Marjoniy o‘zining dasturida 1. Qur’ondagi har qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan holda o‘zlari erkin fikr yuritsinlar
2. Birovning birovga ko‘r-ko‘rona ergashishi qat’iy mann qilinsin.
3. Madrasalarda o‘qitiladigan hoshiya va shrq kabi quruq mazmunga ega bo‘lgan va madrasa o‘quvchilari uchun foydasiz bo‘lgan hamda ularning 8-10 daqiqa vaqtini bekorga oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin.
4. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari va islom tarixi kabi darslar o‘tilsin.
5. Arifmetika, tarix, jo‘g‘rofiya, tabobat, xandasa, mantiq, falsafa va boshqa dunyoviy fanlarni o‘qishga qarshilik ko‘rsatilmasin
6. Har bir ishda musulmonchilikni Muhammad alayhissalom davridagi qadimiy islom madaniyatiga qaytarish ko‘zda tutilsin.
XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko‘p joylarida jadidchilik harakati kuchayib ketdi. Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy asoslarini qayta qurishga qaratilgani sababli eski tuzum, eski turmush, eski maktab tarafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keldi. Bu qarshi kuch vakillari qadim yo qadimchilar deb atalgan bo‘lsa, yangi hayot shabadalarini olib kelishga uringan kishilar esa jadid yoki jadidchilar degan nom oldilar. Shu tarzda asrimiz boshlarida jadidlar va jadidchilik harakati yuzaga keldi. Yangi asrning boshlanishi bilan avvalgidek ijtimoiy xorlik, iqtisodiy va madaniy qoloqlik sharoitida yashash mumkin emasligi ular uchun oydek ravshan edi. Nafaqat Markaziy Osiyo, balki Rossiyada yashovchi xalqlar ham o‘z taqdirlarini o‘zgartiribgina, feodal tuzumning negizlarini parchalabgina yangi hayotga qadam qo‘yishlari mumkin edi.
Jadidchilik jamiyati to‘ntarish yo‘li bilan emas, islohotlar yo‘li bilan rivojlantirishni o‘zining asosiy vazifasi deb belgiladi.
JADIDLARNING HARAKAT DASTURI
Diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash.
Diniy aqidalarga asoslangan o‘rta asr maktablari o‘rniga Ovro‘po qabiladagi dunyoviy ilmlarni ona tilida o‘qitishga moslangan yangi usuldagi maktablarni tashkil etish, feodal davri maorif tizimini isloh qilish.
Jadidchilik g‘oyalarini keng xalq ommasiga etkazish niyatida yangi o‘zbek adabiy tilini ishlab chiqish, matbuot hurligi uchun kurash, xalq ommasiga tushunarli adabiyot va teatrni yaratish.
Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va jadid maktablariga qatnashlarini ta’minlash yo‘li bilan ular taqdirini o‘zgartirish va oilada islohot o‘tkazish.
Mahalliy boylar va savdogar ahlining siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus burjuaziyasi bilan bir huquqda bo‘lishi, mahalliy amaldorlarning chor hukmdorlari tomonidan siquvga olishiga qarshi kurash. SHu yo‘l bilan mustamlakachilik siyosatini isloh qilish.
Turkiston o’lkasining markazi — Toshkentda 1917 - yil 9-14 - may kunlari o’qituvchilarning 1-o’lka qurultoyi bo’lib o’tdi, u ta’lim tizimining axvoli bilan bog’liq ko’pgina masalalarni muxokama qildi va "Turkiston o’qituvchilar ittifoqini» tashkil etdi. Qurultoyda ma’ruzalar qilgan Muvaqqat xukumat Turkiston qo’mitasining a’zosi S.Mahsudov, yirik sharqshunos L.Zimin, Farg’ona viloyatining maorif bo’yicha inspektori F.Yegorov maxalliy aholiga ta’lim berish ishida rus- tubjoy maktablarining yaroqsiz ekanligini isbotlab berdilar. Qurultoy ana shu tipdagi maktabni ona tilida o’qitiladigan milliy maktab bilan almashtirish fikrini ma’qullab chiqdi.
Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilar, ijod ahli bo’lmish Munavaar Qori, Maxmudxo’ja Bexbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho’lpon, A.Avloniy, Hamza, va boshqalar bilan bir qatorda XX asr bo’sag’asida tug’ilgan iste’dodli yoshlar Mashriq Yunusov (Elbek), Naim Sayd, Rafiq Mumin va boshqa qator ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo’naltirilgan ijod bilan shug’ullandilar.
Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilar, ijod ahli bo’lmish Munavaar Qori, Maxmudxo’ja Bexbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho’lpon, A.Avloniy, Hamza, va boshqalar bilan bir qatorda XX asr bo’sag’asida tug’ilgan iste’dodli yoshlar Mashriq Yunusov (Elbek), Naim Sayd, Rafiq Mumin va boshqa qator ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo’naltirilgan ijod bilan shug’ullandilar.
Oradan ko’p o’tmay, 1917 yili 20 maydan 23 maygacha Toshkentda musulmon o’qituvchilarning qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda asosan musulmon maktablaridagi o’qituvchilarning ishi masalasi muxokama qilindi. Qurultoy qarorlarida asosan rus — tubjoy maktablarini milliy maktablar bilan almashtirish zarurligi ko’rsatib o’tildi, bu maktablar uch bosqichga - Quyi, o’rta va yuqori bosqichga bo’linishi lozim edi. Boshlang’ich ta’lim umumiy, majburiy, bepul, olti yillik bo’lishi kerak edi. Asosiy o’qitiladigan fanlar orasida islom ta’limoti asoslari, ona tili, rus tili (4-sinfdan boshlab), arifmetika, tabiatshunoslik, tarix (milliy va rus tarixi), geografiya ( umumiy va rus geografiyasi ) ham bor edi.
Yangi hokimiyat o’z navbatida Vasiylik qo’mitasi va o’lkaning barcha o’qituvchilarni Xalq Komissarlari Kengashi bilan hamkorlikda ishlashlarini talab qildi, hamkorlik qilishga javob tariqasida maktab xodimlari maoshini ko’paytirishga va o’quv yurtlariga mablag’lar ajratishga vada qildi. Biroq o’qituvchilar ittifoqi Xalq komissarlari Kengashi bilan hamkorlik qilishni istamaganligi sababli ular ish xaqini oshirish va maktablarning moddiy axvolini yaxshilash uchun mablag’lar ajratmadilar. Buning ustiga mart oyida ma’murlar o’rta o’quv yurtlarini yopib qo’yish haqida farmoyish berdilar, bundan maqsad navbatdagi o’quv yilining boshlanishiga qadar ularni «yangicha asoslarda» tashkil etishdan iborat edi.
1918 yilning yozida Samarkandda «musulmon o’qituvchilari uchun pedagogik kurslar» ochildi. O’sha yilning kuzida
Toshkentda — Toshkent uyezdining tub yerli aholisi uchun maktab o’qituvchilari kurslari ochildi.
Yukori bosqich- dorilmuallimin (o’qituvchilar kursi, keyinroq oliy o’quv yurti): o’rta bosqich — boshlang’ich maktablarni o’z ichiga olar edi.
O’sha yilning 3 mayida dorilfunununning Musulmon bo’limi rahbariyatiga saylov bo’lib, unda Munavvar Qori rais (rektor), Iso Tuxtaboyev birinchi muovin, ikkinchi muovin, Abdusamid Qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bakir sarkotib bo’lib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentning eski shahar qismida Bikula Morozovning sobik do’qoni binosi (xozirgi o’zbek yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi uchun «xalq dorilfununi» ochiladi. Bu bo’lim tez orada o’ziga xos yirik bilim maskaniga aylandi. Dastlab 9 ta boshlang’ich maktab ochish mo’ljallangan bo’lsa-da, aholi extiyojiga ko’ra, ularning soni 24 taga yetdi. Dorilfununning musulmon bo’limi 15 demokratik tashkilot vakillari uyushgan 45 kishilik kengash tomonidan boshqariladi. Undagi muallimlar soni 18 nafarga yetadi.
Oliy ta’lim masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, Turkistonning milliy ziyolilar va shu jumladan, ilg’or rus olimlari (akad. S.F.Oldenburg) XX asrning boshlaridayoq Toshkentda universitet tipidagi oliy o’quv yurtini ochish zarurligi masalasini O’zR ko’tarib chiqqan edilar. Biroq axvol quruq gaplardan nariga siljimagan edi. 1918 yilning fevraliga kelib Toshkentda «Oliy ta’lim do’stlari jamiyati» faoliyat ko’rsata boshladi, uning tarkibida pedagoglar, shifokorlar, muxandislar, agronomlar va maxalliy ziyolilarning boshqa vaqillari ham bor edi.
1918- yil 21- aprelda tantanali ravishda ochilgan Turkiston xalq universiteti shu tariqa vujudga keldi. Universitet o’ziga Toshkentning eng yaxshi o’qituvchilarini jalb qilgan edi. Uning ixtiyoriga Toshkentdagi bir qancha boshlang’ich maktablar (13 ta musulmon va 11 ta rus maktabi), 8 bolalar maydonchasi, Turkiston xalq kutubxonasi, Xalq muzeyi va konservatoriyasi berib qo’yilgandi. Mahalliy millat yoshlaridan kadrlar tayyorlash uchun universitet qoshida musulmonlar shu’basi tashkil etilib, u Toshkentning eski shaxar qismida faoliyat ko’rsatdi. Shu’ba «Xalq dorilfununi» degan ilmiy adabiy gazetani chiqarib turdi.
Universitet tarkibida ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-matematika, tarix-filologiya, qishloq xo’jaligi va texnika fakultetlari bor edi. 1919- yil fevraldan universitet qoshida ishchi fakulteti ham faoliyat ko’rsata boshladi. 1920- yilning oxiriga kelib, universitetda ta’lim oluvchilarning 60 % ini maxalliy millat vakillari tashkil qilgan edi. O’zbek tilidagi mashg’ulotlarni Axmad Fayziy, Burxon Xabib, Ibroxim Toxiriy, Usmonho’jayev, Xodi Fayziy va boshqalar olib borishdi.
1920- yilda bolsheviklar rejimi Turkiston Xalq universitetiga muqobil sifatida Turkiston Davlat universtiteti (keyin o’rta Osiyo, xozirgi M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti) ni tashkil qildi. Universitet faoliyatining birinchi yili oxiriga kelib unda 6 ta fakultet: ijtimoiy-iqtisodiy, tarix-filolgiya, fizika-matematika, texnika, tibbiyot, qishlok xo’jalik fakultetlari ish olib bordi.
1924- yilda Qo’qon bilim Yurtini 13 ta yigit-qizlar bitirib chiqdi. Unda keyinchalik "O’zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Qori Niyoziy dars berdi, bitirganlardan akademiklar, yirik fan madaniyat arboblari yetishib chiqdi. Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar, yoshlarning o’qib kelishlari XX asr boshlarida kengayib bordi va keyinchalik ham davom etdi. Buxoro Respublika hukumati tashabbus ko’rsatib, bu ishga tashkiliy tus berdi. 1922- yilda Turkiston, Buxoro, Xorazmdan 70 ga yaqin yoshlar Germaniyaga o’qishga jo’natildi. Buxoro respublikasi hukumati Berlinda yotoqxona uchun bino sotib oldi, o’qituvchilarni moddiy ta’minlab turdi, ularning ahvoli o’qishlaridan ogoh bo’ldi. Yoshlarimiz Germaniyaning turli o’quv yurtlarida muvaffaqiyat bilan o’qidilar, mutaxassislar bo’lib yetishdilar. Afsuski, o’z ona yurtiga qaytgan yigit qizlarimiz mustabidlik qatag’oniga uchradi.