Xizmat va servisning moddiy tovardan farqli hususiyatlari Mundarija


Xizmat va tovar tushunchasi haqida nazariyalar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/17
tarix21.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#77101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Усмонов Феруз

1.Xizmat va tovar tushunchasi haqida nazariyalar
Harq qanday yangi narsaning o’z zamonasiga mos ravishda o’z ta’rifi va vazifasi bo’ladi. Bu nazariyalar shu zamon uchun to’g’ri bo’ladi , lekin zamon o’zgarib yangilikar ko’paygani sari nazariyalar eskiradi. Boshqa ixtirolar singari xizmat tushunchasi ham o’z evolyutsiyasini boshdan o’tkazgan va uning ta’rifi makon va zamonga qarab o’zgaradi.
"Xizmat" ta'rifini topish qiyinligi shundaki, xizmat tadqiqotchisi moslashuvchan ob'ekt bilan muomala qiladi, uning chegaralari xizmat ko'rsatuvchi va / yoki iste'molchining istaklariga qarab o'zgaradi. Jismoniy ob'ektlar to'plamini va ijrochining xizmat ko'rsatuvchi xodimlarining bir qator harakatlarini o'z ichiga olgan bitta ob'ekt iste'molchi tomonidan moddiy mahsulot sifatida ham, xizmat sifatida ham ko'rib chiqilishi mumkin.
Xizmatlar xilma-xil bo'lib, ularning asosiy mezonlari xizmatning ob'ekti, xizmatning moddiy mahsulot bilan aloqasi, xodimlarning ishtirok darajasi va xizmatlarni taqdim etishda texnologiyadan foydalanish bo'ladi .Quyida bir qancha nazariyalar bilan yanishamiz.
1.1 rasm1 Xizmat tushunchasi haqida nazariyalar

Muallif

Ta’rif

G.Assel

Xizmatlar - bu iste'molchilar sotib oladigan nomoddiy tovar. Ular mulk bilan bog'liq emas.

K.Grenros

Xizmat - bu dalolatnoma yoki foyda, uni xaridor har qanday moddiy ob'ektga egalik huquqini olmaydi.

E.P.Golubkov

Xizmat - bu, agar kerak bo'lsa, mijozlar va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar, jismoniy resurslar, xizmat ko'rsatuvchi korxona tizimlari o'rtasida yuzaga keladigan bir qator (yoki bir nechta) nomoddiy harakatlarni o'z ichiga olgan jarayon.

K .Xaxever

Xizmat - bir tomon ikkinchisiga taklif qilishi mumkin bo'lgan va o'ziga xos ravishda moddiy bo'lmagan va mijozning mulkiga olib kelmaydigan faoliyat yoki foyda turi.

B.Render

Xizmat - bu bir tomonning ikkinchisiga taklif qilishi mumkin bo'lgan faoliyat turi yoki foydasi, umuman olganda moddiy emas va biror narsani olib qo'yishga olib kelmaydi. Xizmatlarni ishlab chiqarish tovar bilan moddiy shaklda bog'liq bo'lishi mumkin yoki bo'lmasligi mumkin.

R .Rassel

Xizmatlar - bu harakatlar, harakatlar yoki ishlarni bajarish; ular nomoddiydir.

R.Merdik

Xizmat - bu iqtisodiy birlikka tegishli bo'lgan shaxs yoki mahsulot holatining o'zgarishi, bu birinchisining oldindan roziligi bilan boshqa iqtisodiy birlik faoliyati natijasida yuzaga keladi.

Bu nazariyalar orasida bir-birini qisman takrorlaydigan, bir-birini to’ldiruvchi ta’riflar ham bor. Umuman olganda bularning hech birini noto’g’ri deyish mumkin emas. Shunchaki ularning biri boshqasiga qaraganda to’liqroq bo’lishi mumkin. Xizmat haqida yillar davoimida aynan bir nazariyani ilgari surish qiyin , sababi yuqorida aytilgani kabi o’zgarishlar nazariyalarga juda katta ta’sir o’tkazadi. Hozirgi vaziyat uchun yuqoridagi nazaryilardan xulosa qilgan holda men xizmat uchun o’z nazariyamni aytishim mumkinki:


Xizmat- jarayon bo’lib, xizmatni sotib olish moddiy mulkka egalikni anglatmaydi.Xizmat nomoddiy mahsulot sifatida ikki tomon kelishuvi bilan amalga oshiriladi.Bu holatda ham sotuv amalga oshadi.
Yuqorida ko’rsatilgan fikrlardan men uchun eng tushunarli va soddasi G.Assel nazariyasi bo’ldi. Bu ta’rifda tushunarsiz uzundan uzoq izohlardan foydalanilmagan, sodda va tushunarli shaklda berilgan.Bundan tashqari eng asosiy jihatlarnigina ko’rsatgan. Ya’niy mahsulot nomoddiyligi va mulkka egalik qila olmaslik. Aslida juda ko’p narsalar haqida gapirish mumukin lekin, ko’p holatlarda bir xususiyat ikkinchisini taqozo qiladi demak, bir-birini taqozo qiluvchi xususiyatlarni alohida ta’kidlash shart emas. Nazariyalarda murakkab atama va so’zlardan foydalanish uni tushunishni qiyinlashtiradi va o’quvchining zerekishiga olib keladi.
Keling endi Golubkov nazariyasi haqida gapirsam.Yuqorida aytilgan bir-birini taqozo qiluvchi xususiyatlarni alohida ta’kidlash aynan mana shu nazariyada mavjud. Ta’rifga ko’ra “Xizmat - bu, agar kerak bo'lsa, mijozlar va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar, jismoniy resurslar, xizmat ko'rsatuvchi korxona tizimlari o'rtasida yuzaga keladigan bir qator (yoki bir nechta) nomoddiy harakatlarni o'z ichiga olgan jarayon.” . Bunda xizmat ko’rsatish va sotib olish mumkin bo’lgan shaxslar alohida aytilgan. Men muqaddima qismida sotuvchi ishlab chiqarishning qaysidir nuqtasida kim uchundir iste’molchi bo’lishi mumkinligi haqida aytib o’tdim. Ushbu ta’rif orqali aynan shu fikr tushuntirilyapti.Demak ,bu yerda uzundan uzoq gapirish o’rniga sotuvchi va xaridor deb soddagina yozish mumkin edi. Ammo yuqorida aytilgandek nazariya makon va zamonga qarab o’zgaradi. Agar Golubkov shu nazariyasi bilan sotuvchi ham xaridor bo’lishi mumkinligi haqida o’rgatmaganida insonlar balki bu haqida umuman o’ylab ko’rishmasdi va hozirgi nazariyalar butunlay boshqacha bo’lishi mumkin edi. Bugungi kundagi odamlarning o’tgan davrdagi odamlarga nisbatan har tomonlama shu bilan birga iqtisodiy bilimlarining ham yuqoriligini ta’kidlash lozim. Shuning uchun ham hozirgi nazariyalarga har-xil elementarniy izohlarni kiritishimiz shart emas. Chunki bu odamlarga oddiy holat bo’lib ketgan. Kun kelib biz uchun universal bo’lgan nazariyalar ham kim uchundir aylantirma gapdek tuyiladi. Va bu hech ham achinarli hol emas, aksincha quvonishga arziydi.
Tovar – bu xaridor fikrini jalb etish, xarid qilish, foydalanish maqsadida bozorga sotish uchun chiqarilgan iste’molni, ehtiyojni yoki talabni qondiruvchi barcha buyum va xizmatlardir.
Ehtiyoj – insonning nimanidir yetishmasligini his qilish tuyg‘usi. Ehtiyoj fiziologik (oziq-ovqat, kiyim-kechak, salomatlik, uy-joyga), xavfsizlikka, munosabat hurmat va o‘zini ko‘rsatishga nisbatan bo‘lishi mumkin.
Talab ham ehtiyoji kabi, lekin shaxsning madaniyati va o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilangan. Talab-ehtiyojning pul bilan qondirilgan qismi. Masalan, oziq-ovqatga ehtiyoj sabzavotlar, go‘sht mahsulotlari, mevalar, baliq, sut kabilarga talabda ko‘rinishi mumkin. Talab (zarurat) o‘zida insonning o‘z ehtiyojlarini qondirish, ma’lum iste’molchi muammolarini hal qilishdagi aniq individual xususiyatlarini ko‘rsatadi. Talab va ehtiyojlar tarixiy, milliy, georafik, ijtimoiy, yoshga oid va boshqa omillar ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi, bilim esa ularning strukturasini tushunishga imkon beradi.
Ehtiyoj – to‘lov qobiliyatiga ega zarurat. Bu bozorni tashkil etuvchi eng zarur elementlardan biri. U doimiy o‘rganish va marketing tomonidan ta’sir etish obyekti hisoblanadi. Murakkablik shundan iboratki, xaridorlarning ehtiyoji ba’zan turli xil yo‘nalishlarda ta’sir etuvchi ko‘plab omillar ta’siri ostida shakllanadi. Ehtiyojning quyidagi asosiy omillari ajratiladi:

  • iqtisodiy (daromadlar, narx, inqirozlar, bandlik, ishsizlik, jamg‘armalar miqdori, pensiya va ijtimoiy ta’minotlar darajalari);

  • ishlab chiqarish (ishlab chiqarish hajmi, assortiment (turi), sifati, tovarning qiymatiga ko‘ra ahamiyati, uning ITTga mos kelishi);

  • demografik (aholining soni va jinsi, yoshiga ko‘ra strukturasini, oilalarning kattaligi, tarkibi va hayot sikli, uy-joy bilan ta’minlanganlik v.b.);

  • ijtimoiy (jamiyatning ijtimoiy strukturasi, ijtimoiy holati, ta’lim darajasi, mashhulot turlari, hayot tarzi, milliy an’analar, axloqiy va ijtimoiy qimmatliklar, diniy e’tiqodi, iste’molchilik madaniyati);

  • psixologik (shaxs tipi, iste’molchilik psixologiyasi, urf (moda)ga munosabati);

  • bozor (bozorning tovar bilan to‘laligi, tovarlarning o‘zaro almashinishi, marketing tadbirlarining samaradorligi: narxlar, tovarlarning harakati va savdo, savdoni rag‘batlantirish, xizmat ko‘rsatish sifati, reklamalar);

  • tabiat – iqlimiy (yil fasllari, iqlim, regionning geografik o‘ziga xos xususiyatlari).

Ko‘p omilli yondashuv talabni boshqarish (tartibga solish) ni yengillashtiradi, chunki uni talab (ehtiyoj) ni quyidagi qator belgilari asosida ajratib, tasniflash imkonini beradi:

  • bozorning holatiga ko‘ra – salbiy, yashirin, haddan tashqari,

irratsional;

  • tovarning hayotiylik davri bosqichlari bo‘yicha.

Bu tasniflar har bir talab uchun bozorda muomalaning alohida marketing strategiyasini ishlab chiqish zarurligini anglashga imkon beradi.
Inson talab va ehtiyojlari tizimi xossalarining tahlili sotuvchiga xaridorni xarid qilishga undovchi sabab (motiv)larni tushunib va bozorda uni xarid qobiliyatini mohirona samarali boshqarishga imkon beradi.
Motiv – isnonni ma’lum harakatlarni bajarishga undovchi sabab. Xaridorlarning xarid qobiliyati uning hamma talab ehtiyojlarini motivatsiyalamaydi, faqat qanoatlantirilmagan ehtiyojlarnigina motivatsiyalaydi (bildiradi), chunki unda fiziologik yoki psixiologik tanglik (zo‘riqish, keskinlik)ni keltirib chiqaradi va u bu holatni tovar xarid qilish, olib tashlash va uni o‘z xaridi bilan qanoatlantirishga urinadi. Bozor xodimi marketing tadqiqotlari jarayonida bu motivlarni o‘rganishi zarur, chunki u tovar, narx, savdo (o‘tkazish) vakommunikatsiya kabi marketing vositalari bilan xaridorga maqsadli ta’sir o‘tkazishda qo‘l keladi. Iste’molchilarning ehtiyojlari bo‘yicha motivlarni amerikalik marketolog Allen birlamchi va ikkilamchiga ajratgan.
Birlamchi motivlar – ochlik, tashnalik, qulaylik, shinam, kasalliklar, xavflar, yaqinlarining tinchlik – xotirjamligi, atrofdagilar tomonidan ma’qullanishi boshqa odamlardan ustunlik.
Ikkilamchi motivlar – go‘zallikka, ozodalikka, foydaga, hisobkitoblilik va tejamkorlikka intilish, hayotga ishonch va o‘z salomatligini saqlashga ma’lumotlar bilan ta’minlanganlik, ma’lumotlilikka, karyeraga, ishchanligini, qiziqishlarini oshirishga intilish, tovarlardagi sifatga va ularning universalligiga, ishonchliligiga intilish.
Anglash darajasi bo‘yicha maqbullik (tushuntirib bo‘ladigan, anglab bo‘ladigan) va emotsional (to‘la anglab yetmaganlik).
Iste’molchi xarid qobiliyati motivatsiyasining turli nazariyalari mavjud.
Marketologning vazifasi turli ehtiyojlarning o‘zaro aloqalarini ularning bir-biriga bog‘liqlik darajasini aniqlash va ishlab chiqaruvchini xaridorni yaxlit kompleks tarzda xarid qilishga undaydigan tovarlar ishlab chiqarishga e’tibor qaratishdan iborat.
“Tovar” tushunchasi moddiy obyektlar bilan cheklanmaydi.Talabni qondiruvchi barcha xizmat turlari tovar hisoblanadi. Marketingda tovar qator belgilari bo‘yicha guruhlanadi. Tovar – butun marketing kompleksining asosidir.Agar tovar xaridorning talabini qondirmasa, u holda marketing tadbirlari uchun hech qanday qo‘shimcha xarajatlar raqobatli bozorda uning mavqeyini yaxshilay olmaydi. Endi esa marketingda tovar qanday tariflanishini ko‘rib chiqamiz.
Tovar, deb ma’lum bir ehtiyojni qondirish maqsadida bozorga sotib olish, foydalanish va iste’mol qilish uchun taklif etilayotgan mahsulot tushuniladi. Mahsulotga narx belgilanishi va bozorga taklif etilishi bilanoq u tovarga aylanadi. Shuning uchun ham «tovar» atamasi «mahsulot» atamasi bilan teng ma’noda ishlatiladi. Marketing nuqtayi nazaridan tovar ma’lum bir iste’mol qiymatiga ega bo‘lishi kerak. Tovarning iste’mol qiymati esa, inson ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan xususiyatlarining majmuyidan tashkil topadi.
Mahsulot bu – firma yoki korxona taklif etayotgan mijozlarning ehtiyojni qondirish qurolidir.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin