Xondiza” boyitish fabrikasi



Yüklə 22,72 Kb.
səhifə1/6
tarix13.05.2023
ölçüsü22,72 Kb.
#113151
  1   2   3   4   5   6
Foydali qazilmalar boyitish fabrikalar haqida ma\'lumot


REJA
“Xondiza” boyitish fabrikasi
Chodak oltin saralash fabrikasi
Angren oltin saralash fabrikasi
2 - mis boyitish fabrikasi
Mis boyitish fabrikasi
Hulosa
Foydalanigan adabiyotlar
Xondiza” boyitish fabrikasi
Ushbu fabrika O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hududida, Sariosiyo tuman markazidan 54 km, Sharg‘un shahridan 43 km va Kenguzar shaharchasidagi Denov qishlog‘idan 50 km masofada joylashgan. Fabrikaga eng yaqin Sariosiyo temiryo‘l stansiyasi bo‘lib, u kondan 54 km uzoqlikda joylashgan.
Fabrikada 26 ta 163 flotamashinalar (FPM 163), 34 ta 3,23 flotamashinalar (FPM 3,23), 3 ta zichlash-filtrlash dasgohi, nasos qurilmalari (Grak, PRV, NS-54, Varmen), MMPS - 5x3,4 , MShS – 3,2x3,1, MShS 2,7x3,6 turdagi tegirmonlar, 1 ta jag‘li maydalagich, 7 ta quyultirish qozonlari, 1 ta tasniflagich, gidrosiklonlar va konveyer lentalari bilan jihozlangan.
Fabrika ko‘p turdagi(polimetall) rudalarni boyitishdan to mis (Cu), rux(Zn), qo‘rg‘oshin(Pb) konsentratlarini ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayon bilan shug‘ullanadi.
Chiqarilgan mis va rux konsentratlari avtosamosvallar yordamida xom-ashyo texnik bazasiga, vagonlarga yuklash uchun yetkaziladi. Bu konsentratlar Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mis eritish va rux zavodlariga vagonga yuklangan holda yuboriladi.
Qo‘rg‘oshin konsentrati esa avtosamosvallar yordamida boyitish fabrikasining chiqindi saqlash bo‘limida joylashgan, sig‘imi 25000 tonna bo‘lgan qo‘rg‘oshin saqlash omboriga tashiladi va eksport ishlari boshlanguniga qadar shu yerda saqlanadi. Eksport ishlari boshlanishi bilan qo‘rg‘oshin konsentrati yuklash mashinalari yordamida avtosamosvallarga yuklanib, moddiy-texnik bazaga yetkaziladi.
Tarixi
Xondiza konining 650 ming tonna quvvatga ega bo‘lgan polimetall ruda zahiralari negizida kon-boyitish majmuasi qurilishi boshlab yuborildi. Ushbu loyiha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 46,5 mln. dollar miqdordagi o‘z mablag‘lari hisobidan, shuningdek, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 60 mln. dollar va mamlakatimiz banklaridan jami 40 mln. dollar miqdoridagi kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi. Yirik bu loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomalari Rossiyaning “Mexanobr injiniring” YoAJ instituti(Sankt-Peterburg) ishtirokida tayyorlandi va ishchi hujjatlari ishlab chiqildi.
Xondiza kon boyitish majmuasining hayot tomiri Xondiza konidan boshlanadi. 
Mis-qo‘rg‘oshin-rux polimetall rudalarini qayta ishlashga ixtisoslashgan Xondiza boyitish fabrikasi foydalanishga topshirilganidan keyingi o‘tgan davr ichida nafaqat loyiha quvvatlariga chiqish, balki ishlab chiqarish tizimini tubdan takomilashtirishga erishgan korxonalar sirasiga kiradi. Jumladan, 2015 yil yakunida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari tomonidan konsentratlarda metallar miqdorini oshirish maqsadida olib borilgan tadbirlar tezda o‘z samarasini berdi. Ruxni flotasiyalash uchun qo‘shimcha kameralarning o‘rnatilishi ushbu bo‘g‘in ko‘rsatkichlarini yaxshilash bilan bir qatorda misning seleksiyalanishini yanada ko‘payishiga xizmat qildi. Birgina ushbu tadbirning o‘zi rux konsentratida metall miqdorini o‘rtacha 3-4 % gacha ortishiga zamin yaratdi.
Fabrika ishlab chiqarish tizimiga nazar tashlar ekanmiz, u maydalash, flotasiyalash, quyuqlashtirish, mis, rux, qo‘rg‘oshin konsentratlarini flotatsiyalash va mis-qo‘rg‘oshin konsentratlarini saralab olish bosqichlarini o‘z ichiga olganiga guvoh bo‘lamiz. Texnologik jarayonlar uch bosqichda rudalar maydalanishini nazarda tutadi. Asosiy va nazorat flotasiyasi hamda jamoaviy konsentratlarni qayta tozalash bo‘g‘inlarida yuqori natijalarga erishilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarining so‘nggi bosqichlaridan biri hisoblanuvchi suvsizlantirish bo‘limi S-15 rusumli 7 ta quyuqlashtirgich va 3 ta Diemma fil'tr-presslari bilan jihozlangan.

Yüklə 22,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin