7
1-LABORATORIYA MASHG'ULOTINI BAJARISH METODIKASI.
MAVZU: ABIOTIK OMILLARNING TIRIK ORGANIZIMLARGA
TA’SIRINI O’RGANISH.
Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi:
Muhit omillari: yorug’lik, namlik,
tuproq tarkibinini tirik organizimlarga ta’sir qilishini aniqlash,
tirik organizimlarga
abiotik omillarning ta’sirini tahlil qilish. Tayanch va xususiy kompetensiyalarni
shakllantirish.
Kerakli jihozlar:
yorongul yoki koleus o’simliklarining(
yoki boshqa xona
o’simliklari) novdalari, gultuvaklar.
Ishning borishi:
1.Ushbu tajriba biologiya xonasida laboratoriya mashg’uloti o’tkaziladigan
kundan
bir yarim oy avval qo’yiladi va o’quvchilarning kuzatishi tashkil etiladi.
2.Bir tup xona o’simliklaridan bir xil ko’lamdagi to’rt dona uchtadan bo’g’imi
bo’lgan yon novdalarini kesib oling. Yuqori bo’g’imdagi bargni qoldirib,
pastki
bo’g’imdagi barglarni kesib tashlang. Novdalarni ildiz chiqarguncha suvga solib
qo’ying. Ildiz 2 sm ga yetgach 1 va 2- novdalarni
oddiy tuproq solingan
gultuvaklarga 3-va 4- novdalarni esa chirindiga boy tuproq solingan gultuvaklarga
eking. 1- va 3- gultuvaklardagi o’simliklarni janubga qaragan derazalarga qo’ying.
2-va 4- gultuvaklrdagi o’simliklarni derazadan 3-4 metr uzoqga joylashtiring.
Birinchi uch kunlikda barcha o’simliklarni ko’p miqdorda sug’oring. Keyinchalik 1-
va 3- gultuvaklardagi o’simliklarni yetarli miqdor sug’oring. 2-va 4-
gultuvaklardagi o’simliklarni normadan kamroq sug’oring.
3.Osimliklarning o’sishi va rivojlanishi ustida kuzatish olib boring.
Kuzatish
natijalarini har hafta jadvalga yozib boring.