Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi samarqand



Yüklə 161,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix07.01.2024
ölçüsü161,32 Kb.
#201980
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
XI sinf biologiya fanidan laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish metodikasi (umumta’lim ma

 
 
 
 
 
 
 
 
 


21 
XULOSA 
Biologiya darslarida berilayotgan nazariy bilim ko’pgina hollarda 
o’quvchilarning xotirasidan ko’tarilishi sir emas. Shu sababli dars jarayonida 
o’zlashtirilgan bilimlar laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar bilan mustahkamlansa, 
o’quvchilarda olingan bilimlarni hayotga qo’llay olish ko’nikma malakasining
rivojlantirilishiga samaraliroq erishilgan bo’lar edi. Odam va uning salomatligi 
fanidan laboratoriya mashg’ulotlarni bajarish jarayonida o’quvchilar dars jarayonida 
o’zlashtirgan nazariy bilimlaridagi bo’shliqlarni to’ldirish imkoniyatiga ega 
bo’ladilar. O`quvchilarga o’rganilayotgan jarayon yoki hodisaning mohiyatini 
anglashga, ular o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarini tushunishga, biologik 
qonuniyatlarni «qayta kashf » etish imkoniyati beriladi. Tajriba natijalarini 
umumlashtirish, xulosa yasash, uni rasmiylashtirish o’quvchilarda tadqiqotchilikni 
rivojlantiradi. Biologik tajribalar darsda, darsdan tashqari ishlarda, tirik tabiat 
burchagida va o’quv tajriba maydonchasida o’tkazilishi mumkin. Laboratoriya 
mashg’uloti jarayonida qisqacha nazariy bilimlarning takrorlanishi, ishning borish 
tartibining yozilishi va tahlil qilinishi, kerakli jihozlar bilan tanishilishi, xulosalar 
yozilishi mashg’ulotning samaradorligini oshiradi. 
XI-sinf biologiya fanidan laboratoriya mashg`ulotlarning o`tkazib borilsa
o`quvchilar tirik organizmining tuzilishi va unda sodir bo`ladigan biologik
jarayonlar haqida yanada ko`proq bilim, ko`nikma va malakaga ega bo`ladilar. 
Ushbu uslubiy ko`rsatmadan umumiy o`rta ta’lim maktab va kasb-hunar kollej 
biologiya fan o`qituvchilari foydalansa bo`ladi.

 
 

Yüklə 161,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin