Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish va uning oldiga qo’yiladigan vazifalar



Yüklə 386,77 Kb.
səhifə6/12
tarix25.12.2023
ölçüsü386,77 Kb.
#194415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil e

Moliyaviy qo’yilmalar hisobi.

Moliyaviy qo’yilma bu kutubxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma kutubxonalar, aksioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish shuningdek boshqa kutubxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.


Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi.
Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Kutubxonaning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi.
140 “Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari” subschyotida tashkilotlarning vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larini banklarga depozitga qo‘yilishi aks ettiriladi.
Vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larning banklarga depozitga qo‘yilishi 11 schyotning tegishli subschyotlari kreditida va 140 “Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari” subschyotining debetida aks ettiriladi. Ushbu mablag‘larning tashkilot hisobvaraqlariga qaytarilishi esa, aksincha, 11 schyotlarning tegishli subschyotlari debetida va 140 “Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Depozitga qo‘yilgan mablag‘lar bo‘yicha foiz ko‘rinishidagi daromadlarning hisoblanishi 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi. Ushbu foiz ko‘rinishidagi daromadlarning kelib tushishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning debetida va 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Tashkilotlar tomonidan vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini banklarga depozitga qo‘yilishi qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.



Yüklə 386,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin