Xix asrning ikkinchi yarimi XX asr boshlarida turkistonda yog’ moy sanoati tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə26/30
tarix17.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#114839
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Maxmudov Dilshod

XULOSA
O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ta’lim sohasidagi hamkorligi mavzusini tarixiy tadqiq qilish orqali quyidagi xulosalarga kelindi.
Birinchidan, O’zbekiston — Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi munosabatlar mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. O’zbekiston Yevropa Ittifoqini o’zining eng asosiy xalqaro hamkorlaridan biri sifatida ko’radi. Binobarin, ushbu nufuzli xalqaro tashkilot demokratiyaning umuminsoniy qadriyatlarini ilgari surish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish, tinchlikni saqlash, hamkorlik va barqaror taraqqiyotga erishish borasida ulkan hissa qo’shib kelmoqda.
Ikkinchidan, 1996-yil 21-iyunda Florensiyada imzolangan va 1999-yil 1-iyulda kuchga kirgan O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi “Sheriklik va hamkorlik to’g’risida”gi bitim mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlariga huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. Ushbu shartnoma imzolanishi tufayli O’zbekiston 15 ta Yevropa davlati bilan rasmiy huquqiy asosda hamkorlik qilishga kirishdi. Shartnoma siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, ilm-fan va boshqa ko’plab sohalarda hamkorlikni nazarda tutadi.
Uchinchidan, Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda. Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni oʻz tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb biladi.
To’rtinchidan, Ta’lim sohasidagi hamkorlik Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining dolzarb yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi 1990 yildan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarida oliy ma’lumotga alohida e’tibor qaratgan.1991 yildan to 2013 yilga qadar markaziy osiyo mamlakatlari uchun Tempus (TransEuropean Mobility Programme for University Studies, Universitet ta’limida trans-Yevropa mobillik dasturi), bu mintaqadagi davlatlarda oliy ta’lim tizimlarini modernizatsiya qilishga yordam berdi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin