Xom ashyoni to‘quvchilikka tayyorlash



Yüklə 341,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.03.2023
ölçüsü341,25 Kb.
#88133
  1   2
1-maruza



1 -MAVZU. “XOM ASHYONI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH” 
FANIGA KIRISH TO‘QUVCHILIKKA KELTIRILADIGAN IPLAR VA 
O‘RAMALAR TURLARI
Ma’ruza rejasi 
1. Kirish. 
2. O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini tutgan o‘rni. 
3. To‘quvchilik sohasida yaratilgan yangi tehnika va tehnologiyalarning 
asosiy yo‘nalishlari 
4. To‘qima ishlab chiqarishni ko‘paytirish omillari. 
1. Insoniyat tarihida to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bundan bir 
necha ming yillar oldin ma’lum bo‘lgan. Qo‘lda ip tayyorlash va gazlama to‘qish 
Hindiston, Hitoy, Misr va O‘rta Osiyoda miloddan bir necha asr ilgari ma’lum 
bo‘lgan. To‘qimachilik sanoati - engil sanoatning tabiiy va sun’iy tolalardan turli 
gazlama, ip va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan yirik tarmog‘idir.
To‘qimachilik sanoati to‘qimachilik hom-ashyosidan ip gazlama, zig‘ir 
tolasidan gazlama to‘qish, jun, shoyi, noto‘qima materiallar, to‘r to‘qish, 
to‘qimachilik-attorlik, trikotaj kigiz-namat va boshqa sohalarni o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati mahalliy xomashyoni qayta ishlashga 
asoslangan ko‘p asrlik tarixga ega: paxta tolasi, ipak, terichilik, kaolin kabilar 
mamlakatning milliy boyligi hisoblanadi. Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekiston orqali 
o‘tishi, bu yerda ishlangan paxta va ipakli matolar hunarmandchiligi, o‘ziga xos 
xushbichim milliy ust-bosh va oyoq kiyimlar, suratlar chizilgan sopol idishlar 
dunyoning ko‘plab davlatlariga mashhur bo‘lgan. Hozirgi vaqtga kelib, dunyoda 
eksportni amalga oshiruvchi yengil sanoat, tarmoqlar orasida yuqori reytingga ega 
bo‘lib turibdi. Bu soha eksport tolarlar nomenklaturasida yigirilgan ip-kalavadan 
tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan keng tarmoqni o‘z ichiga olgan. Shu nuqtayi 
nazardan sohaning eksport potensiali salmoqli o‘ringa ega bo‘lib, uning rivojlanish 
yo‘nalishi mavjud strategik investor, jahon bozoridagi tovarlar kon’yunkturasi, 
biznes rejaning samaradorligi, kadrlarning eksport ishlab chiqarish talablariga 
muvofiq kelishiga bog‘liqdir. 
To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, zamonaviy yuqori texnologiyalardan 
foydalanish va bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud xomashyolardan foydalanib, 
raqobatbardosh sifatli yangi turdagi to‘qimalarni ishlab chiqarish dolzarb 
masalalardan biri hisoblanadi. 
Iplarni to‘quvchilikka tayyorlash ip va to‘qima ishlab chiqarish jarayoni 
o‘rtasidagi bog‘lovchi texnologik zveno bo‘lib hisoblanadi.


To‘quvchilik ishlab chiqarish texnologik jarayoni asosan quyidagilardan: 
ishlab chiqarilayotgan to‘qimalar assortimenti, xomashyo va to‘qimalarning 
tuzilishidan tashkil topgan. 
Mahsulotning fizik-mexanik xususiyatlarini saqlagan holda ularning 
tannarxini kamaytirish to‘qimachilik mutaxassislarining asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Aynan shuning uchun ham turli xil to‘qimachilik iplarini ishlab chiqarishga jorish 
etish masalasiga katta e'tibor qaratiladi.
2. 
Ma'lumki, 
yengil 
sanoat 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotining 
jadal 
rivojlanayotgan yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida, 
ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan mazkur tarmoqqa qaratilayotgan alohida e'tibor 
tufayli O‘zbekiston nafaqat paxta xom ashyosi yetishtiruvchi, balki uni qayta ishlash 
salohiyati yuksalib borayotgan davlatlar qatoridan joy oldi. 
Darhaqiqat, Istiqlol yillarida yengil sanoat va to‘qimachilik korxonalari 
texnik hamda texnologik jihatdan modernizatsiya qilinayotgani, yangi quvvatlar 
muntazam ishga tushirilayotgani zaminimizda yetishtirilgan paxtani o‘zimizda 
qayta 
ishlash 
hajmining 
oshishiga 
xizmat 
qilayapti. 
E'tibor 
qiling, 
"O‘zbekengilsanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalarda 1995 
yilda 35,1 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2006 yilda 
bu ko‘rsatkich 526,1 milliard so‘mlikka, 2007 yilda 655,9 milliard so‘mlikka 
yetkazildi. 2008 yilda esa ishlab chiqarish sur'ati yanada oshib, jami 729 milliard 
so‘mlik mahsulot tayyorlandi. 
Bundan tashqari, joriy yilda yana 23 ta yangi korxona ishga tushirilishi 
mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda ularning 15 tasida mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 
Natijada qo‘shimcha ravishda yiliga 44 
1
ming tonna kalava ip, 18 million pogon 
metr gazlama, 1,5 ming tonna trikotaj mato, 6 million juft paypoq mahsulotlari 
ishlab chiqarish imkoni yaratildi. Qariyb 3200 ta yangi ish o‘rni ochildi. 
Aytish joizki, bunday keng ko‘lamli o‘zgarishlarda mustaqillik yillarida 
tizimga jalb etilgan 1 milliard 200 million AQSH dollari miqdoridagi xorij 
investitsiyasi qo‘l keldi. Mazkur mablag‘lar evaziga ishlab chiqarishga zamonaviy 
texnologiyalar joriy etilgani tufayli import o‘rnini bosuvchi, raqobatbardosh 
mahsulot tayyorlash hajmi yil sayin ortishiga zamin yaratildi. Pirovardida joriy 
yilning sakkiz oyida umumiy qiymati 425,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari 
ishlab chiqarishga erishildi. Tayyorlangan jami xalq iste'moli mollari hajmi esa 81,4 
milliard so‘mlikdan ortdi. Uning salmoqli qismi, ya'ni 237,4 million AQSH dollari 
miqdoridagisi eksport qilinib, bu boradagi reja 117 foizdan oshirib bajarilgani, 
ayniqsa, quvonarlidir. 
1. 
1
Prabir Kumar Banerjee. Principles of fabric formation. CRC Press Taylor & Francis Group. 
2015. UK. 469 pages
.


 Mutaxassislarning 
ta'kidlashicha, 
chet 
el 
sarmoyasi 
o‘z-o‘zidan 
kelavermaydi. U investorlar uchun qulay muhit yaratilgan davlatlargagina 
yo‘naltiriladi. O‘zbekistonda ana shunday shart-sharoitlarning mavjudligi bois 
ko‘plab xorijiy davlatlar investorlari o‘z faoliyatini shu yerda yo‘lga qo‘yishga 
intilmoqdalar. An'anaviy o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalar, o‘z navbatida, ichki 
bozorda hamkorlar topishga ko‘maklashmoqda. 
"To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari" ko‘rgazmasi tashkil etilganiga 
xali ko‘p bo‘lgani yo‘q- U dastlab 2004 yilda "Tekstil' va Moda —Textile Yexro 
Uzbekistan" ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan edi. Ammo qisqa davr ichida mazkur 
ko‘rgazma soha mutaxassislari orziqib kutadigan tadbirga aylandi. Uning nufuzi yil 
sayin oshib, ishtirokchi kompaniyalar safi qariyb to‘rt barobarga kengaydi. Shu bilan 
birga, tashrif buyuruvchi mamlakatlar geografiyasi ham kengayib borayotir. Bu 
galgi tadbirda Avstriya, Bel'giya, Belarus', Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, 
Italiya, XXR, Niderlandiya, Pol'sha, Janubiy Koreya, Rossiya, AQSH, Turkiya, 
Frantsiya va Shveytsariya singari jahonning ko‘plab davlatlaridan 180 ga yaqin 
kompaniyalar o‘z mahsulotlari bilan qatnashgani buning isbotidir. Bu yerda paxta 
xom ashyosi va tolasini qayta ishlash uskunalaridan tashqari, ehtiyot qism hamda 
butlovchi buyumlar, turli kimyoviy vositalar va bo‘yoqlar, tayyor va yarimtayyor 
mahsulotlar keng hajmda namoyish etildi. 
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ko‘rgazmalar joriy yilda ham bir paytda 
o‘tkazildi. Bu esa mamlakatimiz yengil sanoati yutuqlarini yanada keng namoyish 
qilish, ayni paytda tizimga zamonaviy texnologiyalarni tanlab tatbiq etish imkonini 
berdi. 
Xalqaro ekspertlarning e'tirof etishicha, jahon to‘qimachilik bozori Osiyo 
davlatlari, xususan, O‘zbekiston tomon og‘moqda. Nega deganda, bu yerda 
yetishtirilgan xom ashyoning sifati yuqori va sanoatbop. 
Shuning uchun o‘zbek tolasiga talabgorlar bisyor. Qolaversa, qayta ishlashga 
eng zamonaviy texnologiyalar jalb etilayaptiki, bu dunyo bozorida xaridorgir 
mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini vujudga keltirmoqda. Shu bois ko‘rgazmaga 
dunyoning yetakchi kompaniyalari tomonidan eng ilg‘or liniyalar va uskunalar 
taqdim etildi. Ularning aksariyatida tadbirning birinchi kunidayoq "Sotilgan" 
yorlig‘i paydo bo‘la boshlagani e'tiborga molikdir. 
3. To‘quvchilik ishlab chiqarish texnologiya uskunalari va nazariyasi 
deyilganda to‘qima, galanteriya buyumlari, texnik temalar va konstruktsion 
materiallar ishlab chiqaradigan bilimlar yiQindisi tushuniladi. To‘quvchilik 
texnologiyasi bo‘yicha xar xil gilamlar, gobelenlar, mebelbop va kashtali to‘qimalar 
ishlab chiqariladi. To‘quv dastgoxlari konstruktsiyasi va ishlatiladigan ip turiga 
qarab to‘quvchilik quyidagilarga bo‘linadi:



Yüklə 341,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin