Xiy-xvi asrlarda amir temur va temuriylar davri falsafasi



Yüklə 30,84 Kb.
səhifə3/5
tarix16.05.2023
ölçüsü30,84 Kb.
#114775
1   2   3   4   5
XIY—XVI ASRLARDA AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR

Ikkinchi bo ‘lim „Vaqtlar va ularga taalluqli narsalar" deb atalib,
unda asosan, matematika va sferik astronomiya masalalari yoritilgan.
Bunda olim ekleptikaning osmon ekvatoriga og'ish burehagining
saniq miqdorini topganligi — u 23 daraja 30 daqiqa, 17 soniya
ekanligini yozadi. Bu miqdor o'rta asrlar davri uqhun nihoyatda
aniq o'lchangan miqdor edi.
Asaming uchinchi bo ‘limi 13 bobdan iborat bo'lib, ularda faqat
astronomiya masalalarii Quyosh,nOy va boshqa besh sayyomning
harakatlari, „turgan yulduzlar“ning uzunlama ya kenglama holatlari
yoritiladi. Muallifning bu bo'limda keltirgan yulduzlar jadvallari
o'z davri uchun eng nodir va mukammal jadvallar bp'lgan.i
Nihoyat, „Ziji jadidi ,Ko‘ragoniy‘‘ning oxirgi — to'rtinchi
bo'limi, asosan, ikki bobdan iborat bo'lib, u; Дщ! nujum —
astronomiyaga bag'ishlangan. Mirzo Ulug'bekning: bu asari, o'z
davridagi eng mukammal astronomik asar sifatida zamondosh
olimlarning diqqat-e’tiborini o'ziga jalb qiiadi ya ular ijodiga katta
ta’sir ko'rsatdi, lining qo'lyozmalari tez orada Yaqin va O'rta Sharq,
Xitoy va Hindiston olimlari qo'llariga ham yetib bordi.
Ulug'bek vafotidan keyin Istambulga borib yashagan va ijod
qilgan shogirdi Ali Qushchi tufayli, XVI asr o‘rtalarida bu asarYevropa olimlari tomonidan lotin, ingliz, fransuz va nemis tillariga
taijima qilinib, nashr effldi. Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi (XV asr boshi — 1474-yil) Mirzo Ulug'bek hali hayot vaqtlaridayoq, yirik olim
sifatida tanilgan edi.
Uning tabiiy-ilmiy fanlar, xususan, matematika va astronomiya
fanlarini rivojlantirishga qo'shgan hissasi beqiyosdir. Ali Qushchining astronomiya, matematika va falsafa sohalariga oid yozib
qoldirgan asarlarining umumiy soni 25 dan ortiqdir.
Ayniqsa, Ali Qushchining „Astronomik risol@“si g'oyat
qimmatlidir. Uning mazkur asari,muqaddima va uch bobdan
iboratdir. Asaming muqaddimasi ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi
qismida handasa (geometriya) ilmining asosiy tushunchalari: nuqta,
chiziq, sath, to‘g‘ri va egri chiziqlar, parallel chiziqlar, doira kabi
tushunchalartiing ma’nolari va ta’riflari beriladi. Ikkinchi qismida
esa, tabiatshunoslikka oid boshlanglch bilimlar bayon etilib,
tabiatdagi hamma narsalar sodda va murakkab, osmon jismlari va
yer jismlariga bolinadi. Osmon jismlari — yulduzlar olami ham
yer jismlari ham to‘rt unsur (suv, o‘t, havo va tuproq)dan paydo
bo‘lgan, deb ta’riflanadi. Har bir narsa va jism oddiy va murakkab
qismlarga bolinadi, ular bir doirada oddiy, boshqa doirada
murakkab holda sodir boladi lar. Ular doimo harakatda, o‘zaro
ziddiyatdadirlar... Ali Qushchining yuqoridagi bayonida juda chuqur
falsafiy fikrlar ifodalangan. Bu o'rinda, mavjud dunyo moddiy
narsalardan tuzilgan bolib, ular oddiy va murakkab holdadir,
ularning o‘zlarida qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar va o‘zaro birga
bolishi aamoyondir, deyilgan.
Xullas,i tabiatshunos olim sifatida Ali Qushchi ham moddiy
dunydning'insonga, inson ongiga bogliq bolmagan hblda
mavjudligini, koinotning undagt^ulduzlar, sayyoralar, Quyosh,
Oy va Yeming o‘zaro aloqada, o‘z qonunferiasosida, o‘z’markazi
va Quyosh atrofida harakat qilishi,! ularning markazi Quyosh
ekanligini Yevropa olimlaridaft ISO—200 yil oldin o ‘z ilmiy
kuzatishlari asosida isbotlab, yozib qOldirgan edi.
0 ‘rta Osiyo xalqlarining XIV—XVI asrlar tarixidan sharatli
o‘rinm egallagaii buyuk siymo ’Alisher Navoiy (1441—1501-
yillar) dir. V: : ; : : - ‘ .• * "
Alisher Navoiy temuriylar davrining murakkab sharoitida,
jamiyatda ziddiyatlar avj oigan, temuriyzodalaming hokimiyat
uchun kurashlari kuchaygan davrda yashadi va ijod qildi. U o‘z
davridagi yaqin va o‘rta Sharq, 0 ‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti, tarixi,
ilm-fani, madaniyati, antik davr yunon, o‘rta asr arab, eron,
G‘rta Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy, diniy va dunyoviy
bffimlarini, tasavvuf ta’limotini bhuqur va mukammal egallagan.
Bu narsa uning ijtimoiy-falsafiy qarashlari shakllanishiga,
shubhasiz, katta ta’sir ko‘rsatdi.
Alisher Navoiyning falsafiy dunyoqarashi vahdati-vujud, ya’rii
borliqning birligi ta’limotiga asoslanadi. Uningcha, borliq — bu
Xudodir, Xudo mutlaq borliqdir, U atrofdagi narsa va hodisalarda
namoyan boladi va mohiyatiga ko‘ra yakka-yu yagona, lekin tabiatda
o ‘zini zuhur etadi. Navoiyning fikricha, mavjud narsalaming
hammasi mutlaq borliq — Xudoning zohid sifatlari, ko‘rinishidir.

Yüklə 30,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin