Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish va uning oldiga qo’yiladigan vazifalar


Materiallar, inventarlar va xo’jalik jihozlari hisobi



Yüklə 386,77 Kb.
səhifə2/12
tarix25.12.2023
ölçüsü386,77 Kb.
#194415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil e

Materiallar, inventarlar va xo’jalik jihozlari hisobi.
Materiallar, inventarlar va xo’jalik jihozlari hisobi Muassasalarida inventar va xo’jalik jihozlari tahlili juda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki xizmat ko’rsatish darajasi va sifati muas-sasadagi inventar va jihozlarning qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi. Masalan, tizimda inventar va xo’jalik jihozlarining yetarli bo’lishi, avvalo, ishlash tizmini oshirish sharoit yaratibxodim va mijozlarning dam olishlariga qulayliklarni vujudga keltirib,ish sifatining yuqori darajada bo’lishiga imkon yaratadi. Sog’likni saqlash tizimida bemorlarni davolash sifatini oshirishda va sanitariya-gigiyena holatini yuqori darajada bo’lishi bevosita inventar va xo’jalik jihozlari bilan ta’minlanishiga bog’liq bo’ladi.
tizmda har bir bino uchun inventar va jihozlarga alohida moddiy javobgar shaxsni rahbarni buyrug’i asosida tayinlanganligini buxgal-teriya hisobida inventar va xo’jalik jihozlari uning javobgarligiga o’tkazil-ganligi to’g’risidagi dalolatnomaning mavjudligini tekshirish. (shifoxonalarda har bir bo’lim uchun).
Javobgar shaxs tomonidan xo’jalik omboridan olingan inventar va jihozlarni muassasa buxgalteriyasida o’z vaqtida kirim qilinishi va xizmat muddati tugagan inventar va jihozlarni tegishli dalolatnomalar orqali uning zimmasidan chiqarilganligini nazorat qilish.
Tahlil jarayonida har bir inventar va xo’jalik jihozini turini, marka-sini va boshqa ko’rsatkichlarni ularning buxgalteriya hisobidagi kirim hujjatlariga mos kelishini nazorat qilish (ayrim hollarda bir turdagi bahosi arzon inventarlarni, markasi va bahosi qimmatlariga almashtirib qo’yish holatlari kuzatiladi).
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlanadigan boshlang’ich materialdan iborat. Ularga xom-ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugalanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruhga yordamchi materiallar va yoqilg’ilar ham kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat birgina ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinib, o’zlarining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o’tkazadi.
Xom-ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning ehtiyot qismlari tayyorlanadigan metalning har xil turlari (po’lat, cho’yan va boshqalar) xizmat qiladi. Xom-ashyo deganda hisob amaliyotida asosiy materiallar (ruda, paxta, qand lavlagisi va boshqalar) tushuniladi.
Yordamchi materiallar, asosiylardan farqli o’laroq, tayyorlanayotgan mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. Bunda ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga qo’shish (biriktirish) yo’li bilan ularga sifat o’zgarishlarini kiritish uchun (bo’yoqlar, laklar, elimlar), yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun - binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigienasini ta’minlab turish uchun (elektrotexnikaviy materiallar, sovun, qipiq va shu kabilar) ishlatiladi.
Yoqilg’i, o’z mohiyatiga ko’ra yordamchi materiallarning bir turidir, yordamchi materiallar singari, ular yoki mehnat vositalari tamonidan iste’mol qilinadi (energetik yoqilg’i) yoki asosiy materiallarga qo’shiladi (texnologik yoqilg’i), mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi (isitish uchun ishlatiladigan yoqilg’i). Hisobda yoqilgi yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga ajratilgan. Yordamchi materiallarning ko’pchilik qismi singari, yoqilg’ining xususiyati shundan iboratki, u o’zining natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan yoqilg’ining qiymati, yordamchi materiallarning qiymatiga o’xshab, ishlab chiqarish chiqimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
Yarim tayyor mahsulotlar, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o’tgan, lekin hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi (ma’lum sex yoki ma’lum uchastkadagi) barcha ishlov operatsiyalanini o’tgan bo’lsalar ham, lekin ishlov yoki yig’ish uchun navbatdagi bosqich (navbatdagti sexga, uchastkaga) yo’naltirishishi kerak bo’ladi. Masalan, yarim tayyor mahsulotlarga mashinasozlik zavodining tayyorlovchi sexi tomonidan ishlab chiqarilgan, lekin shu zavodning qayta ishlash sexida ishlanishi davom etadigan detallar kiradi. Bir sexda ishlovdan o’tgandan keyin, yarim tayyor mahsulotlar odatda omborga topshiriladi, keyinchalik omborlardan, ularga bo’lgan ehtiyojga qarab, navbatdagi sexga ishlov yoki yig’ish uchun kelib tushadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda (ish joylarida) joylashgan mehnat buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham, yarim tayyor mahsulotlarga o’xshab, ba’zibir ishlov bosqichlarini o’tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat bo’ladi. Lekin, yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha ishlovlardan to’la o’tgan bo’lsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu erda hali ishlanishi lozim bo’ladi.
Muomaladagi mablag’lar, ya’ni muomala buyumlari, pul mablag’lari, hisob - kitobdagi mablag’lar (debitorlik qarzlari) va xizmat qiluvchi mablag’lardan iborat.
Muomala buyumlari kutubxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun mo’ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyga qarab muomala buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo’natilgan tovar (tayyor mahsulot) ga bo’linadi. Ortib jo’natilgan tovarlarni muomala buyumlariga qo’shilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun pul to’lagunga qadar (kassa usulida) ular mazkur kutubxonaning mulki hisoblanadi. Hisoblash (nachislenie) usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo’natilgan mahsulot uni ishlab chiqaruvchi kutubxonaning mulki bo’lmay, balki sotib oluvchi kutubxonaning mulki hisoblanadi va to’lovning yo’qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini anglatadi. Ushbu xolda mazkur obyekt muomala doirasidan hisob-kitobdagi mablag’larga o’tadi.
Muomala sohasiga xizmat qiluvchi mablag’lar shu sohada xizmat qiladigan har xil binolar, asbob-uskunalar va inventarlardan iborat. Bunday mablag’larga tayyor mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish kutubxonasiga qarashli savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar (tarozilar, sovituvchi qurilmalar, tokchalar hamda shu yerda joylashgan xo’jalik inventarlarining buyumlari – stollar, stellar, shkaflar va hokazolar) kiradi.
063 “Inventar va xo‘jalik jihozlari” subschyotida tashkilotning kundalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xo‘jalik materiallari va kanselyariya buyumlari (elektr lampalari, sovun, cho‘tka va h.k.), shuningdek, boshqa inventar va xo‘jalik jihozlari hisobga olinadi.
Inventar va xo‘jalik jihozlarining hisobi moddiy javobgar shaxslar tomonidan buyumlarning nomi va miqdori bo‘yicha M-17-son shakldagi materiallarning ombor hisobi daftarida yuritiladi. Bu buyumlarning ombordan berilishi 434-son shakldagi yuk-xati (talabnoma) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Buyumlar ombordan berilayotganda tashkilotning, bo‘limning nomi, foydalanishga topshirilgan yili va oyi ko‘rsatilgan markirovkali shtamp qo‘yiladi. Markirovka bo‘yoq (yuvganda va kimyoviy vositalar ta’sirida o‘chmaydigan bo‘lishi lozim) yordamida qilinadi yoki jeton bilan mahkamlanadi.

Yüklə 386,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin