1924-25 o’quv yilida Respublika byudjetiniig 24 % xalq maorifi uchun ajratildi. Bu maktab qurilishini tezlashtirishga imkon berdi. I-II boskichdagi umumta’lim maktablarining soni 1928 -1929 o’quv yiliga kelib deyarli 2,5 mingtaga yetdi. Shu bilan bir vaqtda katta yoshli aholi o’rtasida savodsizlikni tugatish yuzasidan keng miqyosda kompaniya avj oldirildi. 1921-22 o’quv yilidayok respublikaning ko’pgina shaharlari va qishloq joylarida mingdan ortiq savod maktablari, savodsizlikni tugatish kurslari va tarmoqlari faoliyat ko’rsatdi. Ulardan 50 ming kishi xat savod chiqardi. Savodsizlikni tugatish ishi, tiklash davrining dastlabki yillarida katta qiyinchiliklarga duch keldi: o’qituvchilar, maktab binolari, asbob jixozlar, o’quv qo’llanmalari, pul mablag’lari yetishmas edi. Biroq bu soha garchi qiyinchilik bilan bo’lsada, izga tusha boshladi. Katta yoshli kishilarni o’qitish va shakl va usullari takomillashtirildi. Savod maktablari tarmoqlari birmuncha kengaytirildi, savodsizlikni tugatuvchi o’qituvchilar soni ko’paydi. Bu dastlabki yutuqlar keyingi yillarda savodxonlik oshirish yuzasidan avj olgan umumxalq xarakatining debochasi bo’ldi.
1923-24-yillarda komsomol safiga ijtimoiy jihatdan faqat «mexnatkashlar» qatlamidan qabul qilinganligini e’tiborga oladigan bo’lsak, nima uchun komsomollar safarbar qilinib, ularni qisqa muddatli kurslarda o’qitib maktablarga muallim sifatida yuborilganligini anglab yetamiz. Buning natijasida respublikada o’qituvchilar soni 1928-29 o’quv yilidagi 5,5 ming kishidan 1932-33 o’quv yilida qariyib ming kishiga 1941 yili esa 42 ming kishiga yetgan. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, 1933 yil boshlarida xalq ta’limi tizimlarida o’tkazilgan «tozalash» oqibatida ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan «ishonchsiz» bo’lganlar o’rniga qisqa muddatli kurslarni bitirgan saviyasi past, lekin ijtimoiy jihatdan «ishonchli» qatlamlardan qo’shimcha muallimlar tayyorlanib, ular maktablar va madaniyatning boshqa sohalarida ishlash uchun yuborildilar.
1930 - yillarning birinchi yarmida avj olgan bu tadbir amalda ziyolilar safini malakasi va saviyasi past kishilar bilan to’ldirishga, yuzakilik, omilsizlik, qog’ozbozlik kabi noma’qul illatlarning ildiz otishiga olib keldi. Kishining qobiliyati, madaniy saviyasi va ma’lumot darajasi emas, balki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy mezon qilib olindi.
Urushning suronli yillarida respublika oliy o’quv yurtlari va texnikumlar o’z faoliyatlarini davom etgirdilar. Katta qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishloq xo’jaligi, maorif, tabobat va boshqa sohalar bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan chinakam manba bo’lib qoldi. 1943 yildarespublikada 41 oliy o’quv yurti ( ularnng 12 tasi ko’chirib kelingan) va 52 o’rta maxsus bilim yurtlari faoliyat ko’rsatdi. Urush yillari davomida ularda 20 mingdan ziyod oliy va o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar yetishtirildiki, bu xalq xo’jaligini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash imkonini berdi.Ular o’z navbatida samarali, mexnat qilib, fashizmni tor-mor keltirish ishiga munosib xissa qo’shdilar. Pedagogik kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berildi, chunki urush davri sharoitlarida ularga ehtiyoj ayniksa sezilarli edi.
Urush xalq ta’limi muassasalari faoliyatini yanada murakablashtirib yubordi. Ko’pgina o’qituvchilar harakatdagi armiya safiga chaqirildi, yuqori sinflarning o’quvchilari ishlab chiqarishga safarbar qilindi. Maktab binolarining anchagina qismi gospitallarga, evakuasiya qilingan xarbiy qismlarga, bolalar uylariga va harbiy o’quv punktlariga berildi. Natijada respublikadagi maktablarning umumiy soni 1942-43 o’quv yillarida 1940-41 o’quv yilidagiga nisbatan 421 taga qiskarib, 4795 tadan 4374 taga tushib qoldi. Binolar va o’qituvchilar yetishmasligi tufayli ko’pchilik maktablarda mashg’ulotlar 3 smenada olib borilardi. Darsliklar, o’quv qurollari va boshqa jixozlar ham yetishmasdi.
Urush asoratlari umumta’lim maktablarining holati va faoliyatiga ham qattiq ta’sir qildi: o’qituvchilarning harbiy xizmatga chaqirilib, frontga yuborilishi oqibatida ularning soni keskin kamayib ketdi, bu o’z navbatida maktablar sonining qisqarishiga olib keldi. Faqat 1942-43 o’quv yilida respublikada 200 ta boshlang’ichva o’nlab o’rta maktablar faoliyati tugatildi; turli sabablarga ko’ra o’quvchilarning maktabdan ketib qolishi, maktab yoshidagi bolalarning o’qishga jalb etilmasligi tufayli o’quvchilarning soni tobora kamayib bordi. 360 ta maktab binosi respublikaga ko’chirilgan harbiy qismlar, kasalxonalar va shu kabilarga berildi. Mavjud maktablarni yoqilg’i bilan ta’minlash qiyinlashdi, yozuv qurollari, darslik va ko’rgazmali qurollar yetishmas, o’quvchilarni kiyim-kechak va poyabzal bilan ta’minlash og’ir bo’lib qolgandi. Bular hammasi maktab ishida o’zining sezilarli izini qoldirdi, o’zlashtirish foizi pasayib ketdi.
O’qituvchi xodimlar, masalasi urushdan keyingi yillardagi eng jiddiy muammolardan biri edi. Chunki malakali o’qituvchilar vatan urushiga yuborilgan, ularning ko’pchiligi halok bo’lgandi. Xususan, 1947 yilda respublika bo’yicha 4 ming o’qituvchi yetishmasdi. Tuman xalq maorif bo’limlari mudirlari, maktab direktorlari va ta’lim buyicha direktor muovinlarning 60%dan ko’progi tegishli ma’lumotga ega emasdi. 1950 yilda 7125 maktab o’qituvchilarga muxtojlik sezardi.
70-80 yillarda O’zbekistan maktablarida ahvol sifat jihatidan o’zgarmay qolaverdi. Maktablar jahon tajribalaridan, zamonaviy texnika va o’qitish vositalarida foydalanilmadi. Ularning moddiy — texnika bazasi yaxshilanmadi. To’g’ri, bu yillarda maktablar, o’quvchilar, o’qituvchilar soni yildan-yilga ortib bordi, son ko’rsatgichlari kishini xayratga solar darajasida ortdi. Masalan, O’zbekistonda 1945-46 o’quv yilida jami 4525 maktab bo’lib, ularda qariyb 998 ming o’quvchi o’qigan bo’lsa, 1970-71 o’quv yilida respublikaniyag umumiy ta’lim maktablari soni