Xiy-xvi asrlarda amir temur va temuriylar davri falsafasi



Yüklə 30,84 Kb.
səhifə2/5
tarix16.05.2023
ölçüsü30,84 Kb.
#114775
1   2   3   4   5
XIY—XVI ASRLARDA AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR

„Dunyoni aks ettiruvchi ко ‘zgu“ asarining birinchi bobini „vojibul-vujud" va „mumkinul-vujud“ning mavjudligi masalasini
asoslashga bag'ishlaydi. U bunda: „Yo'q bo'lishi mumkin
bo'lmagan, bor bo'lishi esa zarur bo'Igan narsani „vojibul-vujud",
deb atadi. Borligi ham, yo'qligi ham zarur bo'lmagan narsani esa
„ mumkinul-vujud", deb atadi.
Jurjoniyning qarashicha, bu.o‘rindagi ,,vojibul-vujud“ —
Xudodir. ,,Mumkinul-Vujud“ esa — moddiy olamdir. U borliqning
birinchi sababi sifatida ,,vojibul-vujud“ni, ya’ni Xudoning borlig'ini
tan oladi. Uning fikricha, ,,mumkinul-vujud“ o‘zining bor bo‘lishi
uchun qandaydir biror bir sababga ehtiyoj sezadi. U biror bir
narsa tufayli, ya’ni birinchi sabab tufayli ,,vojibul-vujud“darajasiga
ko‘tariladi'.
Jurjoniy, borliqdagi hech bir hodisa sababsiz kelib chiqmaydi,
deb ta’kidlaydi. Uningcha, hamma mavjud narsalardagi butun
harakat va o‘zgarishlar faqat makon va zamondagina ro‘y beradi. U
butun borliqni bir-biriga qonuniy ravishda bog‘langan bo‘laklardan
iborat, yagona bir butunni tashkil etgan butunlik sifatida ta’riflaydi.
Juqoniyning fikricha, moddiy dunyoni tashkil etgan narsalar asosida
to‘rt unsur: olov, havo, suv va tuproq yotadi. U turli ko'rinishdan
iborat boshqa jismlar, ya’ni metallar, o‘simliklar va hayvonlar esa,
yuqorida aytilgan to‘rt unsurning bir-birlari bilan qo‘shilishi
(natijasi) hosilasi sifatida kelib chiqqandir2 , deydi, To‘rt unsur
esa, doimo harakatda, o‘zgaruvchan bo‘lib, biri ikkinchisiga aylanib
qolishi mumkin. Masalan, havo — suvga, suv — tuproqqa va hokazo.
Umuman, Jurjoniy falsafiy qarashlarida moddiyunchalik
g‘oyalari ustun bo‘lib, uning dunyoqarashi dialektikdir. Uning
fikricha, moddiylikdan holi bo‘lgan bo‘sh joy yo‘q. Bu haqda:
Samoviy gumbaz buyuk doiradir. U barcha jismlami qamrab olgan
bo‘lib, moddiy dunyoni chegaralab turadi. Ammo u bo‘shliq emas,
chunki uni moddadan tashqarida bo'lgan tushuncha yoki biror
o‘lchov bilan tushuntirib bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, bir-biri bilan o‘zaro yopishib, ayni vaqtda
boshqa jism bilan ham bog‘lanib turmagan narsaning o‘zi bo‘lishi
mumkin emas, har bir atrofdagi dunyo, o‘zi o‘rab turgan narsaga
teng turishi zarur va birga joylashishi lozim, chunki bo‘shliqning
bo‘lishi mumkin emas. Mana shunday jismlar, unsurlar, samoviy
doiralar, butun sayyoralar va moddiy bo‘lakchalaming tarkibiy
majmuasi — olam, deb atalishini yozgan edi3.
Jurjoniy mantiq ilmiga ham juda katta hissa qo‘shdi. Uning
bilish nazariyasi va mantiqqa doir bir necha asarlari bo‘lib, mantiq
ilmining falsafa va boshqa fanlar bilan munosabati, uning
huquqshunoslik, tilshunoslik va ilohiyot sohasida amaliy-tatbiqiy
masalalar yoritib berilgan. Juijoniyning bu xizmatlari tufayli mantiq
ilmiga islom aqidalariga xos bo'lmagan „begona ta’limot", deb g'araz
bilan qarash barham topdi va shu davrdan boshlab, madrasalarda
mantiq ilmini o'qitish huquqshunoslik va tilshunoslik fanlari bilan
bog'liq holda olib boriladigan bo'ldi.
Amir Temur va temuriylar davrida tabiiy-ilmiy va ijtimoiy
fikrlarning rivojlanishida Mirzo Ulug'bek va uning maktabi
vakillarining tarixiy-ilmiy va falsafiy qarashlari muhim o‘rin tutadi.
Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug'bek faqat oddiy
hukmdor bo'lib qolmasdan, balki buyuk olim bo'lgan. Asli ismi
Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek (1394—1449-yillar)
temuriylar xonadonining suyukli farzandi sifatida yoshligidanoq
saroy muhitida saroy a’yonlari, olimlar, shoirlar ta’siri, ta’lim va
tarbiyasida ulg'aygan. Mirzo Ulug'bek o'z davrida saroydagi eng
yirik olimlar: Mavlono Ahmad, Qozizoda Rumiy va boshqalardan
saboq oladi. U qadimgi yunon mutafakkirlari va IX—XII asarlarda
yetishib chiqqan, yaqin va o'rta Sharq hamda O'rta Osiyo olimlarining asarlarini qunt bilan o'rgangan. Mirzo Ulug'bek, ayniqsa,
tabiatshunoslik fanlarini — matematika, geometriya, geografiya,
kimyo, astronomiyaga oid bilimlarni chuqur egallaydi. Natijada,
yigirma yoshlarida o'z davrining yirik olimlaridan bin bo'lib yetishdi.
Mirzo Ulug'bek 1411-yilda Movarounnahr va Turkistonning
hokimi qilib tayinlangan. U hokimlik qilgan davrlarda, mamlakat
tashqi va ichki mudofaasini mustahkamlash bilan bir qatorda,
Samarqand, G'ijduvon, Buxoro shaharlarida ko'plab madrasalar,
masjidlar, turli ilm o'choqlari qurdirib, ilm-fanning rivojlanishiga
katta e’tibor berdi. 1425—1428-yillarda Mirzo Ulug'bek Samarqandda, keyinchalik uning nomini jahonga mashhur qilgan
rasadxona — observatoriyani qurdirib, o'zining falakiyot maktabini
yaratdi va bu maktabiga o'z zamonining buyuk olimlarini jalb qilib,
ularga o'zi boshchilik qilgan holda, ilmiy tadqiqotlar olib bordi. U
o'zining butun qobiliyati va iqtidorini, salohiyatini hukmdorlikdan
ko'ra ilmiy faoliyatga ko'proq qaratadi. Natijada, 1428—1438-yillar
davomida o'z ustozlari va shogirdlari bilan hamkorlikda olib borgan
ilmiy kuzatishlarining yakuni sifatida, uning shox asari — „Ziji
jadidi Ко ‘ragoniy“
maydonga keldi.
Mirzo Ulug'bekning bundan tashqari, yana „Bir daraja sinusini
aniqlash haqida risola", „Risolai Ulug'bek" kabi astronomiyaga oid,
„Tarixi ulus arba’a" („To'rt ulus tarixi"), uning muxtasari „Shajara’i
atrok", tarixga oid hamda bir necha musiqaga oid asarlari ham mavjud.
Mirzo Ulug'bekning „Ziji jadidi Ko'ragoniy" asari: kirish
(nazariy qism) va to'rtta katla bo‘limlardan iborat bo'lib, birinchi
bo ‘limi „
Tarix, ya’ni xronologiyaning ma’rifati" deb atalib, uning
o‘zi yetti bobni o'z ichiga oladi. Bu boblarda islomda qo‘llaniladigan
asosiy era — hijriy era bilan sur’yoniy — yunon erasi, ularda
keltirilgan sanalar boshqa ,,jaloliy“, xitoy va uyg‘ur, hind-forsiy
eralari bilan solishtirilib, ulardagi mashhur kunlar haqida bahs
yuritiladi. Bu bo'limda, shu bilan birga, turkiy muchal yillari
haqida ham. keng fikr yuritiladi.

Yüklə 30,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin