2.4. “Bajaruvchi” quyidagilarga majbur: 2.4.1. “Buyurtmachi” bilan tuzgan shartnomasi Gʻaznachilik boshqarmasi ro‘yxatdan oʻtkazilgandan soʻng “Xizmatlar”ni koʻrsatish:
2.4.2. "Buyurtmachi"ga "Xizmatlar"ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki "Buyurtmachi" tomonidan mazkur shartnomaning belgilangan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda koʻrsatish;
2.4.3. Agar "Xizmatlar"ni koʻrsatish jarayonida "Bajaruvchi" shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, "Buyurtmachi"ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni 3 kun muddatda tekin tuzatib berish
III. SHARTNOMANING BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI 3.1. Mazkur shartnomaning bahosi 2 000 000 soʻmni tashkil etadi.
3.2. "Buyurtmachi" koʻrsatiladigan "Xizmatlar" turkumi summasining 100 foizi miqdorida 2023 yilning dekabr oyida oldindan haq toʻlanadi.
IV. SHARTNOMANING BAJARILISHI 4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak. Agar tomonlar oʻz zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini taʼminlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
4.3. "Xizmatlar" qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi. “Buyurtma”chining Hisob-kitob hujjatida gʻaznachilik boʻlinmalarining shtampida koʻrsatilgan sana "Xizmatlar"ga haq toʻlash boʻyicha "Buyurtmachi" majburiyatlari bajarilgan sana hisoblanadi.
4.4. "Buyurtmachi" muddatlar buzilgan holda koʻrsatilgan "Xizmatlar"ni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
4.5. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda "Xizmatlar" koʻrsatilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi koʻrsatilmagan "Xizmatlar" oʻrnini toʻldirish sifatida qaralmaydi va koʻrsatilmagan "Xizmatlar"ning oʻrni toʻldirilishi kerak, bunday "Xizmatlar" "Buyurtmachi"ning oldindan berilgan yozma roziligi boʻyicha koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.