saroyidagi bu toshbosmaxonada ilk bor Abu Nasr Forobiyning “Nisobus - sibiyon” (Bolalar nasibasi), Alisher Navoyning “Xamsa” asaridan parcha, “Hayrat ul-abror” dostoni, Shermuhammad Munisning “Munis ul ushshoq” devoni, Yoqubxo‘ja ibn Ibrohimxo‘janing “Devoni Xolis” to‘plami, Feruzning “Devoni Feruz” va boshqa o‘nlab asarlar nashr etilgan.
Turkiston o‘lkasi Rossiya tomonidan bosib olingach, chor ma’murlari ming-minglab rus oilalarini Markaziy Osiyoga ko‘chirib keltiradi. Farg‘ona viloyati, Sirdaryo, Samarqand va boshqa viloyatdagi (shaharlar) mahalliy dehqonlarning serunum erlari tortib olinib, ularga beriladi. Ularning bunday hatti-harakatlaridan g‘azablangan atoqli shoir Cho‘lpon “Hazon” sarlavhali she’rida qahr ila yozgandi:

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin