21
XULOSA
Biologiya darslarida berilayotgan nazariy bilim ko’pgina
hollarda
o’quvchilarning xotirasidan ko’tarilishi sir emas. Shu sababli dars jarayonida
o’zlashtirilgan bilimlar laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar bilan mustahkamlansa,
o’quvchilarda olingan bilimlarni hayotga qo’llay olish ko’nikma malakasining
rivojlantirilishiga samaraliroq erishilgan bo’lar edi.
Odam va uning salomatligi
fanidan laboratoriya mashg’ulotlarni bajarish jarayonida o’quvchilar dars jarayonida
o’zlashtirgan nazariy bilimlaridagi bo’shliqlarni to’ldirish imkoniyatiga ega
bo’ladilar. O`quvchilarga o’rganilayotgan jarayon yoki hodisaning mohiyatini
anglashga, ular o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarini
tushunishga, biologik
qonuniyatlarni «qayta kashf » etish imkoniyati beriladi. Tajriba natijalarini
umumlashtirish,
xulosa yasash, uni rasmiylashtirish o’quvchilarda tadqiqotchilikni
rivojlantiradi. Biologik tajribalar darsda,
darsdan tashqari ishlarda, tirik tabiat
burchagida va o’quv tajriba maydonchasida o’tkazilishi mumkin. Laboratoriya
mashg’uloti jarayonida qisqacha nazariy
bilimlarning takrorlanishi, ishning borish
tartibining yozilishi va tahlil qilinishi, kerakli
jihozlar bilan tanishilishi, xulosalar
yozilishi mashg’ulotning samaradorligini oshiradi.
XI-sinf biologiya fanidan laboratoriya mashg`ulotlarning o`tkazib borilsa
o`quvchilar tirik organizmining tuzilishi va unda sodir bo`ladigan
biologik
jarayonlar haqida yanada ko`proq bilim, ko`nikma va malakaga ega bo`ladilar.
Ushbu uslubiy ko`rsatmadan umumiy o`rta ta’lim maktab va kasb-hunar kollej
biologiya fan o`qituvchilari foydalansa bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: