Xoldarova layloxonning injiniring va atrof muhitni muhofazalovchi texnikalar fanidan tayyorlagan


Filtratsiyada yuqori chang yutish hajmiga va regeneratsiyadan keyin ham chang zarralarini yutish bo ‘yicha yetarli darajada samaraga ega bo ‘lishi. 2



Yüklə 101,67 Kb.
səhifə3/4
tarix29.03.2023
ölçüsü101,67 Kb.
#91178
1   2   3   4
ScSCcOLtuSAExmFa6KKkeaDpE8-a3O5z

1. Filtratsiyada yuqori chang yutish hajmiga va regeneratsiyadan keyin ham chang zarralarini yutish bo ‘yicha yetarli darajada samaraga ega bo ‘lishi.
2. Yuqori changlangan holatda ham havoni yaxshi o ‘tkazish qobiliyatini saqlashi.
3 Gazlarda agressiv muhit va namlik yuqori bo ‘Iganda, yeyilish, egilish holatlarida ham mexanik chidamlilikka va barqarorlikka ega bo ‘lishi.
4 Ushlab qolingan chang zarralarini oson ke tka tish (regeneratsiyalash) imkoni bo‘lishi.
5 Ishlatiladigan filtr materiali qimmat bo ‘Imasligi lozim.
Ishlatiladigan filtr materiallari yuqorida keltirilgan talablaming barchasiga javob bermasligi mumkin. Shuning uchun filtr materialini tanlayotganda tozalash jarayoniga qo‘yilgan talablar va jarayon muhitlari e’tiborga olinadi. Masalan, paxta tolasidan tayyorlangan filtrlar yaxshi filtrlash qobiliyatiga ega, narxi ham arzon, lekin kimyoviy va termik barqarorligi past, yonuvchan hamda namlikka chidamsiz. Jun materialidan tayyorlangan filtrlar ham yuqori filtrlash
xususiyatiga ega, havoni yaxshi o‘tkazadi, lekin kislotali muhitga chidamsiz, yuqori haroratda mo‘rt bo‘hb qoladi, narxi ham paxta tolasidan tayyorlanganiga nisbatan qimmatroq. Sintetik tolalardan tayyoriangan filtrlar turli muhitlarga o‘zining barqarorligi tufayli tabiiy tolalardan tayyorlangan filtr materiallaridan ustun turadi. Ular ichida nitron, lavsan tolalaridan tayyorlangan filtr materiallari 120 — 150°C haroratga, kislotali muhitlarga chidamli, lekin ishqoriy muhitda uning barqarorligi keskin tushib ketadi. Toza filtr materiallarining aerodinamik xossalari havoni yaxshi o‘tkazish qobiliyati orqali belgilanadi, ya’ni ma’lum bosim farqida ( дp ) havo sarfi, odatda 49 Pa ga teng boladi. Havo o‘tkazuvchanligi m3/(m 2 min) da ifodalanib, AP =49 Pa da filtratsiya tezligiga (m/minda) son jihatdan teng bo‘ladi. Changlanmagan filtr materiallarining havo o'tkazuvchanligji 0,3 — 2 m3/(m2. min) da qarshiligi AP =5 — 40 Pa ga teng bo‘ladi. Changlanish oshgan sari materiallarning aerodinamik qarshiligi oshib boradi, filtr orqali havoning sarfi esa kamayadi. Filtr materiallari teskari yo'nalishda havo yordamida puflash, mexanik silkitish yoki boshqa usullar yordamida regeneratsiya qilinadi. Bir necha filtratsiya-regeneratsiya sikllaridan keyin filtr materialida qoldiq chang zarrasi stabillashib o‘mashib qoladi. Ushbu qoldiq miqdor materialning muvozanat chang miqdori — q (kg/m 2 da) va changlangan materialning qoldiq qarshiligiga — AP muvofiqdir. Bu kattaliklaming mohiyati filtrlash materialining tipiga, chang zarralarini razmeriga va xossalariga bog'liqdir.



Yüklə 101,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin