Mis boyitish fabrikasi tomonidan chiqariladigan mahsulot tavsifi Mis boyitish fabrikasi mis va molibden mahsulotini ishlab chiqaradi va ushbu mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar har yili tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan TIK (texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar) asosida belgilanadi. Mis konsentrati MBF tayyor mahsuloti hisoblanadi va mis eritish zavodiga qayta ishlash maqsadida yuboriladi.
Mis boyitish fabrikasining birlamchi ishlab chiqarish quvvati yiliga 39600 ming. tonnani tashkil qilgan, jumladan 1-sonli maydalash sexi (1-9 seksiyalar) – 29800 ming.tonna, 2-maydalash va boyitish majmuasi (10-12 seksiyalar) – 9800 ming. tonna.
1990-yilda rudalarni yanchilish darajasi 20% ga salbiylashgani sababli yillik ishlab chiqarish quvvati 29120 ming.tonnaga o‘zgartirilgan (yanchilish darajasi bo‘yicha tajriba ishlari “Mexanobr” instituti tomonidan amalga oshirilgan)
Hozirgi kunga kelib MBF yillik ishlab chiqarish quvvati 37,5 mln tonnani tashkil qilmoqda, jumladan:
- 1-sonli maydalash sexi yiliga 22 mln. tonna;
- 2-maydalash va boyitish majmuasi yiliga 9,5 mln. tonna;
- Maydalash va yanchish bo‘linmasi yiliga 6 mln. tonna.
Bo‘tana ko‘rinishidagi mis konsentrati Qalmoqqir va Sari-cho‘qqi konlarining mis-molibden rudalarini boyitish jarayoni yakuniy mahsuloti hisoblanadi.
Yakuniy tayyor mahsulot Ts 00193950-013 “Mis konsentrati. Texnik talablar” (rus tahrirda) va Ts 00193950-050 “Molibden sanoat mahsuloti. Texnik talablar” (rus tahrirda) tashkilot standartlari asosida ishlab chiqarilgan konsentratlar hisoblanadi.
2 - mis boyitish fabrikasi Mis boyitish fabrikasining asosiy faoliyati Sari-Cho‘qqi konining mis-molibden rudalarini qayta ishlash hisoblanadi. Bundan tashqari, u Mis eritish zavodining otval va konvertor shlaklarini qayta ishlaydi, so‘ngra mis konsentrati ishlab chiqaradi.
Fabrika Olmaliqning g‘arbiy qismida, Toshkentdan 69 km janubda joylashgan. Fabrika O‘zbekiston Respublikasi umumiy temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘langan.
Tarixi 2-mis boyitish fabrikasi 1954-yil ishga tushirilgan. Loyiha selektiv flotasiya qilish sxemasiga asoslanib, qo‘rg‘oshin, rux va pirit konsentratlarini ishlab chiqarish uchun Mexanobr instituti tomonidan ishlab chiqilgan.
1994-yil avgustda OKMK buyrug‘iga asosan 1-, 2- va 3-sonli uchastkalarining texnologik sxemasi Sari Cho‘qqi konining mis rudalarni qayta ishlash uchun texnologik sxemaga o‘zgartirish kiritildi.
1994-yil sentyabrdan boshlab mis-molibden rudalari 1-, 2-, 3-sonli uchastkalarida qayta ishlani boshlandi.
1998-yil mart oyidan boshlab mis-molibden rudalari 6 ta uchastkaning barchasida qayta ishlandi.
Kombinatning buyrug‘i asosida 2004-yil noyabr-dekabr oylarida 2-mis boyitish fabrikasida mis rudasini va Mis eritish zavodining toshqollari aralashmasi qayta ishlashning sanoat sinovlari o‘tkazilib, ijobiy natijalar olindi.
2005-yil yanvari oyidan boshlab fabrika mis rudasi va mis eritish zavodi shlaklarini alohida qayta ishlashni boshladi.
Olmaliq KMK AJ boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida va Olmaliq KMK AJning 2011-yil 25-iyuldagi 436-sonli buyrug‘i asosida qo‘rg‘oshin-rux boyitish fabrikasi 2011-yil 1-avgustdan 2-mis boyitish fabrikasi nomiga o‘zgartirildi.
Tuzilma 2-Mis boyitish fabrikasida ayni paytda Maydalash bo‘limi, Yanchish va flotasiya, sanoat chiqindilarini saqlash bo‘limi, mexanik sexi, xo‘jalik bo‘limi, elektr uskunalari va kommunikasiyalarni ta'mirlash uchastkasi, podstansiya bo‘limi, NO‘A va A xizmati faoliyat yuritib kelmoqda.