Xorazm viloyati Qo'shkO'pir tumani ayrim fanlar chuQur O'Qitiladigan sinflari mavjud 9-umumiy O'rta talim maktabi boshlang'ich sinf O'Qtuvchisi Karimova Barchinoy YusupbayevnaNING "BOSHLANG'ICH SINF DARSLARIDA Didaktik o'yinlarDAN FOYDALANISH" MAVZUSIDAGI Metodik tavsiyasi
Taqriz.
Boshlang'ich ta'limda o'yin ijodiy faoliyatning bir shaklidir. Bunda o'quvchi ijtimoiy va moddiy borliqni bilish hamda anglash asosida emotsional - hissiy, intellektual-axloqiy rivojlanadi. O'yinlar, ularning inson taraqqiyotidagi o'rni haqida psixologiya, etnografiya, madaniyat, pedagogika fanlarida bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. XIX asrning oxirida nemis olimi K. Gross o'yinlarni tizimli o'rganishga xarakat qilgan bo'lsa, nemis psixologi K.Byuller o'yinlarni "qoniqish hosil qiluvchi" faoliyat sifatida tadqiq etadi. L.S. Vigotskiy, A.N.Leontyevlar fikricha, o'yinlarni nazariy jihatdan ijtimoy tabiatiga ko'ra ma'lum faoliyatiga yo'naltirilganligi bilan bog'lab, tadqiq etgan bo'lsalar, D.B.Elkonin shaxs xulqini boshqarishni tarkib toptirib , uni takomillashtiruvchi faoliyat sifatida talqin etadilar. Lekin o'yinlarni yagona va eng muhim asosiy xususiyati uning ta'limdagi axamiyatliligidir. O'yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. O'yinlarning eng muhim jihati uning ikki tamonlama xarakterga egaligi bo'lib, uning dramatik san'atga ham mosligidir. Bir tamondan o'yin ishtirokchilari uni amalgam oshirishda muayyan nostandart vazifalar bilan bog'liq xaqiqiy faoliyatni bajarsalar, ikkinchi tamondan esa o'yinlar bu faoliyatning aksariyat paytlarida ma'suliyatni his etgan holda haqiqiy vaziyatlardan chetga chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar.
Boshlang'ich ta'lim davrida o'quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o'yinlar alohida ahamiyatga ega. Matematika darslarida didaktik o'yinlardan foydalanish o'quvchilar zehnini o'stirish, tez hisoblash ko'nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o'yinlar jarayonida o'quvchilar o'yin qoidalariga qat'iy rioya qilishga o'rganadilar, inoqlik his - tuyg'ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlar o'quvchilarning xususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko'rgazmalilikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi.
Didaktik o'yinlarni xilma-xil tarzlarda tashkil qilish mumkin. Qo'g'irchoqlar, o'yinchoqlar, rasmlar va tarqatmalar, turli geometrik shakllardan ham foydalanish mumkin. Didaktik o'yinlar maqsadiga ko'ra 4 omilni o'z ichiga oladi: 1. O'yinning vazifasi. 2. O'yinning harakati. 3. O'yinning qoidasi. 4. O'yinning yakuni. Har bir didaktik o'yinni boshlashdan oldin o'quvchilarga o'yinning qoidasi, mazmuni, yakuni nimadan iborat ekanini o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O'quvchilar uni tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar. Masalan, Ishoralar oyini. O'yinning maqsadi: Bir amalli masalalarni og'zaki yechish ko'nikmalarini rivojlantirish. O`yin jihozi: -, + belgilari. O'yinningborishi: O'qituvchimasalanio'qiydi,o'quvchilaresamasalaniqaysiamalbilanyechishkerakbo'lsao'sha"ishora"niko'rsatadilar. Masala: 1.Salimning2taqorava4taqizil qalamibor.Hammasibo'libnechta qalamiborliginiqaysiamaldanfoydalanibtopamiz? O'quvchilar"+"niko'rsatadilar.Masalaog'zakiyechiladi. 2.Nigorada6daftarboredi.3tasiniukasigaberdi.Nigoradanechtadaftar qoldi? Mustahkamlash: O'qituvchi "+", "-" qo'shish, ayirish belgilari qachon qo'yilishini so'rab, ularning bilimini mustahkamlaydi.