XI sinf biologiya fanidan laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish metodikasi (umumta’lim ma
TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI Ish bajarish tartibini puxta o`zlashtirishdan va tajriba o`tkazish uchun
asboblarni to`g`ri yig`ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik
kerak.
1.Moddalarni bevosita hidlash , ushlash ,ta’mini totish mutlaqo mumkin emas.
2.Tajriba davomida termometr sinib qolsa ,undagi simobni maxsus usullar bilan
tezda yig’ishtirib olish va simob to’kilgan joyga oltingugurt sepish kerak.
3.Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik
,ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak.
4.Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish
lozim.
5.Yong’in chiqqan tajribada avvalo ,o’t chirilishig sabab bo’lgan manba o’chiriladi,
so’ngra qum sepiladi yoki yopgich yopiladi. Alanganing yoyilish xavfi bo’lsa o’t
o’chirgichdan foydalanish kerak.
6.Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotkorlik bilan qizdirish va bunda
ularning og’zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo’lishi kerak.
7.Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish ,
maxsus ko’zoynak taqib olish zarur.
8.Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash
mumkin emas.
9.Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo’ylab suvga quyish
kerak.
10.Kislotalar saqlanadigan idishlarni to’kilmaydigan va sachramaydigan qilib
ishlatish kerak .
11. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga , ko’zga, teriga zarar va jarohat
yetkazishi mumkin. Shuning uchun nojo’ya harakat qilmaslik, moddalar bilan
hazillashmaslik kerak.
14.Tajriba tugagach gaz, elektr va tarmoqlarini berkitish, asboblarni
o`chirish kerak.
15.Laboratoriya jihozlari va asboblaridan to’g’ri foydalanish kerak.
16.Barelyef modeli, gerbariylar, suvli preparatlar, skeletlardan to’g’ri foydalanish
kerak.
17.Mikroskopdan foydalanishda xatolikka yo’l qo’ymaslik lozim.
18.Ish joyining toza va ozoda saqlanishini ta’minlash lozim.