"Kopto'k" o`yini Ushbu o'yindan maqsad o'quvchilarning matematik nutqini o'stirish. Guruh o'quvchilari kopto'kni bir - biriga uzata turub, matematika faniga oid bo'lgan terminlarni navbat bilan aytadilar. Masalan: "Kub", "ayirma", "son", "to'rtburchak", "misol", "masala" va hakozo kabi. Shuningdek ularning moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha ham o'yin shartiga iqtisodga oid terminlarni aytish topshirig'i kiritiladi. Bolalar "mulk", "mulkdor", "bank", "iste'molchi", "pul", "soliq", "bozor", "foyda", "daromad" kabi terminlar bilan tanishib boradilar va ularni ongli ravishda so'zlashuv jarayonida qo'llashga harakat qilishadi. 1. Qimmatbaho qog'oz. 2. Daromaddan to'lanadigan to'lov. 3. Muayyan muddatga ma'lum bir foiz evaziga qarz berish. 4. Doimiy iste'molchi, xaridor. 5. O'zbek milliy valyutasi. 6. Aholi uchun zarur bo'lgan iste'mol to'lovlarning oldi - sotdisi. 7. Olingan foyda. Guruhlarni rag'batlantirish. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning faolligiga qaratiladi.
Eslatma: Kerakli o'rinlarda o'qituvchi tomonidan qo'shimcha ma'lumotlar ham kiritilish mumkin.Yuqorida qayd etilgan o'yin va topshiriqlar orqali o'quvchilarning barcha tafakkur operatsiyalari, hodisalarni har tamonlama tahlil qilish sabab, oqibat, bog'lanishlarni aniqlash jarayonida o'quvchilar faolligi yanada oshadi. Shu tariqa o'quvchilarda darslarga qiziqish hosil qilinadi. “Ikki qismli kundalik” metodi Bu metod o‘rganilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning tushunchalarini shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi. Maqsad: O‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuga qiziqishini uyg‘otish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, tushunchalarni o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash. Tushunchalar va ularning izohi o‘qilayotganda savol berish yoki mazkur tushuncha yuzasidan o‘z izohini berishga ruxsat etiladi, biroq fikrlar takrorlanmasligi so‘raladi. Bunda o‘quvchilar individual (faol metod) yoki guruhlarda (interfaol metod)ishlashlari mumkin.
“Bumerang” texnologiyasi Bu texnologiya oʻquvchilarni dars jarayonida turli matnlar, misollar va masalalar bilan ishlash, oʻrganilgan materialni yodida saqlab qolish, soʻzlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida koʻp ma’lumotga ega boʻlish hamda dars mobaynida oʻqituvchi tomonidan barcha oʻquvchilarni baholay olishga qaratilgan. Texnologiyaning maqsad - oʻquv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni oʻquvchilar tomonidan yakka va guruh holatida oʻzlashtirib olishlari hamda suhbat -munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini nazorat qilish va baholash hamda oʻquv jarayoni mobaynida har bir oʻquvchi tomonidan oʻz baho (ball) larini egallashga imkoniyat yaratishdan iboratdir. Texnologiyaning qoʻllanishi – amaliy mashgʻulotlar, seminar yoki laboratoriya mashgʻulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanishi mumkin. Mashgʻulotda foydalaniladigan vositalar. Oʻquvchi dars jarayonida mustaqil oʻqishlari, oʻrganishlari va oʻzlashtirib olishlari uchun moʻljallangan tarqatma materiallar (oʻtilgan mavzu yoki yangi mavzu boʻyicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar). Mashgʻulotni oʻtkazish tartibi: 1) oʻquvchilar kichik guruhlarga ajratiladi; 2) oʻquvchilar dars (mashgʻulot)ning maqsadi va tartibi bilantanishtiriladi; 3) oʻquvchilarga mustaqil oʻrganish uchun mavzu boʻyicha savollar tarqatiladi; 4) berilgan savollar oʻquvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil oʻrganiladi; 5) har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi; 6) yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqiloʻrgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga soʻzlab beradilar, matnni oʻzlashtirib olishlarishga erishadilar; 7) berilgan ma’lumotlarni oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat oʻtkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar; 8) yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; 9) darsning qolgan jarayonida oʻquvchilar bilimlarini baholash yoki toʻplagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi; 10) oʻquvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini aniqlash maqsadida oʻqituvchi oʻquvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, ogʻzaki soʻrov oʻtkazadilar; 11) har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bogʻlagan holda bittadan savol tuziladi; 12) guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi (“guruh hisobchilari” berilgan javoblar boʻyicha ballarni hisoblab boradilar); 13) guruh a’zolari tomonidan toʻplangan umumiy ballar yigʻindisi asosida gʻolib guruh aniqlanadi.
Matematika darslarida Pazl (“Bo`laklardan butunni tuz”) metodi. Pazl (inglizcha puzzle – topishmoq, boshqotirma) – rasmni uning bo`laklari yordamida tiklashdan iborat bolalar o`yinining nomi. SHunigng uchun bu metod nomini o`zbek tilida “Bo`laklardan butunni tuz” deb ham atash mumkin. O`tilgan mavzuga oid asosiy jumla, formula, teorema, tenglama, chizma va boshqa ko`rinishidagi asosiy ma’lumotlar qog`ozga yozilib, so`ng bir nechta bo`laklarga bo`linib aralashtirib yuboriladi. O`quvchilar bu bo`laklar ichidan faqat bitta ma’lumotga moslarini topib, uni tiklaydilar. Bu metod o`quvchilarda ziyraklik, topqirlik, diqqatni to`plash, tahlil va sintez qilish kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Uni yakka tartibda ham, sinfni guruhlarga bo`lib ham o`tkazish mumkin. «Toza doska » Bu o'yinda o’qituvchi doskaga savollarni tartibsiz yozib chiqadi. Savollar diagramma, kartadan, rasm holida ham bo’lishi mumkin. O’qituvchi sinfni kichik guruhlarga bo’ladi. O’qituvchi hozir o’qiydigan mavzusida doskadagi barcha savollarga javoblar aytishini ma’lum qiladi. Guruhlarning vazifasi imkon qadar ko’proq savolning javobini topishdan iborat bo’ladi. Yangi mavzuni tushuntirib, bolalar birorta savolning javobini topdinglarmi deb so’raydi. Javobi topilgan savollar o’chiriladi. Qolib ketgan savol uyga vazifa qilib belgilanadi.
"Kim kuchli" metodi Har bir ishtirokchi biror-bir mavzu yuzasidan bittadan muammoli savol tuza olishi kerak. Savollar yozilgan qog'ozlarni o'qituvchiga topshiradilar, sinf o'quvchilari ikki guruhga bo'linadi. Boshqaruvchi qo'llarni sanab, har biriga 1 balldan qo'yadi. Har bir savolga bir o'quvchidan javob so'raladi. Agar javob noto'g'ri bo'lsa o'sha guruhdan bir ball olib tashlanadi, qaysi guruh ko'p ball to'plasa, o'sha guruh g'olib bo'ladi.
Demak, kichik maktab yoshida, o'yinlardan bolalarning o'quv va mehnat faoliyatini yengillashtiruvchi va tashkil etuvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Ta'lim jarayonida o'yin elemenlari o'quvchilarda ijobiy emotsiyalarni yuzaga keltirib, ularning faolligini oshiradi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar, o'yin tavsifiga ega, mehnatga taaluqli topshiriqlarni qiziqish bilan bajaradilar. O'yin faoliyati bolalarni ruhiy hayotining barcha tomonlarini shakllanishida, masalani qo'yilishida va harakatlanish usullarini tanlashda yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Tolipov O', M.Usmonboyeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. 2015-yil. 2. Aliev A. O'quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. -Toshkent: O'qituvchi, 2016. 3.. Boboyeva Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta'lim maktabida o'qitish metodlari. -Toshkent:0'qituvchi,2017