Tolali filtrlar. Tolali filtrlar. Ushbu filtrlaming filtrlovchi elementi bir yoki bir necha qavatdan iborat bo'lib, ular orasida tolalar bir xil taqsimlangan bo‘ladi. Bunday filtrlar hajmiy ta ’sirga ega bo‘lib, zarralami qavatlarning butun chuqurligi bo‘yicha ushlab qoladi va yig‘adi. Chang zarralarining yaxlit qatlami faqat zich material ustida hosil bo'ladi. Filtrlar uchun tabiiy yoki maxsus ishlab chiqilgan va qalinligi 0,01 dan 100 mkm gacha boMgan tolalar qo‘llaniladi. Filtrlovchi qatlam qalinligi 0,1 mm dan (qog‘ozli) to 2 m gacha (uzoq vaqt ishlatiluvchi, ko‘p qatlamli, nasadkali filtrlar) bo‘lishimumkin. Chuqur tozalovchi tolasimon filtrlar atom energetikasida, radioelektronikada, aniq asbobsozlikda, sanoat mikrobiologiyasida, kimyoviy farmatsevtikada va boshqa sohalarda qo'llaniladi. Filtrlar katta hajmdagi gazlarni uning tarkibidagi barcha razmerdagi qattiq zarralardan va submikron zarralardan tozalash uchun ishlatiladi. Ular gazlarni radioaktiv aerozollardan tozalash uchun ham qo'llanilishi mumkin. Bularda filtrlash tezligi 0,01 — 0,15 m/sek ni tashkil etadi. Ishlatilgan fiitrlami regeneratsiyasi samarasiz yoki imkoni yo‘q. Ular uzoq muddatga ishlatishga (0,5 — 3 yil) moMjallangan. Shundan keyin ishlatilgan filtr yangisiga almashtiriladi.
Donador filtrlar. Ushbu filtrlar tolasimon filtrlarga qaraganda gazlarni tozalashda kamroq ishlatiladi.
Donador filtrlarning afzalliklari: yuqori haroratda va agressiv muhitda ishlash imkoni borligi, katta mexanik va bosim o'zgarishlarining og‘irligini ko‘tarishi hamda keskin harorat o‘zgarishlariga chidamliligidir. Donador filtrlar nasadkali va qattiq donadorli filtrlarga bo'linadi.Nasadkali (to‘kiladigan) filtrlar. Bunday filtrlarda filtrlovch elementlar bir-biri bilan bog‘lanmagan bo‘lib, granula, bo‘lak, tabletka kabi ko'rinishga ega bo‘Igan g‘ovaksimon moddalardan iborat bo‘ladi. To‘kiladigan nasadkali filtrlarda moddalar sifatida qum, shlak, grafit, yog‘och qipiqlari, koks, rezina, plastmassa ushoqlari, maydalangan tog‘ jinslari kabi moddalar ishlatiladi. Moddalar talab etiladigan tozalash darajasi, muhitning kimyoviy va termik holatidankelib chiqqan holda tanlanadi. Donadorli qattiq filtrlar. Ushbu filtrlarda donalar bir-biri bilan o‘zaro qizdirish yoki yopishtirish natijasida yaxlitlangan ko‘rinishda bo‘lib, qo‘zg‘almas sistemani tashkil etadi. Bularga g‘ovaksimon keramika, metall, plastmassalar kiradi. Filtrlar yuqori haroratga, korroziyaga va mexanik zarbalarga chidamh bo‘lib, siqilgan gazlarni filtrlashda qo'llaniladi. Bunday filtrlaming kamchiligi: qimmatligi, katta gidravlik qarshilikka egaligi va regeneratsiya jarayonining murakkabligi.
Regeneratsiya jarayoni to‘rt usulda olib boriladi: 1) teskari yo'nalishda havo bilan puflash;
2) teskari yo‘nalishda suyuq eritmalarni o‘tkazish;
3) issiq bug‘ni o‘tkazish;
4) reshotkaga joylashtirilgan filtrlash elementlarini vibratsiyalash
yoki tebrantirish (qimirlatish).
Yuqorida ко‘rib chiqilgan barcha filtr turlari sanoat korxonalarida talab etilgan tozalash darajasi, manba holati, gaz hajmi, uning tarkibidagi chang zarralarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi va ishlatiladi.