Faoliyati “Xondiza” shaxtasidan 1000+0 mm nominal o‘lchamga ega bo‘lgan polimetall rudasi fabrikaning sanoat uchastkasiga avtotransport bilan yetkazib beriladi va yuklagich yordamida plitali ta'minlovchi №100 ustiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklanadi. Oziqlantirgichdan, ruda №101 jag‘li maydalagichning yuklash oynasiga kelib tushadi. Maydalagichning quvvati 400-900 t/s tashkil etadi.
- 350 mmgacha yiriklikdagi ruda maydalagichlar chiqarish oynasi orqali sanoat maydonchasiga kelib tushadi. So‘ngra ruda yuklagich qabul qilish bunkeriga tashiladi. Bunkerlarni bo‘shatish uchun №102-sonli (polotno kengligi 1200 mm) galma-gal ishlaydigan ikkita lentali to‘yintirgich harakatlanadi. Ruda to‘yintirgichlardan №103-sonli konveyerga, so‘ngra polotnosining kengligi 1000 mm bo‘lgan qiya konveyerga qayta yuklanadi. Berilgan unumdorlik tezlikni ohistalik bilan rostlagich – konveyer tarozilar ko‘rsatkichlari bo‘yicha bunkerosti to‘yintirgich bilan saqlab turiladi
Fabrikaning soatbay unumdorligi 82.07 t/s.
Xondizda boyitish fabrikasi mahsulotlari mis va rux konsentratlari kombinatning metallurgiya korxonalariga jo’natiladi, qo’rg’oshin konsentrati esa vaqtinchalik omborga joylashtiriladi.
Chodak oltin saralash fabrikasi Oltin saralash fabrikasi Chodak kon boshqarmasi tarkibida bo‘lib, u yiliga 180 ming tonna oltin tarkibli rudani qayta ishlash quvvatiga ega. Fabrikada Pirmirob va Guzaksoy konlarining oltin tarkibli rudalari qayta ishlanadi.
Tarixi Chodak oltin saralash fabrikasi 1970-yilda foydalanishga topshirilgan.
Oltin saralash fabrikasida oxirgi o‘n yil ichida chiqit saqlash omborining 2-, 3- va 4-bosqichda rekonstruksiya qilindi hamda №1 (2010, 2015, 2020) bo‘tana quvurlari yangisiga almashtirildi, zoldirlarni avtomatik uzatish anjomi bilan jihozlangan zoldir ombori va xavfli suyuqliklar saqlash ombori qurildi. OSF hududi perimetri signalizatsiyasi yaratildi (2007), OSFda PMT-70 yangisiga almashtirildi (№ 59-13, 2012), OSF binosining G‘arbiy qismi eskirgan derazalari almashtirildi. OSF bo‘limlarida video nazorat o‘rnatildi, bosh bino atrofidagi hududlar rekonstruksiya qilindi va ko‘kalamzorlashtirildi.