2.Xizmat va tovarning farqlanishi Xizmat haqida gapirilganda aytish lozimki, u moddiy tovardan farq qiladi. Shu sabali,ko'plab tadqiqotchilar quyidagilarni o'z ichiga olgan xizmatlarning o'ziga xos xususiyatlarini ta'kidlashni zarur deb hisoblashadi:
1) miqdoriy xususiyatlarning yetishmasligi;
2) sifatning beqarorligi;
3) xizmatlarning qat'iy emasligi;
4) bilvosita sifatni o'lchash;
5) xizmatning ijrochi va iste'molchidan ajralmasligi.
Yuqoridagi xususiyatlarga xizmatlarning boshqa xususiyatlarini qo'shish mumkin:
Xizmatlarni taqdim etish xizmat ko'rsatuvchi va iste'molchi o'rtasidagi sheriklik bilan tavsiflanadi. Ushbu faoliyatning natijasi foyda, foyda, ayniqsa xizmatlarni iste'molchi uchun juda muhimdir, shu tufayli u xizmat ko'rsatuvchi provayderning ishini bozor narxida to'laydi;
Iste'molchi ko'pincha xizmat ko'rsatish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Biroq, xizmatlarning butun turini ishlab chiqarish iste'molchining ishtirokisiz mumkin;
Xizmatlar iste'molchisi ularning egasi bo'la olmaydi. Ammo bu xizmat ko'rsatiladigan narsalarga taalluqli emas (masalan, ta'mirlangan televizor);
Xizmatlarni taqdim etish bu faoliyatdir, shuning uchun iste'molchilar ularni olish va to'lashdan oldin xizmatlarni sinab ko'rish va baholash mumkin emas;
Muayyan xizmat ma'lum bir foydalanish qiymatini faqat ma'lum bir vaqt va joyda ifodalaydi, bu uning bozorda o'rnini bosish imkoniyatlarini keskin cheklaydi.
Xizmatlar tovarlarning maxsus turi sifatida tobora turli xil shakllarga ega bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda ilmiy adabiyotlarda turli xil mezonlar qo'llaniladi va ularga muvofiq ravishda taklif etiladi. An'anaga ko'ra xizmat ko'rsatish sohasi moddiy va nomoddiy xizmatlarni o'z ichiga oladi.
Moddiy xizmatlar moddiy ishlab chiqarishda yaratilgan foydalanish qiymatlarini ko'chirishga yoki tiklashga qaratilgan. Bular yuk transporti, sanoat kommunikatsiyalari, moddiy-texnik ta'minot va sotish, savdo, umumiy ovqatlanish, poyabzal, kiyim-kechak, madaniy va maishiy buyumlarni ishlab chiqarish va ta'mirlash bo'yicha xizmatlar.
Nomoddiy xizmatlarga ta'lim, sog'liqni saqlash, yo'lovchilar transporti, madaniy-ma'rifiy muassasalar, jismoniy tarbiya va sport, davlat xizmatlari, maishiy xizmat ko'rsatishning ayrim korxonalari (hammom, kir yuvish, sartaroshxona) xizmatlari kiradi.
Mehmonxona biznesi aynan xizmatardan daromad qilishga yo’naltirilgan soha hisoblanadi. Mehmonxona asosan nomerlarini sotish va ovqatlantirish xizmatidan foyda qiladi. Shu sohaga mos xizmatlarning o’ziga xos xususiyati bu 4S qoidasi asosida tushuntiriladi.
Saqlanmaslik;
Sezilmaslik;
Sifatni doimiy emasligi
Iste’mol va ishlab chiqarishning parallel bo’lishi
Har biriga alohida izoh beradigan bo’lsak;
Saqlanmaslik- moddiy ishlab chiqarishdan farqli ravishda xizmat ko’rsatish sohasining mahsulotini tayyor qilib omborxonaga qo’yish mumkin emas.Bu butunlay imkonsiz.
Sezilmaslik-moddiy tovardan farqli xizmatni ushlash, sezish mumkin emas.Ya’niy bunda xizmatning nomoddiyligi haqida so’z boradi.
Sifatni doimiy emsligi- xizmat ko’rsatishning asosiy omili inson hisoblanadi. Inson esa kayfiyati , ishlash muhiti , mijozning ko’rinishiga qarab turli xil shaklda xizmat ko’rsatishi umumkin. Bu esa o’z navbatida xizmat ko’rsatish jarayonidagi turli o’zgarishlarga sabab bo’ladi, shu o’rinda sifat o’zgarishiga ham.Bundan tashqari bu iste’molchiga ham bog’liq.Kim uchundir sifatli ko’ringan xizmat boshqa mijoz uchun haddan tashqari rasmiy yoki aksincha bachkana ko’rinishi mumkin.
Ishlab chiqarish va iste’mol parallel amalga oshishi- birinchi xususiyatga ko’ra xizmatni saqlab bo’lmasligi haqida aytib o’tgan edim. Shu xususiyatning mantiqiy davomi sifatida aytish mumkinki, xizmatlar shu vaqtta yakka shaxs tomonidan ishlab chiqariladi ya’niy taqdim etiladi va shu vaqtning o’zida is’temol qilanadi. Ishlab chiqarish va iste’mol parallel ravishda amalga oshadi. O’rtada hech qanday tashish , rekalama , saqlash va yana shularga o’xshash xizmatlar mavjud emas.
Aslida xizmatning o’ziga xos xususiyatlari sifatida ko’p narsani gapirishimiz mumkin, lekin ularning hammasi ham alohida kategoriya emas. Ularni biri boshqasini izohlaydi, to’ldiradi va/yoki takrorlaydi. Har bir xizmat ko’rsatish turiga qarab xususiyatlar yana ko’payishi uchun. Demak, bu borada yagona fikrda to’xtab qolishimiz noto’g’ri bo’ladi.
Tovarning xususiyatlari Tovar bilan bog‘liq elementlardan biri uning markasi hisoblanadi.
Marka – bu nom, atama.Tovar belgisi –bu rasm, simvol, emblema bo‘lib, uni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi va u tovarni qaysi markaga tegishli ekanligini belgilaydi, u muayyan tovarni identifikatsiyalashda qo‘llaniladi.
Tovar raqobatchilar tovaridan markasi bilan osongina farqlanadi. Markali tovar tovarlarning umumiy massasi orasidan yaqqol ko‘rinadi, iste’molchilar ongida u ijobiy tasavvurga ega. Marka siyosatini amalga oshirish marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash, va nihoyat, marka strategiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Markaning nomi avvalo, tovarning xususiyati, asosiy sifatini aks ettirishi va boshqa belgilarga to‘g‘ri kelmasligi kerak. Buyumlar vaxizmatlardan tashqari shaxslar faoliyati, ularning manzili, ishlab chiqarishni, xizmatni tashkil etish shakllari va fikrlar, g‘oyalar ham tovar hisoblanadi. Ko‘pchilik rahbarlar, mahsulot ishlab chiqarganda faqat texnik detallariga e’tibor qaratadilar, lekin ko‘pchilik mijozlarning qarashi bunday emas. Mijozlar uchun mahsulot bu – o‘z ehtiyojlarini qanoatlantirishdir.Shunday ekan mahsulot sifati mijozlarning istaklari, qarashidan kelib chiqishi kerak.
Bundan tashqari xizmatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tovarning ham o’ziga xosliklarini ajratishimiz mumkin. Xususan tovarning yaroqlilik muddati bo’ladi va ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlari orasida hatto yillar o’tishi mumkin. Hatto ayrim turdagi vinolarni ishlab chiqarilganidan keyin 1-2 asr salqin joyda saqlanib, keyin qadoqlanadi.
Mahsulot va xizmatning farqi:
Mahsulot – bumoddiyyokifizikxususiyatgaegabo‘lib, uniko‘rishyokiushlabko‘rish, sotibolibungaegalikqilishmumkin. Odatda, mahsulotni sotib olayotganda nima xarid qilayotganingizni oldindan bilasiz va ko‘rasiz.
Xizmat esa – bir tomonning ikkinchi tomon uchun ko‘rsatayotgan xatti-harakatdir. Siz mijozga xizmat ko‘rsatganingizda, mijoz uni ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlamaydi, balki his etadi, foydalanadi, iste’mol qiladi.
Mahsulot korxonada ishlab chiqariladi va sotiladi. Mijoz kelgunga qadar do‘konda yoki omborda saqlanadi.Biroq xizmatlar odatda, avval sotiladi, keyin ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar mijozdan ancha uzoqda bo‘lishi mumkin, lekin xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz odatda yonma-yon turadi.
Xaridorlarning sotib olish odatlariga asosan keng iste’mol tovarlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Kundalik xarid tovarlari. Masalan, choy, tuz, tozalash vositalari, tamaki, sovun, gazeta va h.k.
Maxsus talab etiladigan tovarlar.Masalan, erkaklar kostyumi, avtomobillar, modadagi tovarlar.
Sanoatda ishlatiladigan tovarlar. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi va yangi qiymat yaratish darajasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
materiallar va detallar;
kapital shaklidagi mulk (inshootlar, yordamchi dastgohlar);
yordamchi materiallar va xizmatlar.
Ular tayyor mahsulotning asosini tashkil etmaydi, uning sifati, ko‘rinishi, xususiyatlarini oshiradi, mahsulotni tayyorlashga xizmat qiladi. Xarajat sifatida mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Masalan, yozuv qog‘ozi, moylovchi yog‘lar, toshko‘mir – yoqilg‘i sifatida, qalamlar, ip, podkladka materiallari va h.k.
Assortiment (ingl. Assortment, range) — firma (kompaniya) sotayotgan mahsulotlarning guruhlar, turlar, tiplar, navlar, o‘lchamlar va markalar bo‘yicha tarkibi. Tovar assortimenti, deganda – bir xil iste’mol ehtiyojimizni qondiradigan turli tovarlar xillarini tushunamiz. Masalan, non va non mahsulotlari –tovarning nomenklatura nomi, deb ataladi. Bu guruhga kirgan non turlari assortiment, deb ataladi.
Assortimentkengaytirilishi— assortimentkengligi (tovarguruhlarimiqdori) vachuqurligi (harbirguruhdagimodellar, markalarturlarimiqdori) bo‘yichafarqlanadi.Tovarassortimentiharbirturdagimahsulotniuningsifatxususiyatlaribo‘yichatarkibi, marka, navi, profilikabitomonlaribilanberilganmiqdordaajratilishidir. Mavjud tovarlar kategoriyalariga yangi variantlarning qo‘shilishi. Bunga o‘xshash kengaytirishni marketologlar savdo markasi nufuzi barbod bo‘lishi tavakkali bilan bog‘laydilar. Assortiment kengligi — bozorda taklif etilayotgan turli mahsulot liniyalari (tovar kategoriyalari)ning muayyan miqdori.
Assortiment siyosati — ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va uni maqbullashtirish yo‘li muammosini hal etishni nazarda tutadigan faoliyat. Assortiment siyosatining asosiy vazifasi ishlab chiqarish bo‘linmasidagi ishlab chiqarish tuzilmalarida quyidagilarni aniqlash hisoblanadi:
yangi mahsulot bilan takomillashtirish va zamonaviylashtirish talab etiladigan mahsulot, takomillashtirishni talab etmaydigan an’anaviy mahsulot, eskirgan mahsulot o‘rtasidagi nisbat (ulush)ni aniqlash;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va rejalashtirilgan sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlarini belgilash;
ishlab chiqarilayotgan bitta bir xil mahsulot andozalarini va o‘zgargan turlarini aniqlash;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning butun nomenklaturasi bo‘yicha hayotiylik davri tarkiblarini va assortimentni yangilash istiqbollarini aniqlash;
mahsulotning tabaqalanish darajasini va yangi mavjud mahsulotlar texnologik umumiyligi darajasini aniqlash.
Brend (ingl. Brend) — soddalashtirilgan va tor ma’noda talqin qilganda ushbu termin muayyan mahsulotning xususiy nomini uning yaratuvchi ijodkori va egalik qiluvchi sohibi tomonidan berilgan individual xarakteristikasi va vizual identifikatsiyasi bilan birgalikda anglatadi. «Brending» – bu mahsulotni iste’molchilarga osonlik bilan «toptirish» uchun nom, belgi, logotip yoki ularning aralashmasidan foydalanish.Har gal iste’molchi supermarketga borganda yangi mahsulot sotib olish uchun «tavakkal» qilishni xohlamaydi, ular ishonchli, o‘zi, biladigan narsani sotib oladi.Brendni targ‘ibot qilish ham ishlab chiqaruvchiga, ham iste’molchiga foydali. Yaxshi brend marketing xarajatlari va sotish vaqtini kamaytiradi.
«Trademark» - ma’lum bir so‘z yoki iboraning faqat bir kompaniya tomonidan o‘z mahsulotlari uchun ishlatilishining ro‘yxatdan o‘tganligi. «Service mark» — trademark bilan bir xil, faqat xizmatlar uchun qo‘llaniladi.