Yetuklik (Voyaga yetish) bosqichi – ishlab chiqarish quvvatidan keragidan ortiq barqaror foydalanish va to‘la ko‘rib chiqilgan texnologiyalar ishlatilishi bilan bog‘liq.
Yetuklik (Voyaga yetish) bosqichi xususiyatlari – katta partiyada ishlab chiqarish (to‘la quvvat), mukammal texnologiya, izlanish va rivojlantirish.
Qilinishi kerak – assortiment (tur, modifikatsiya)ni ko‘paytirish, yangi bozor kashf qilish kerak (jumladan, eksport), xaridorlarni yanada jalb qilish (yangicha reklama), yangi segmentlarni topish (iste’molchilar guruhi).
Chiqish bosqichi. Qanday holat yuz bermasin, baribir ma’lum vaqtdan so‘ngra tovarning sotilishi pasaya boradi. Tovar sotilishining pasayishi ba’zan tezlik borsa, ba’zi hollarda sekinlik bilan bir tekis boradi.
Pasayish bosqichi xususiyatlari - raqobatchilar ko‘p, xaridorlar tajribali, bozorni yangi mahsulotlar egallaydi, sotish kamayib, foyda qisqaradi.
Qilinishi kerak – mahsulotni sekin-asta yangisi bilan almashtirish kerak.
Sotishning va foydaning kamayishi natijasida bir qancha firmalar va korxonalar bozordan chiqishga majbur bo‘ladilar. Qolganlari esa taklif etilayotgan tovarlar assortimentini qisqartirishga, samarasi yuqori bo‘lmagan savdo kanallari va bozorning kichik segmentlaridan voz kechishga, rag‘batlantirish uchun sarflanayotgan mablag‘larni kamaytirishga va narxni tushurishga majbur bo‘ladilar. Ba’zan tovar hayotiylik davrining chiqish bosqichida ham tovarni tiriltirish va uning hayotiylik davrini davom ettirishga harakat qilib ko‘rish mumkin. Buning uchun firmaning marketing xizmati reklamani faollashtirishi, narxni o‘zgartirishi, tovarlarning o‘rab-joylanishini takomillashtirishi, sotish tizimini qaytadan tashkil etishni, eng asosiysi esa yangi bozorlarga kirish va ularni o‘zlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
4.2 rasm Tovarning har xil hayotiylik davri fazasida marketing taktikasi6