1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI
VAZIRLIGI
SAMARQANDDAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI XALQ TA’LIMI
XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
SAMARQAND – 2019
2
3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI
VAZIRLIGI
SAMARQANDDAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI XALQ TA’LIMI
XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
(umumta’lim maktablarining biologiya fani o‘qituvchilari uchun uslubiy
ko’rsatma)
SAMARQAND – 2019
4
Yunusova N.A, Salimova D.M.
XI sinf biologiya fanidan laboratoriya
mashg`ulotlarini bajarish metodikasi (umumta’lim maktablarining biologiya fani
o‘qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma ) -24 bet. Samarqand, 2019.
Mas’ul muharrir
:
J.Eshquvvatov –
VXTXQTMOHM Ilg`or
pedagogik texnologiya va tajribalarni joriy etish
bo`lim boshlig`i
Taqrizchilar:
G.Dushanova
– SamDU biologiya fakulteti,
biologiya fanlari nomzodi
Z.Pulatova
-VXTXQTMOHM Aniq va tabiiy
fanlar metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Uslubiy ko`rsatmada Xi sinf biologiya fanidan laboratotiya mashg`ulotlarini
bajarilish tartibi va mashg`ulotning borishi, dars jarayonini mustahkamlash uchun
topshiriqlar, mashg`ulotlar xulosalar bilan yoritib berilgan.
Ushbu uslubiy ko’rsatma SamDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Ilmiy metodik
kengashining 2019 yil 12 martdagi 4-3/6 -sonli yig`ilish bayonnomasida tasdiqlandi
va qaroriga nashrga tavsiya etildi.
5
KIRISH
Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy
maqsadi hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida va erkin demokratik jamiyatga
moslashgan, ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan, faol, ma’naviy yetuk va har
tomonlama bilimdon komil insonni tarbiyalashdan iborat. Umumta’lim maktablarida
tabiiy fanlarni o`qitishda o`quvchilar uchun belgilangan bilim, ko`nikma va
malakalarni egallashlarida laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarini bajarish muhim
ahamiyatga ega. Maktab o`qituvchisi biologiyadan dars berar ekan, DTS ni to`liq
bajarishi, unda qayd qilingan bilimlar hajmini o`quvchilarga yetkazishi, o`quv-
ko`nikma malakalarini shakllantirishishi lozim.
Biologiya dars samarodorligining muhim sharti – barcha o‘quvchilarni butun
dars jarayonida faol ishlashlarini faollashtiruvchi asosiy vosita – ular bajaradigan
laboratoriya mashg`ulotidir. Laboratoriya mashg`uloti - butun sinf o’quvchilari
tomonidan bitta mavzu bo’yicha bir xil asboblardan foydalanib bajariladi.
Laboratoriya mashg`uloti darsning uzviy tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Bunda
o`quvchilar avval o`rgangan bilimlarini amaliyotda tekshirib ko’rish bilan birga
asboblarni ishlatish, biologik jarayonlarni kuzatish amaliy ko’nikmalarini
shakllantiradilar.
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazishda avvalo o`quvchilar mavzular
yuzasidan puxta nazariy bilimga ega bo`lishlari kerak. O`quvchilar laboratoriya
mashg`ulotida yangi materialni o`rganib, kuzatib, tabiiy obyektlardan foydalanib,
yakka holda yoki guruhda bajaradilar. Ushbu uslubiy ko`rsatmada XI sinf biologiya
fanidan laboratotiya mashg`ulotlarini bajarilish tartibi, texnika xavfsizlik qoidalari,
mashg`ulotning borishi va xulosalari berilgan. Biologiya fan o`qituvchilari ushbu
qo`llanmadan foydalanib, odam va uning salomatligi darslarida laboratoriya
mashg`ulotlarini o`tkazish davomida keng foydalanishlari mumkin.
6
Dostları ilə paylaş: |