Xizmatlar koʻrsatishga (ishlarni bajarishga) oid shartnoma №


V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI



Yüklə 28,92 Kb.
səhifə3/4
tarix22.12.2023
ölçüsü28,92 Kb.
#190333
1   2   3   4
Хизмат кўрсатиш бўйича шартнома Pul тушуриш учун

V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. "Xizmatlar" koʻrsatish boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun "Bajaruvchi" "Buyurtmachi"ga belgilangan ustamalardan tashqari koʻrsatilishi kerak boʻlgan "Xizmatlar"ning 25 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Jarimadan tashqari, "Bajaruvchi" "Buyurtmachi"ga "Xizmatlar" koʻrsatilmasligi natijasida yetkazilgan zararni toʻlaydi.
5.2. Koʻrsatilgan "Xizmatlar" uchun oʻz vaqtida haq toʻlanmaganda "Buyurtmachi" "Bajaruvchi"ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,5 foizi miqdorida maxsus hisobraqamidan penya toʻlaydi, biroq bu kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Penyani toʻlash shartnoma shartlarini buzgan tarafni ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni koʻrsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.


VI. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.
6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.


VII. SHARTNOMANING AMAL QILISHI
7.1. Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob toʻliq tugallangan taqdirda toʻxtatiladi.
7.2 Mazkur shartnoma “___” ________ 2023-yil 2 nusxada tuzilgan boʻlib 2023-yil “31”dekabrgacha amal qiladi.
YIII. YAKUNIY QOIDALAR
8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri uchun bir nusxadan ikki nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.



Yüklə 28,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin